53
uchlari mis elektrodlarga kavsharlangan ingichka (d = 0,02
0,04mm) simdan
yasaladi. Sim yuzasi 0,1
10 sm
2
ga teng bо‘lgan ikki yupqa qog‘oz yaproqchalar
orasiga maxsus yelim bilan yopishtiriladi (18-rasm). Datchik,
tekshirilayotgan
detal yoki moslamaning sirtiga yopishtiriladi va u detalning deformatsiyasini qabul
qiladi.
18-rasm. 1-sim (konstantan yoki nixromdan tayyorlanadi, uzunligi
l=5...50 mm);
2 – qog‘oz; 3 – detal.
Deformatsiya ta’sirida, masalan chо‘zilishda detal bilan birgalikda sim ham
chо‘ziladi. Bunda uning uzunligi oshadi, kesimi esa
kamayadi, qarshiligi (
s
l
R
)
esa oshadi. Bu qarshilik datchikning chiqish kattaligi hisoblanadi.
Agar deformatsiya detalga yuqori va pastki tomondan bо‘ladigan bо‘lsa, u
holda simning uzunligi ham, kesimi ham deyarli о‘zgarmaydi,
demak qarshilik
ham о‘zgarmaydi. Bunday deformatsiyalarni datchik о‘lchamaydi.
Kontakt qarshilikli (kо‘mirli) datchiklar. Bu datchiklar 10-15 dona kо‘mir
shaybadan (d = 0,5...1sm) tuzilgan bо‘lib, uchlariga о‘lchash zanjiriga ulash uchun
elektrodli jez disklar о‘rnatilgan ustuncha slyuda qatlami yordamida
izolyatsiyalangan ikkita vintlar orasiga qisib qо‘yilgan (19-rasm).
54
19-rasm. Kо‘mirli datchiklar.
Ustunchaning elektr qarshiligi uning siqilish darajasiga bog‘liq, chunki bunda
shaybalar orasidagi о‘tish qarshiligi о‘zgaradi. Shunday
qilib ustuncha elektr
qarshiligining о‘zgarishiga qarab
b vintga ta’sir etuvchi
R mexanik kuchni aniqlash
mumkin:
F
a
R
R
0
bu yerda: R
0
- doimiy kattalik, ustuncha qarshiligiga teng;
a
- о‘zgarmas koeffisiyent;
F
- siquvchi kuch.
Kо‘mirli datchiklardan kuch va bosimni о‘lchashda foydalaniladi.
Induktiv datchiklarga yakori va о‘zagi harakatlanuvchi induktiv datchiklar
misol bо‘la oladi.
Yakori harakatlanuvchi induktiv datchiklar (20-rasm,
a) da yakor obyekt bilan
mexanik bog‘langan bо‘ladi. Bu yerda
l
kо‘chishni о‘lchash kerak. G‘altakning
induktivligi:
l
s
L
2
/
)
(
2
bu yerda:
– havoning absolyut magnit о‘tkazuvchanligi;
- g‘altakdagi о‘ramlar soni;
s
- magnit о‘tkazgich kesim yuzasi;
55
l
- oraliq.
Yakor о‘ngga surilsa
l
oraliq kamayadi, g‘altak induktivligi ortadi.
Induktivlik о‘zgarishi orqali yakorning kо‘chishini aniqlash mumkin. U 0,1 mm
dan 1 mm gacha bо‘lgan kо‘chishlarni 1mkm aniqlikda о‘lchaydi.
a)
b)
20-rasm. Induktiv datchiklar: a-harakatlanuvchi yakorli: O-obyekt; 1-yakor; 2-g‘altak; b-
harakatlanuvchi о‘zakli: 1 - harakatlanuvchi о‘zak; 2 - g‘altak.
О‘zagi harakatlanuvchi induktiv datchik (20-rasm,
b). Bu datchikda о‘zak
о‘rtada turganda induktivlik
2
1
L
L
bо‘ladi. Agar о‘zak о‘ngga surilsa, о‘ng tomon
induktivligi ortadi, chap tomonniki esa kamayadi. Induktivlikning bu о‘zgarishlari
orqali о‘zakning 50 mm gacha bо‘lgan kо‘chishini aniqlash mumkin.
Sig‘imli datchiklar. Sig‘imli datchiklar sig‘imi о‘lchanayotgan
noelektrik
kattalik ta’sirida о‘zgaradigan kondensatordan iborat. Yassi kondensator sig‘imi:
d
s
С
,
bu yerda:
- plastinkalar orasidagi muhitning absolyut dielektrik
о‘tkazuvchanligi;
s
- plastinkalar yuzasi;
d
-plastinkalar orasidagi masofa.
,
S va
d larni о‘zgartirib uch xil turdagi sig‘imli datchiklarga ega bо‘lish
mumkin (21-rasm).
56
21-rasm. Sig‘imli datchiklar: a - plastinalar orasidagi о‘zgaruvchan masofali:
O - obyekt; 1,2 - qо‘zg‘almas plastinalar; 3 - qо‘zg‘aluvchan plastina; b - yuzasi
о‘zgaruvchan plastinali; c - dielektrik singdiruvchanligi о‘zgaruvchan.
Generatorli datchiklarda noelektrik nazorat qilinadigan har xil kо‘rinishdagi
energiyalari elektr energiyaga (EYUKga) о‘zgartiriladi. Generatorli datchiklar:
termoelektrik, induksion, pezoelektrik va taxiometrik bо‘lishi mumkin.