• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Yangi mavzu bayoni: Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish
  • Sana 1-Mavzu: Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblaridan foydalanish texnologiyasi Mashg’ulot maqsadi: Ta‘limiy maqsad




    Download 0.95 Mb.
    bet1/4
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.95 Mb.
    #28865
      1   2   3   4
    Bog'liq
    metodbirlashma ish reja 2022-2023, 012-18 Mirzajanov Xusan

    Sana________________
    1-Mavzu: Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblaridan foydalanish texnologiyasi
    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta‘limiy maqsad: Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblaridan foydalanish texnologiyasi haqida ma’lumotlar berish.
    Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblaridan foydalanish texnologiyasi hаqidа bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
    Mashg’ulot borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Mashg’ulotga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini Mashg’ulotga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish
    Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialining
    o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, o‘ramametr, go‘niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o‘lchov andazalari kiradi.
    Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.
    Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun buklanadigan qilib yasaladi. O‘ramametrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo‘lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bo‘lgan uzunliklarni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.
    Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi. Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish uchun ishlatiladi. Boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan go‘niyalar ham mavjud.
    Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detail qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida ko‘chirib chiziladi.
    Bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham mumkin. Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och materialiga chiziladi.
    Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda saqlash kerak. Maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.

    Download 0.95 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana 1-Mavzu: Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblaridan foydalanish texnologiyasi Mashg’ulot maqsadi: Ta‘limiy maqsad

    Download 0.95 Mb.