“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali




Download 388 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana22.10.2022
Hajmi388 Kb.
#27787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Article 41 0
Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi, жилд инглиз тили, Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир Дурдиевич, Каримов Шерзод маълумотнома, kollej, 10-sinf-informatika, Mavzu Klient-server arxitekturalari, O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan-fayllar.org, Хиз хати № 2023-24
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
362
 
 
 
 
 
 
 
 

http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
tijorat xizmatlarini ishlab chiqarishga asoslanganligini ta'kidlaydi. Elektron tijorat ostida 
Aksanov R.K. kapitalning elektron harakati, elektron mahsulotlar, shuningdek, elektron axborot 
almashinuvi jarayonini nazarda tutadi[3]. 
Keng miqyosdagi raqamlashtirish korxonaning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. 
Kitova OV va Briskin SN o’z tadqiqotlarida raqamli transformatsiya quyidagi mantiq bo’yicha 
korxona tomonidan qo’llaniladigan strategiya, operatsiyalar va texnologiyalarga ta’sir qilishini 
ta’kidladilar: 
1) 
“Raqamli korxona strategiyasi mijozlarning eng yaxshi tajribasini aniqlashga, noyob 
biznes modeli va ekotizimini boshqarishga hamda o’zgarishlarni boshqarishga qaratilgan; 
2) 
operatsion faoliyat doimiy takomillashtirish, jismoniy va raqamli obektlarni 
integratsiyalashuvi va takroriy innovatsiyalarni rag’batlantiradigan madaniyatni yaratishni o’z 
ichiga oladi; 
3) 
texnologiya moslashuvchanlik va to’liq zamonaviy texnologik potentsialdan 
foydalanishni o’z ichiga oladi, shu jumladan analitika, idrok, harakatchanlik va boshqalar." 
Arenkov IA raqamli transformatsiyaning korxona raqobatbardoshligiga ta’sirini 
o’rganadi. Muallifning taokidlashicha, "raqamli transformatsiya jarayonida korxona sifat 
o’zgarishi bosqichlaridan o’tadi, bu uning faoliyatining ishlab chiqarish, moliyaviy, moddiy, 
axborot sohalaridagi jarayonlarni takomillashtirishda namoyon bo’ladi, bu bizga zamonaviy 
texnologiyalarga moslashishga imkon beradi”[5].
Milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida yangi axborot texnologiyalaridan samarali 
foydalanish, ularda raqamlashtirish tizimlarini joriy etish usullari, yangi axborot tizimlari asosida 
raqamli modellashtirish tamoyillari, korporativ boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan 
axborot tizimlaridan foydalanish samaradorliklarini baholash, ular nazoratini amalga oshirish, 
raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari kabi masalallar Qobulovning (1998) ilmiy 
izlanishlarida o’z aksini topgan[6]. 
E.Muminova 
tadqiqotlarida 
mamlakat 
sanoatini 
rivojlantirishda 
blokchain 
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, korxonalar kooperatsiyasida elektron savdo 
hamda elektron shartnomalarning ahamiyati to’g’risida izlanishlar olib borilgan. O’zbekistonda 
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning 
rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot 
qo’shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi 
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida kuzatilayotgan 
jarayonlar sanoat korxonalari strategic rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo’lmoqda 
[7]. 

Download 388 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 388 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali

Download 388 Kb.
Pdf ko'rish