Sun'iy yoritilishni hisoblash




Download 176,09 Kb.
bet7/8
Sana28.05.2024
Hajmi176,09 Kb.
#255507
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish-1

7. Sun'iy yoritilishni hisoblash


Sun'iy yoritilishni hisoblashdan asosiy maqsad korxonalarida ishlatilayotgan yoritish lampalarini sonini aiiiqlash, ularni oqilona joylashtirish va elektr energiyasi iqtisodini ta'minlagan holda sanoat korxonalari xonilaridagi normalangan yorug'likdagi ish joylarini ta'minlashdan iborat. Bu masalalarni hal qilishda birmuncha mustaqil masalalarni hal qilishga to'g'ri keladi.

  1. Yoritish manbalarini tanlash.

  2. Yoritish sistemasini tanlash. Yoritish sistemasini tanlaganda kombinatsiyali yoritilish iqtisodiy samarador, ammo umumiy yoritilish esa sanitar-gigienik tomondan ancha mukammal hisoblanadi, chunki umumiy yoritilish zonani bir tekis yoritadi. Yorug'lik nurlarini ma'lum uchastkaga to'plab yo'naltirish yo'li bilan ish joylarida iqtisodiy tomondan samarador bo'Igan holda umumiy yoritilishning yuqori darajalarini hosil qilish mumkin. I-IV, Va va Vb razryaddagi ishlarni baj'arishda kombinatsiyali yoritish sistemasidan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ish yoylarini yoritadigan lampalardagi nurlarni istalgan ish bajarish zonalariga yo'naltirish imkoniyatini tug'diradi, ish joylarida yarqirash bo'lmaydi va aniq ishlarni bajarish imkoniyati tug'iladi.

  3. Ish zonasidagi havoning toza-iflosligi va havo miihitidagi gaz va portlovchi moddalarning bug'lari mavjudligiga qarab lampalarning turlarini tanlash.

  4. Lampalarning sonini aniqlash va ularni ish zonasiga joylashtirish. Lampalar shaxmat tartibida, romb ko'rinishda va boshqacha usullarda joylashtirilishi mumkin.

  5. Ish zonasidagi bir tekis yoritilish lampalar orasidagi oraliq lampalarni ish joylariga nisbatan, balandliklariga nisbatan: «Chuqur nurlanuvchi» uchun 1,4, «Universal» 1,5,K «Lyu-setta» 1,4, «Sutsimon shar» 2,0, VZK 2,0 OD 1,4, PVL 1,5 bo'lganda amalgam oshadi.

  6. Ish joylarida normaiangan yoritilish miqdorini aniqlash.

Buning uchun fonga nisbatan kontrastligini belgilash va ish joylari fonini hisobga olgan holda jadvalga asosan tanlangan yoritilish sistemasi va lampaning turiga qarab ish joylaridagi minimal normaiangan yoritilishni aniqlash kerak bo'ladi. Sun'iy yoritilishni aniqlash uchun uch usuldan foydalaniladi. Gorizontal ishchi yuzalarni yoritganda nur oqimi usulidan foydalaniladi. Bu usul yoritilayotgan yuzalarga tushayotgan nur oqimidan foydalanish koeffitsiyenti usuli deb ham yuritiladi. Yuzalarga tushayotgan nur oqimi cho'g'lanuvchi va lyuminissent lampalardan foydalanganda quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F  EHS k Z
N 
bunda, EH - minimal yoritish, lk; R1 - lampaning nur oqimi, 1m; S
yoritilayotgan xonaning yuzasi, m2; Z — minimal yoritilish koeffitsiyenti, odatda o'rtacha yoritilish minimal yoritilishga nisbati olinadi va 1,1—1,5 chegaralar atrofida bo'ladi; kr — ehtiyot koeffitsiyenti, jadvaldan olinadi; N — xonadagi lampalar soni; η — nur oqimidan foydalanish koeffitsiyenti.
Lampalarning yorug'lik , kuchidan foydalanish foydali ish koeffitsiyenti, bino shifti va devorlarining nur qaytarish koeffitsiyenti xonaning kattaligi va lampalarning osish balandligiga bog’liq bo'lib, ma'lumotnoma jadvalidan olinadi.
Bu ko'rsatkichlar quyidagi formula orqali aniqlanadigan xonaning ko'rsatkich S- orqali belgilanadi.
C=A B/H(A+B) ,
bunda, A va V xonaning kattaligi; H - lampalarning
hisoblanayotgan yuzaga nisbatan oralig'i.
Yuqorida keltirilgan formulalar orqali lampaning nur oqimi aniqlangandan keyin 9-jadvaldan shu hisoblangan qiymatga yaqin keladigan standart lampa tanlanadi va bu lampalar sistemasiga sarflanadigan elektf quwati aniqlanadi. Ishlab chiqarish sharoitlari amaliyotida olingan miqdor hisoblangan miqdordan -10 va + 20% farq qilishiga yo'l qo'yiladi, aks holda boshqa lampalarning joylashtirish sxetnasi tanlanadi.
Nuqtali usuldan yo'naltirilgan ish joylarini yoritishni hisoblashda foydalaniladi. Bu usul asosida quyidagi' bog'lanish yotadi:
cos
  2
r
bunda, I α — yorug'lik manbayidan dsh olib boriladigan yuzaga yo’naltirilgan yorug'lik kuchi, kd; r— lampadan yoritilayotgan yuzagacha bo'lgan masofa, m; α - ishchi yuza bilan manbadan tushayotgan nur oqimining yo’nalishi orasidagi burchak graduslarda o'lchanadi.

Download 176,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 176,09 Kb.