• Ishonchlilik
  • To‘g‘rilik
  • Qaytaruvchanlik
  •   1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari




    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/100
    Sana15.05.2023
    Hajmi8.92 Mb.
    #60022
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
    Bog'liq
    texnologik o\'lchashlar va asboblar
    Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
     


    28 
    1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari 
    Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va 
    mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu 
    mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: 
    Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga 
    yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari 
    tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10
    – 3
    bo‘lsa, uning aniqligi 10
    3
    bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, 
    shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam 
    bo‘ladi. 
    Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon 
    hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va 
    matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun 
    xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni 
    ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi. 
    To‘g‘rilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga 
    yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. 
    Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga 
    yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi 
    tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi. 
    Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil 
    joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – 
    biriga yaqinligini bildiradi. 
    I-bob bo‘yicha umumiy xulosalar 
    O‘lchash amali asosan fizik kattaliklarning qabul qilingan birlikdagi 
    miqdoriy qiymatini aniqlash tajrubasi hisoblanadi. O‘lchash natijasiga erishish 
    bilan o‘lchash jarayoni tugallangan hisoblanadi. O‘lchash jarayonida 
    o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini aniqlashning bir qancha yo‘llari, ya’ni 
    turlari mavjud. Biz qanday o‘lchash turidan foydalanishimiz o‘lchanayotgan 
    kattalikning turiga, o‘lchash maqsadi va sharoitiga, qo‘llaniladigan o‘lchash 


    29 
    vositalariga va boshqalarga bog‘liq. O‘lchashlar oldiga qo‘yilgan maqsadiga, 
    sohasiga va qo‘llanilish doirasiga, kattalikning xususiyatiga, o‘lchashlar soniga va 
    boshqalarga bog‘liq ravishda turlarga ajraladi. O‘lchashlarni amalga oshirishda 
    turli o‘lchash usullaridan, jumladan, bevosita baholash usuli, o‘lchov bilan 
    solishtirish, mos kelish, kontaktli o‘lchash, kontaktsiz o‘lchash va shu kabi 
    uslublardan foydalaniladi.
    Kattaliklar ham bir qancha turlarga ajraladi. Har bir kattalik, asosan fizik 
    kattaliklar, o‘z birligiga ega. O‘lchash natijalarini ifodalashda kattaliklar 
    birliklarining ulushli va karrali, birliklar tizimiga kiruvchi va kirmaydigan 
    birliklaridan foydalanamiz. O‘lchash natijalarini ifodalashda, albatta, standartlar va 
    boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish lozim bo‘ladi.

    Download 8.92 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari

    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish