3.YONG'IN XAVFSIZLIGI
Yong'in xavfsizligi bo'yicha umumiy ma'lumotlar va xavfsizlik tizimiga qo'yiladigan talablar.Yong'in— bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo'ladigan va katta moddiy zarar hamda talafotlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayoni. Obyektning yong'in xavfliligi deganda, obyektning yong'in sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holati va yong'inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong'in xavfsizligi deganda, belgilangan me'yor va talablar asosida ob'ektda yong'in sodir bo'lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta'siri cheklangan, obyektdagi materiallar to'liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong'in vaqtida sodir bo'ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta'sirida moddiy boyliklar nobud bo'lishi va baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Yong'inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit va yong'inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo'ladigan turli xil zaharli gaz va bug'lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo'lishi, qurilish konstruksiya va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong'in vaqtida sodir bo'ladigan portlash, undagi to'lqin zarbasi, portlash ta'sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va boshqalar.
Yonuvchi muhitda yong'inga olib keluvchi manbaning hosil bo'lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong'in manbasini hosil qilmaydigan mashina, mexanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoida va rejimlariga to'llq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, material va moddalarning issiqlik ta'sirida, kimyoviy va mikrobiologik usulda o'z-o'zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong'inga qarshi tadbirlarni to'liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong'inga qarshi himoya tizimi
• yong'in o'chirish jihoz va texnikalaridan foydalanish;
• yong'inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish;
• yong'in signalizatsiyasi va yong'in o'chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish;
• obyektning konstruktsiya va materiallariga yong'indan himoyalovchi tarkibli bo'yoqlar bilan ishlov berish,
|