Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish




 



 



 



 
SО‘Z BOSHI 
 
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning 
avtomatik nazorat qilish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan keng 
foydalanilmoqda. Bu tizimlarning asosini zamonaviy texnologik о‘lchash vositalari 
tashkil etadi. Ular asosida murakkab va kо‘p parametrli jarayonlarning 
parametrlari о‘lchanadi va boshqariladi. Shuning uchun texnologik о‘lchashlar va 
asboblarga alohida talablar qо‘yiladi. О‘lchash natijalari asosida boshqaruv 
qarorlari qabul qilinib, ishlab chiqarishdagi sifat kо‘rsatkichlarini belgilab beruvchi 
meyorlar tartibga solinadi.
Hozirgi kunda texnologik jarayonlarning о‘tish tezligi jadallashib, 
agregatlarda о‘lchanadigan kattaliklar soni kо‘paymoqda. Shu boisdan о‘lchash 
vositalarining va axborot-о‘lchov tizimlarining ishonchliligi kо‘p hollarda 
agregatning ishonchliligini belgilaydi. Kattaliklarning tо‘g‘ri qiymatlarini 
bilmasdan va bu qiymatlarni avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik 
jarayonlarni yoki agregatlarni tо‘g‘ri boshqarib bо‘lmaydi va о‘lchash vositalarisiz 
esa nazoratni va boshqaruvni avtomatlashtirib bо‘lmaydi. О‘lchash texnikasini 
ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muxandis xodim, texnologik 
о‘lchash usullari va vositalari, hisoblash texnikasi, о‘lchash jarayonlarini 
avtomatlashtirishga oid nazariy bilimlar va amaliy kunikmalarga ega bо‘lishi zarur. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini ta’minlashga qaratilgan barcha 
faoliyatlarning negizini о‘lchashlar tashkil etadi. О‘lchash natijasining aniqligi 
qanchalik yuqori bо‘lsa, mahsulot sifati ham shunchalik yuqori kо‘rsatkichga 
erishib boradi. О‘lchash jarayoni о‘lchash obyekti, о‘lchash vositasi va о‘lchashni 
о‘tkazuvchi shaxs (operator) ishtirokida amalga oshadi. О‘lchash natijasining 
aniqligi, birinchi navbatda о‘lchash vositasiga bog‘liqdir. О‘lchash vositalari 
boshqa texnik qurilmalardan farqli ravishda meyorlashtirilgan metrologik 
xossalarga, ya’ni о‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini belgilovchi 
xossalar va kattaliklarning ma’lum son qiymatlariga ega.
О‘quv qо‘llanmada quyidagilar haqidagi nanzariy bilimlar yoritilgan: 



- о‘lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar;
- о‘lchash vositalari va ularning turlari;
- о‘lchash о‘zgartirgichlari, ularning turlari va qullanilish sohalari; 
- о‘lchash asboblarining tuzilishi, turlari, ishlash prinsilari va qо‘llanilish 
sohalari; 
- о‘lchash usullari va prinsiplari; 
- о‘lchash xatoliklari va о‘lchashlar noaniqligi.
Ushbu о‘quv qо‘llanma umumkasbiy fanlardan biri hisoblangan “Texnologik 
о‘lchashlar va asboblar” fani dasturi asosida ishlab chiqilgan bо‘lib, u о‘lchash 
vositalarining ishlash prinsipi va ularning prinsipial sxemalarini tahlil qilishni о‘z 
ichiga olgan. 




Download 8.92 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish