• BIRINCHI BOB. SO Z OZLASHUVI VA ULARNING ORGANISH TARIXI.
  • Ruzmetova gulnoza ilxamovna




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/20
    Sana12.05.2023
    Hajmi367.37 Kb.
    #59041
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
    report
    Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ish o'zbek tilida inglizcha 
    o'zlashma va iboralar bo'yicha dastlabki tadqiqot bo'lganligi uchun, terminologiya 
    sohasida ish olib borayotganlar uchun muhim manba bo'lishi mumkin. 
    Ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa, faydalanilgan 
    adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat. 
    Ilm-fan, texnika taraqqiyoti, ijtimoiy hayotning ko'pchilik sohalarida yangiliklar 
    misilsiz darajada yangi so'z va terminlar yaratdiki, bular dunyoning qaysi tilida va 
    qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo'lishiga qaramay, o'zbek tili lug'at tarkibining 
    boyishiga, uning rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir qilib kelyapti. Kirib kelgan 
    yangi so'zlar o'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlariga suyangan holda qabul qilindi. 
    Bu leksik birliklardan o'zbek xalqi o'zining og'zaki nutqida faol foydalanib kelmoqda. 
    Biz mazkur ishda o'zbek tilidagi inglizcha o'zlashmalar bo'yicha jami 315 ta 
    o'zlashma so'zni yig'ib, ularni tadqiq qilish orqali inglizcha o'zlashmalarning hozirgi 
    kundagi holati, grammatik xususiyatlarini atroflicha o'rganib chiqdik.
    BIRINCHI BOB. SO Z O'ZLASHUVI VA ULARNING O'RGANISH TARIXI. 
    Qariyib uch yuz yildirki , tillarning o'zaro ta'siri qonuniyatlarini aniqlash, chet 


    so'zlarning boshqa tillarga o'zlashishi sabablari va xususiyatlarini o'rganish, ularning 
    o'zlashgan tillardagi ro'li va funksiyalarini belgilash kabi bir qator masalalar dunyo 
    tilshunoslari tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Binobarin, dunyodagi mavjud 
    rivojlangan tillarning deyarli hammasida ozmi-ko'pmi o'zlashgan so'zlar, iboralar 
    uchrashi, hatto ayrim tillarnin g aralashib ketganlik xususiyatlari, avvalo, 
    tilshunoslarning, qolaversa, tilga e'tibori bo'lgan har bir kishining diqqatini o'ziga jalb 
    qiladi. Ayniqsa, chet so'zlarning o'zlashayotgan tilning adabiy va so'zlashuv nutqiga 
    o'tib, hayotiy va ilmiy-zaruriy narsa va hodisalarning nomlashi, qabul qiluvchi til 
    qonuniyatlariga tezda bo'ysunishi, o'zlashgan til egalariga yotligi bilinmay xuddi ona 
    tilinikiday bo'lib, moslashib ketaverishi kabi obyektiv faktlar so'z o'zlashuvi 
    masalasini tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biriga aylantiradi. 
    Keyingi ellik yil ichida bu masalaga jiddiy yondashildi. So'z o'zlashuviga bag' 
    ishlangan katta ilmiy ishlar, yirik tadqiqotlar yuzaga keldi, etimologik va chet so'zlar 
    lug'atlari chop etildi. 

    Download 367.37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish