Samarqand filiali




Download 0,72 Mb.
bet93/146
Sana05.01.2024
Hajmi0,72 Mb.
#130374
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146
Bog'liq
Kompyuter falsafasi-fayllar.org

SEHSUCHT BERLIN
Berlindagi „ Moderat “ musiqiy guruhi o‘z musiqiy klipi uchun tasavvur mahsuli bo‘lmish distopik olam yaratishni istagandi. Ularning talabiga binoan, rejissyor va ijodiy direktor Meyt Shtaynfort 2016 yilda Berlindagi Produktionsstudio „ Sehsucht “ studiyasi bilan hamkorlikda „Eslatma“ nomli 360 darajali qamrovchi animasiyani suratga oldi. Odatdagi jonli ijrodan farqli ravishda, ushbu video VRda yanada plastik qiyofa kasb yetuvchi video o‘yinlari ruhida yaratilgan illyustrasiyalar vositasida ishlangan. „ Sehsucht “ firmasi tijorat asosida, jumladan, avtomobil sohasi uchun 360 darajali manzillar yaratishga ixtisoslashgan.
VRAGMENTS
Berlin shahridagi Vragments startapi Fader , Deutsche Welle va Euronews bilan hamkorlikda jurnalistlarga osongina 360-darajali loyihalar yaratish imkonini beruvchi brauzerga asoslangan moslama ishlab chiqdi. Bunday turdagi kontentlarni boshqa ishlab chiqaruvchi firmalar ko‘magisiz yaratish jurnalistlar uchun ulkan qadam bo‘ldi. Vragments o‘z hujjatli filmlari va reportajlarini ham tayyorlaydi. Vragments „Deutschlandradio Kultur“ radiokanali bilan hamkorlikda GDR havfsizlik xizmatining (shtazi) virtual tergov kamerasini yaratdi. Bu foydalanuvchilarga GDRda qo‘llangan tergov usullari haqida aniq taassurotga yega bo‘lish imkonyatini beradi.
WDR & ARTE
Ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishdagi WDR hamda ARTE telekanallari yot va tarixiy muhitlarni VR jurnalizmi orqali foydalanuvchilarga tanishtirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Westdeutsche Rundfunk (WDR) ning hayratga soluvchi 360-darajali olamlari ham ma’lum va mashhur. Uning Grimm-Onlayn mukofotiga tavsiya yetilgan Aushvits konslageri va Parijda sodir yetilgan terrorchilik xujumiga bag‘ishlangan 360-darajali hujjatli filmlari shular jumlasidan.
Nemis-fransuz telekanali bo‘lmish ARTE o‘z tomoshabinlarini butkul yangicha taassurotlar olamiga taklif qiladi. Ular dengiz qa’riga sho‘ng‘ishlari yoki Jonatan Meze va uning onasi Brigittaxonimning VRdagi chiqishlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
YULIA LIB
Myunchenlik VR jurnalisti Yulia Lib urush hukm surayotgan hududlardan, jumladan Suriya, Afg‘oniston hamda Shimoliy Koreyadan hujjatli filmlar tayyorladi. Lib tomoshabinlarni komfort zonasidan chiqarib, ularni hodisalarning o‘chog‘iga boshlaydi. Uning 2016 yilda tasvirga olingan 360-darajali reportajlari orqali siz, masalan, Kongoda qarshilik harakati domidagi qishloq hayotiga sho‘ng‘ishingiz mumkin.

Download 0,72 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146




Download 0,72 Mb.