Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish




Download 9,26 Mb.
bet35/252
Sana11.06.2021
Hajmi9,26 Mb.
#14923
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252
III.Yangi mavzu bayoni:

Rim imperiyasi Britaniya orollarini istilo qilganida orol janubida kelt, britt, shimolida — hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada — skot, pikt qabilalari yashagan. Rim legionlari 407-yilda Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan qolgan rimliklar ham Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa orolning kelt aholisi o‘z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa o‘zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uchun mahalliy brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etgan. Bu qabilalar Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarimorolida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. Lekin ko‘p o‘tmay ularning ortidan ko‘plab qabiladoshlari yo‘lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tobora yuqori to‘lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V asr o‘rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo‘lmaga- nidan mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. Shaharlar katta talafot ko‘radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dahshatidan ko‘pgina keltlar qit’aga, Armorika viloyatiga ko‘chib o‘tadi. Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko‘chishidan so‘ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan.

Brittlar — kelt qabilalaridan bo‘lib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan.

Qirol Artur. Britaniya oroliga bostirib kelayotgan germanlarga qarshilik ko‘rsatish Amvrosiy Avrelian nomi bilan bog‘liq. U oroldagi so‘nggi rim- liklardan edi. Amvrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlarni birlashtiradi. Buning natijasida u qator yorqin g‘alabalarga erishadi. Kuchli qo‘shin tuza olgan Amvrosiy Avrelian angl- sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to‘xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g‘alabalar haqidagi ma’lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o‘zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o‘tishi bilan Artur siymosi atrofida VI asrga aloqasi bo‘lmagan ko‘plab tarixiy afsonalar to‘planadi. Oradan besh asr o‘tib ham Yevropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi.

Kurashning yakuni. Amvrosiy Avreliandan so‘ng brittlarda munosib yo‘lboshchi bo‘lmasligi angl-sakslar tomonidan orolning katta qismi bosib olinishiga imkon beradi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida saqlanib qoladi.

Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi. Ular turli lahjalarda so‘zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo‘llanila boshlaydi. Shu tufayli keyinchalik istilochilar muomalasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqinchilarning ko‘plab qabilalari va bo‘ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi.

Yangi bosqin. Norvegiya yoki Daniya sohilidan chiqqan kema Britaniya orollariga bir necha kun ichida suzib borgan. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar har yili hujum qilib Angliya xalqining mol-mulkini talagan.

Xattotlik san’ati markazlari bo‘lgan Irland monastirlari normannlar tomonidan yondirilgan.

Ichki nizolardan zaiflashgan angl-saks qirolliklari istilochilarni qaytara olmagan. Oqibatda, normannlar 842-yil-da Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar. Keyinchalik, daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so‘ng vatanlariga qaytmasdan Angliyada bosib olgan yerlarida qishlab qoladigan bo‘ladilar.


Download 9,26 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252




Download 9,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish

Download 9,26 Mb.