51
Mehmonxonalarning televizion sistemalari vazifasiga qarab kuzatish, qo‘riqlash,
axborot sistemalariga tasniflanadi. Televizion kuzatish sistemasi mehmonxonaning
ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlarini nazorat qilish imkonini beradi.
Mehmonxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i
biznes markazi va alohida
xizmatlarni (ayniqsa, joylashtirish xizmatini) qo‘llab-quvvatlash hisoblash
tarmog‘idan tashkil topadi. Mehmonxonaning hisoblash tarmog‘i nomerlarni
rezervlash va chiptalarni bronlash uchun mehmonxonalarning
tarmoqlariga chiqish
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.