28
mumkin bo’lgan u yoki bu metod va usullar samarasini aniqlash maqsadida
pedagogik eksperiment amalga oshiriladi. “Eksperiment” so’zi lotincha
“sinab ko’rish”, “tajriba qilib ko’rish” ma’nosini anglatadi. Eksperimental-
tajriba ishlari asosan ta’lim- tarbiya jarayoniga
aloqador ilmiy faraz yoki
amaliy ishlarning tatbiqini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Tajriba ishlari ta’lim-tarbiya o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlash,
natijalarni hisoblash asosida
yangi usullarni tatbiq etishga, ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta’lim tarbiya
jarayonining
tuzilishi, amalga oshirilishini va natijalarini oldindan k o’ra
bilish imkonini beradi. Eksperiment usuli sharoitga qarab uch xilda
o’tkaziladi.
1. Tabiiy eksperiment;
1. Laboratoriya eksperimenti;
2. Amaliy tajriba.
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o’tkazishda
quyidagi talablar
mavjud:
1)
Ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va
kutilishi lozim bo’lgan natija uchun reja belgilash lozim;
6) Ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob’ekt belgilash,
amalga oshirish borasida qo’shimcha usullarni aniqlash;
7) Tajriba ishi o’tkazish vaqtini va muddatini aniqlash;
8)
Tajriba uchun lozim bo’lgan vositalarning tayyorligi;
9)
Eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, tegishli
xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.