Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
1.3. O‘lchanadigan kattaliklar 
O‘lchanadigan kattaliklar haqida gapirishdan oldin kattalik tushunchasining 
o‘ziga alohida to‘xtalib o‘tsak.
Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob‘yektlarga (fizikaviy 
tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan 
umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’yekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. 
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’yektning xossasi ikkinchisinikiga 
nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi. 
Metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash 
texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Har bir fizikaviy ob’yekt bir qancha ob’yektiv xossalar bilan tavsiflanishi 
mumkin. Ilm – fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab 
ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o‘lchash vositalari yordamida 70 dan 
ortiq kattalikni o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050 yillarga borib 
200 dan ortib ketishi bashorat qilinmoqda. 
Kattaliklarning turlarga bo‘linishi 4 – rasmda ko‘rsatilgan. 
4 – rasm. Kattaliklarning turlari. 
O‘lchanadigan kattaliklar asosan fizik kattaliklar hisoblanadi. Xalqaro 
birliklar tizimi (SI) da fizik kattaliklar asosiy va hosilaviy kattaliklarga bo‘linadi. 
Asosiy kattaliklarga uzunlik, massa, vaqt, elektr tokining kuchi, termodinamik 
temperatura, yorug‘lik kuchi va modda miqdori kiradi. Qolgan kattaliklar hosilaviy 


16 
kattaliklar hisoblanadi. Bularga kuch, tezlik, tezlanish, bosim, zichlik, elektr 
kuchlanish va boshqalar kiradi. 
O‘zDSt 8.010:2002 «O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini 
ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va 
umumiy atamalar» standartida asosiy va hosilaviy kattalik tushunchalariga 
quyidagicha ta’rif berilgan: 
 
Asosiy kattalik – tizimga kiradigan va tizimning boshqa kattaliklaridan 
mustaqil deb shartli ravishda qabul qilingan kattalik. 
Hosilaviy kattalik – tizimga kiradigan va bu tizimning asosiy kattaliklari 
orqali aniqlanadigan kattalik. 
Nofizik kattaliklar ijtimoiy fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, ...) da 
qo‘llaniladi. Bu kattaliklarni qiymatlarini ifodalash uchun kattalik birliklari mavjud 
emas, shu sababli ularni faqatgina baholash mumkin.
Kattaliklarni additiv va noadditiv kattalilarga ham ajratiladi.
Additiv kattalik – turli qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish, 
bir-biriga bo‘lish mumkin bo‘lgan kattalikdir. Misol uchun, uzunlik, massa, vaqt, 
kuch, bosim ba boshqalar additiv kattaliklarga kiradi. 
Noadditiv kattalikqiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish 
yoki bir-biriga bo‘lish ma’nosiz bo‘lgan kattalikdir. Masalan, termodinamik 
temperatura (O‘zDSt 8.010:2002 «O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar 
birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. 
Asosiy va umumiy atamalar»). 

Download 8.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish