Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
2.4. O‘lchovlar 
O‘lchash vositalarining turlaridan biri o‘lchovlar bo‘lib, ular keng 
tarqalgandir.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlarning bir qancha turlari mavjud. Standart 
namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda – muayyan tayyorlash sharoitida hosil qilinadigan, aniq 
xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza temir”, “toza 
suv”, “toza metall” va boshqalar. 
Aniqligiga, ishlanilishiga ko‘ra o‘lchovlar etalon, namunaviy va ishchi 
o‘lchovlarga bo‘linadi. Namunaviy o‘lchovlar ishchi o‘lchovlarni va o‘lchash 
asboblarini qiyoslash uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o‘lchashlarda namunaviy 
o‘lchovlar bevosita qo‘llaniladi. Ishchi o‘lchovlar bir xil kattaliklardagi qator 
o‘lchamlarni takror ko‘rsatish uchun hollarda ko‘p qiymatli qilib yasaladi.
O‘lchovlarni bir qiymatli va ko‘p qiymatli o‘lchovlarga ajratiladi.
Bir qiymatli o‘lchovlar bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni qayta 
o‘lchaydigan va kattalikning aniq bir qiymatini o‘zida saqlaydigan o‘lchovlardir. 


40 
Bir qiymatli o‘lchovlar kattalikning o‘lchash birligini yoki uning karrali 
(yoki ulushli) qiymatlarini hosil qiladi.
Masalan, tarozi toshi, normal element, o‘lchash kolbasi, elektr qarshiligining 
g‘altagi, doimiy sig‘im kondensatori va h.k.
Bir qiymatli o‘lchovlardan berilan oraliqda birlikning kerakli ulushli va 
karrali qiymatlarni olish imkonini beradigan o‘lchovlar to‘plami va magazini hosil 
qilinadi. 
Bir qiymatli o‘lchovlarning maxsus tanlangan yig‘ilmasi o‘lchovlar to‘plami 
deyiladi. Bunda alohida bir qiymatli o‘lchovlarning to‘plamdagi nominal 
qiymatlari aniq qoida bo‘yicha qo‘yiladi. Masalan, qadoq-toshlar to‘plami (11 - 
rasm), uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari to‘plami (12 - rasm), 
Konstruktiv jihatdan birlashtirilan va o‘lchovning kerakli qiymatlarini olish 
uchun qayta ulash qurilmasi bilan ta’minlangan o‘lchovlar to‘plami o‘lchovlar 
magazini deb ataladi.
O‘lchovlar magazini - sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta 
ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar 
to‘plami. Masalan, elektr qarshilik magazini, induktivlik magazini, elektr sig‘im 
magazini va sh.k.
Ko‘p qiymatli o‘lchovlar qator bir turdagi (turdosh) kattaliklarning har xil 
o‘lchamlarini hosil qiladi. Masalan: ko‘p qiymatli o‘lchovlarga misol qilib
millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich, elektr qarshiligining magazini va boshqalarni 
keltirish mumkin.
Hozirgi paytda avtomatik o‘lchash tizimlarida maxsus boshqariladigan ko‘p 
qiymatli o‘lchovlar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchovlar kattalikning talab 
etiladigan qiymati qo‘l bilan boshqariladigan yoxud boshqaruvchi blokka 
mikroprotsessor yordamida shakllangan maxsus signal (kod) berilishi bilan hosil 
qilinadi. Bunga misol qilib, avtomatik bosim datchigi, kuchlanish, tok, chastota 
kalibratorlarini ko‘rsatish mumkin. 


41 
11 - rasm. Tarozi toshlari to‘plami. 
 
12-rasm. Uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari
(t o‘plam КМД №3 кл.0,1,2,3 p o‘lat) . 

Download 8.92 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish