• Magnit oqimining ishchi o‘lchovlari
  • Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari




    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/100
    Sana15.05.2023
    Hajmi8.92 Mb.
    #60022
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
    Bog'liq
    texnologik o\'lchashlar va asboblar
    Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
    Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida o‘zgarmas va 
    o‘zgaruvchan sig‘imli havo yoki boshqa turdagi dielektrikli (slyuda) 
    kondensatorlar xizmat qiladi. Sig‘im o‘lchovlariga qo‘yiladigan asosiy talablar - 


    45 
    chastota va temperaturaning o‘zgarishi hamda vaqt o‘tishi natijasida sig‘imning 
    kam o‘zgarishi, dielektrik isrofni tavsiflovchi isrof burchagi tangensining 
    kichikligi, izolyatsiya qarshiligining kattaligi va bardoshliligidir. Bu talablarga 
    ko‘p jihatdan havo dielektrikli kondensatorlar javob bersa-da, sig‘im qiymatining 
    kichikligi tufayli geometrik o‘lchamlari nisbatan katta bo‘ladi. Alohida sig‘im 
    o‘lchovlari bilan bir qatorda sig‘im magazinlari ham ishlatiladi. Bu magazinlar 
    yordamida 0,0001...1000 mkF oralig‘idagi sig‘imlarni olish mumkin. 
    Magnit oqimining ishchi o‘lchovlari sifatida aktiv qarshiligi, induktivligi va 
    o‘ramlararo sig‘imi kichik bo‘lgan o‘zaro induktiv g‘altaklar ishlatiladi. O‘zRST 
    8.030-92 ga muvofiq bu o‘lchovning qiymati 0,01 Vb qilib belgilangan. 
     
    Magnit maydon kuchlanganligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari tokli 
    induktiv g‘altaklar ko‘rinishida yasaladi. O‘zRST 8.097-73 ga ko‘ra ushbu 
    o‘lchamlarning nominal qiymatlari 0,01...30 MGs chastota diapazonida 2·10
    -3
    dan 
    0,5·10
    -5
     A/m gacha qilib belgilangan. 
     
    Magnit induksiyasining namunaviy va ishchi o‘lchovlari kvars karkasga 
    o‘ralgan induktiv g‘altak bo‘lib, u toki 1 A bo‘lgan zanjirga ulanadi. Bu o‘lchovlar 
    10
    -10 
    dan 5·10
    -2
    Tl gacha bo‘lgan magnit induksiyasini 0,0005% gacha bo‘lgan 
    xatolik bilan hosil qilish uchun qo‘llaniladi. 
    Elektr va magnit kattaliklari o‘lchovlarining asosiy parametri bo‘lib ularning 
    nominal va haqiqiy qiymatlari xizmat qiladi. O‘lchovning pasportida keltirilgan 
    qiymati nominal, aniq o‘lchash sharoitidagi qiymati esa uning haqiqiy qiymatlari 
    deb ataladi. Xatoliklarining qiymatlariga qarab o‘lchovlar aniqlik sinflariga 
    bo‘linadi. O‘lchovlarning aniqlik sinflari ularning umumlashgan tavsifi 
    hisoblanadi. 

    Download 8.92 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari

    Download 8.92 Mb.
    Pdf ko'rish