Ishning bajarilish ketma ketligi




Download 3,5 Mb.
bet3/16
Sana09.03.2021
Hajmi3,5 Mb.
#13202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ishning bajarilish ketma ketligi.

1.Yostiq tikishda kerak bo`ladigan buyumlarni tayyorlab olamiz o`zimiz uchun qulay ish joyini tayyorlab olamiz.

2.Uchburchak shaklida shablon tayyorlab olamiz.

3. Mato qoldiqlari ustiga shablonni qo`yib chok haqi 1 sm tashlab qaychi yordamida 8 bo`lak yashil matodan, 8 bo`lak qizil matodan uchburchak shaklini qirqib olamiz. Qirqilgan mato bo`laklari orqasiga dazmol yordamida flezilinni yopishtiramiz.

Bir dona qizil bir dona yashil matoni ikkala uchini bir biriga qo`yib igna yordamida tikib olamiz. Har bitta tikilgan chok dazmollanadi. Shundagina bizning bajargan ishimiz chiroyli chiqadi. Shu tariqa ish ketma ketligi bajariladi. Ustki qismiga 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil, ostki qismiga ham 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil matolar kerak bo`ladi.Har bitta jarayon rasmlar orqali ko`rsatilgan. Tayyor bo`lgan yostiqning ichiga sentifon solamiz va ochiq qoldirilgan joyni tikib qo`yamiz. O`rtasiga kattaroq shakldagi tugmani olib ustki qismini mato qoldig`i bilan berkitib tikib chiqamiz va yostig`imizning o`rta qismiga bezak sifatiga tikib qo`yamiz.Mana mato qoldiqlaridan tayyorlangan yostig`imiz ham tayyor. Siz ham mato qoldiqlarini tashlab yuborishga shoshilmang ulardan uy ro`zg`orda kerakli bo`ladigan ajoyib buyumlar kolleksiyasini yaratishingiz mumkin.


Download 3,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 3,5 Mb.