29
malakali pedagoglar faoliyati (oddiylari ham) bevosita va bilvosita
o’rganiladi. Bunda pedagogik faoliyatdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi,
o’zaro tajriba almashinadi hamda malaka oshiriladi.
9.
Tadqiqot natijalarini amalda tatbiq etish usuli – masalan,
tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari bo’yichailmiy-amaliy seminar,
forum
yoki konferensiyalarda ma’ruza va dokladlar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar,
darslik, qo’llanmalar, metodik tavsiyalar yozishi, kitoblar nashr qilishi
tushuniladi.
Aloqador
fanlarning
ilmiy-tadqiqot
sohasi
sifatida ta’lim
texnologiyalarining turli fanlar bilan bog’liqliklari yaqqol ko’rinadi. U keng
ko’lamli ijtimoiy hodisa bo’lib, ko’p fanlarning tadqiqot ob’ekti
hisoblanadi. Bunda har bir fan o’z maqsad
va vazifalariga muvofiq
yo’nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o’rganishi natijasida uni
takomillashtirish yo’l-yo’riqlarini belgilab boradi.
Ta’lim texnologiyalari boshqa fanlardan ajratilgan holda rivojlana
olmaydi. Ta’limning ob’ekti inson bo’lganligi uchun insonni o’rganuvchi,
uning taraqqiy etishi masalasiga taalluqli barcha
fanlar bilan hamkorlik
qiladi.
Ta’lim texnologiyalari fanining metodologik asosini
pedagogika fani
tashkil etadi. O’qitishjarayoni, barkamol shaxsni tarbiyalash, qobiliyatlarni
rivojlantirish, bilish faoliyati xususiyatlari bu ikki fan
maqsadlarini birlashtiradi. Amerikalik psixolog B.Skinner ta’rifiga
ko’ra, ta’lim texnologiyalari pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or
bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, o’qitishning
muayyan usullari, shakllari va vositalarini belgilovchi psixologik -pedagogik
ustanovkalar yig’indisidir.
Psixologiya fani inson ruhiyatining
rivojlanish qonuniyatlarini
o’rganadi, Pedagogika fani shaxs rivojlanishini boshqarish qonuniyatlarini
o’rganadi, ta’lim texnologiyalari esa bu ikki fanning eng ilg’or bilimlaridan
foydalangandagina rivojlanadi. Bugungi zamonaviy davr sharoitida inson
resurslari va uning bilish faoliyati imkoniyatlarini
hisobga olgan holda
ta’lim jarayoni mahsuldorligini oshirishda psixologik bilimlarga hamda
ta’lim texnologiyalarining psixologik asoslarini o’rganishga kuchli ehtiyoj
seziladi.