Mavzu: Algebraik ifodalarning Paskalda yozilishi




Download 0.87 Mb.
bet9/11
Sana21.03.2017
Hajmi0.87 Mb.
#754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
WWW tarkibi

WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya'ni Web-sahifaiarda joyiashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko'rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o'z navbatida reklama, tijorat, ta'lim va boshqa ko'pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, juda ko'p kinostudiyalar o'z mahsuiotlarini reklama qilish uchun Web-sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalarda asosan yangi filmlar haqidagi ma'lumotlar bilan birga shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalar aks ettirlladi. WWW yaratilgunga qadar bunday imkoniyat faqat kinoteatrlar yoki televideniye orqaligina mavjud edi.

Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog'liq bo'lsa, WWW dan xohlagan kishi istalgan vaqtda yangi filmlar haqida to'liq ma'lumot olishi mumkin.

WWWning ommalashishiga yana bir omil gi permatndir. Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog'liqligmi ko'rsatuvchi ilovabo'lib, u so'z yoki rasm bo'lishi mumkin.Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o'tiladi, bu hoi kerakli qism yoki Web-sahifaga gipermurojaat deb ataladi.

Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko'ra o'zaro bog'langan bir nechta Web-sahifalar majmuyi Web-sayt deyiladi. Web-saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobning sahifasiga o'xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o'zaro gipermatn yordamida bogianadi.Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o'z adresiga ega bo'ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi (http - Hyper Text Transfer Protocol). So'ngra Web-sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan, www.uzsci.net), keyin Web-sahifa nomi (masalan, ~rtm) yoziladi. Provayderlar (ingliz. provide - imkon berish, ta'minlash) -Internetning ba'zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko'rsatuvchi firmalardir. Shunday qilib, misolda keltirilgan Web-sahifaning Internetdagi adresi: http://www.uzsci.net/~rtm ko'rinishida bo'ladi.



Download 0.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Algebraik ifodalarning Paskalda yozilishi

Download 0.87 Mb.