III.Yangi mavzu bayoni:
Rus xalqi mo`g`ullar istibdodiga arshi hamisha kurashib kelgan. Bu kurash XIV asrda yanada kuchaydi. Ozodlik yo`lidagi kurash avvalo Rusni birlashtirishni taqozo etardi. Rusni yagona davlatga birlashtirmasdan turib, mo`g`ullar istibdodidan qutulib bo`lmas edi. Bu haqiqat tobora ko`proq anglana boshlandi. Rusni birlashtirishdek tarixiy vazifa Moskva knyazligi zimmasiga tushdi. 1327- yilda Moskva knyazi Ivan Kalita (1325 - 1340) Rus knyazliklarida o`lpon yig`ish huquqini qo`lga kiritdi. Ayni paytda knyazlik tobora kuchayib bordi. Rus knyazliklari birin-ketin Moskva knyazligiga bo`ysundirilib borildi. 1367- yilda xarsangtoshlardan qurilgan Kreml Moskvani mustahkam qa`laga aylantirdi. Oltin o`rda xoni Mamay 1380yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo`shin surdi. Oltin o`rda va Moskva knyazligi o`rtasidagi'hal qiluvchi jang 1380- yilning 8-sentabr kuni bo`lib o`tdi. Bu jang Don daryosi bo`yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bp'lib o`tganligi uchun tarixga ,,Kulikovo jangi" nomi bilan kirdi. Rus qo`shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi.
Kulikovo jangi qanchalik ahamiyatli bo`lmasin, u Rusni Oltin o`rda istibdodidan xalos etgan emas. 1382- yilda Oltin o`rdaning yangi xoni To`xtamishxon (1380 - 1395) Rus yeriga bostirib kirdi va Moskvani ishg`ol etdi. Rus yana o`lpon to`lashga majbur etildi. Oltin o`rda To`xtamishxon hukmronligi davrida Amir Temur imperiyasiga ham tahdid sola boshladi. Oxir-oqibatda Amir Temur unga qarshi yurish qilishga majbur bo`ldi.
1395- yilgi yurishda To`xtamishxon qo`shini butunlay tor-mor etildi. Amir Temur Oltin o`rdaga o`nglanmas zarba berdi. Bu zarbadan so`ng Oltin o`rda o`z harbiy qudratini qayta tiklay olmadi. Amir Temurning g`alabasi Rusning taqdirida katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Bu g`alaba Rusning mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lish onlarini yaqinlashtirdi. Bu inkor etib bo`lmaydigan tarixiy haqiqat edi.
Rus tarixchisi va harbiy mutaxassisi M.Ivankin bunday deb yozgan edi: ,,Muhammad payg`ambarni chin yurakdan e'zozlovchi Amir Temur Oltin o`rdaning butkul kuchsizlanishi va yiqilishining asosiy sababchisi bo 'ldi va bu bilan Rossiyani uning zulmidan xalos bo'lishini...tezlashtirdi". (,,Ikki buyuk sarkarda" asari).
|