Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
 
 
kuchaytirgich kirishidagi farq ham nolga teng bo‘ladi. 
O‘zaklar holati o‘zgarganda g‘altaklarda kattaligi va fazasi birlamchi isbob 
g‘altagidagi o‘zak siljishining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan nobalans kuchlanish 
vujudga keladi. Nobalans kuchlanish elektron kuchaytirgich orqali reversiv 
dvigatelni boshqarish uchun kerak bo‘lgan qiymatgacha kuchayadi. Reversiv 
dvigatel profillangan disk yordamida ikkilamchi asbob g‘altagi o‘zagini, birlamchi 
asbob g‘altagi o‘zagi bilan muvofiqlashtirilgan holatga siljitadi, natijada ikkala 
g‘altakdagi EYUK lar tenglashadi, binobarin, nuvozanat holati tiklanadi. 
Ikkilamchi chulg‘amlarning EYUK yana nolga teng bo‘ladi va reversiv dvigatel 
to‘xtaydi. Reversiv dvigatel ikkilamchi asbobning strelkasi va perosi bilan 
bog‘langan. 
Birlamchi asbobning o‘zagi 5 mm ga siljiganda induksiyalangan EYUK ning 
bog‘lanishi chiziqli bo‘lib qoladi. Differensial-transformatorli tizimlarning 
ikkilamchi asboblari potensiometrlar asosida qurilgan. 
 
 
 
 
 
25-rasm. Differensial-transformatorli o‘zgartirgich sxemasi. 
 


61 
Ferrodinamik o‘zgartkichlarda burchak siljishlar o‘zgaruvchan EYUK ning 
mutanosib qiymatiga o‘zgartiriladi. Ular bosim, sarf, sath va boshqa kattaliklarni 
o‘lchashda ishlatiladi. Bunda bu kattaliklarning qiymati ferrodinamik o‘zgartkich 
ramkasining burilish burchagiga o‘zgartirilishi mumkin. O‘zgartkich ( 26-rasm) 
uning magnit tizimini hosil qiluvchi magnit o‘tkazgich 1, boshmoq 2, o‘zak 3 va 
harakatchan plunjer 7 ning siljishi vaqtida o‘zgaradigan ikkita halqasimon 4 va 
rostlanuvchi 6 havo oraliqlaridan iborat. G‘altak 9 da sanoat chastotali 
o‘zgaruvchan ta‘minlanuvchi uyg‘otish chulg‘ami joylashgan. Bu g‘altak hosil 
qilgan oqimi uyg‘otish chulg‘amiga o‘ralgan siljish chulg‘ami va o‘zgartkichning 
aylanuvchi ramkachasi 5 da EYUK induksiyalaydi. Ramkacha siljish va uyg‘otish 
chulg‘amlarining uchlari klemmali panel ga chiqarilgan. 
Ramkacha joylashgan havo oralig‘ida radikal magnit oqimi ramkacha 
neytral holat chizig‘i NN bilan mos kelganda, magnit ramkachani kesib o‘tmaydi 
va undagi EYUK nolga teng bo‘ladi. Ramka NN chiziqdan chetga chiqqanda 
undagi EYUK ramkachaning burilish burchagiga mutanosib induksiyalanadi. 
26-rasm. Ferrodinamik o‘zgartkich sxemasi. 
Ramkacha 5
 
birlamchi asbobning sezgir elementi bilan bog‘langan ramkacha 
neytral holatdan chetga chiqqanda unda EYuK induksiyalanadi: 


62 





r
o
p
r
l
B
w
E
'
2

bu yerda: w — tokning burchak chastotasi; В — magnit induksiyasi; l - 
ramkachaning magnit maydoni kesib o‘tgan o‘tkazgichi uzunligi; r
o‘r
-
ramkachaning o‘rtacha radiusi; ц - ramkachaning burilish burchagi. 
Ramkacha o‘ramlari soni va magnit induksiyasi o‘zgarmas bo‘lganda, 
ferrodinamik o‘zgartkich kattaligi E

burilish burchagi yoki o‘lchanayotgan 
parametr qiymatiga mutanosib, ya’ni 
Е
р
 = К·ц 
bu yerda: К — o‘zgartirish koeffitsiyenti. 
Magnit oqimining kattaligi boshmoq 2 va qo‘zg‘aluvchan plunjer 7 orasidagi 
masofaga bog‘liq bo‘lgani sababli, ramkacha va siljish chulg‘ami EYUK ini havo 
oralig‘ini rostlash yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. 
Ferrodinamik o‘zgartkichlardagi induksiyalangan EYUK ramka burilish 
burchagiga bog‘lanishi chiziqli bo‘lgani sababli ular differensial-transformatorli 
o‘zgartkichlarga nisbatan katta o‘lchash chegaralariga ega. Masofaga signal 
uzatiladigan ferrodinamik o‘zgartkichlar o‘zlarining ishonchliligi, ishlatilishi oddiy 
va qulayligi, universalligi, yuqori metrologik tavsiflarga ko‘ra keng tarqalgan. 
Sanoatda quyidagi turdagi o‘zgartkichlar chiqariladi: PF - ferrodinamik 
o‘zgartkichlar; PFF — ferrodinamik funksional o‘zgartkichlar; PFF-K — 
ferrodinamik funksional-korreksiyalik o‘zgartkichlar. 
 

Download 8.92 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish