|
II.
Ta’lim loyihasini amalga oshirishdaBog'liq Ta\'lim texnologiyalari (1) d2a5a031-3122-4f61-9775-85498b4cc33a, Actual Listening and Reading, 8-Global jarayonlar va baraqaror taraqqiyot, portal.guldu.uz-Amaliy mashgulotlar removed, Ishni bajarish tartibi, Abonent kirish tarmoqlari., Abonent kirish tarmoqlari pon (Passive Optical Network – passiv , Majidov S. 1-ish, 1.2.Talabalarning ota-onalari, z3uGxA4mkDXddxhfjLhRxuVaARNKVmYFg2GJsIGh, 1. pedagogik texnologiyaning paydo bo\'lishi, rivojlanishi va uni, Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiyII.
Ta’lim loyihasini amalga oshirishda quyidagi ishlarga
alohida e’tibor qaratiladi:
-o’rganilayotgan
mavzu
bo’yicha maqsad, vazifalar bilan
o’quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy
vazifalari, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish,
mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yichako’rsatmalar berish, etalon darajasida
o’zlashtirish me’yorlarini aytib berish;
-
ta’lim
oluvchilarning
faol,
mustaqil
faoliyatini
rag’batlantirish, bolalar diqqatini bo’lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni
qanday o’rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg’otish o’qish-
o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish. Emotsiyalar,
tafakkur hodisalari bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali
mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar yuzasidan
joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to’liq o’zlashtirishga oid o’zgartirish,
qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;
-
bo’lim yoki mavzu bo’yicha to’plangan bilimlarga ishlov
berish. Ta’lim jarayoni sxolastik xarakterga ega. Unda kutilgan va
kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulotda va tasodifiy hodisalar ham uchrab
turadi. Binobarin, o’rganilgan natijalarga asoslanib loyihaga yangi o ‘
zgartirish, qo’shimcha, tuzatishlar kiritiladi, bolalarning etalon darajasiga
qanchalik yaqinlashganliklari ham aytib o’tiladi;
-
bo’lim yoki mavzu bo’yicha umumiy xulosalar chiqarish,
chiqarilgan xulosalarni murakkab o’quv holatlariga tatbiq qilish.
Oraliq nazorat natijalariga ko’ra mavzu yoki bo’lim bo’yicha axborot
to’plash, to’plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o’quvchilar
erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o’quvchilarning bilim, malakasi, ijodiy
faoliyat tajribasi, munosabatlaridagi kamchiliklarini ko’rsatish, har bir
o’quvchiga yakuniy nazoratgacha bajaradigan qo’shimcha topshiriqlar
berish, ularni o’quv materiallarini yanada atroflicha etalon darajasida
o’zlashtirishga rag’batlantirish;
- yakuniy nazoratning asosiy funksiyasi – ta’lim oluvchilarning bilim
24
va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o’zlashtirishlarini
aniqlash, etalon darajasidan past o’zlashtirgan o’quvchilarni ogohlantirish,
qo’shimcha topshiriqlar berish.
|
| |