• II-BOB TIBBIY TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Bobning qisqacha mazmuni
  • Tayanch iboralar
  • 2.1Tibbiy ta’limda innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi
  • Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar.
  • O’qitish jarayonidagi innovatsiyalar.
  • O’qituvchiva ta’lim oluvchi faoliyatidagi innovatsiyalar.
  • Mustaqil ish uchun mavzu va topshiriqlar




    Download 2.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/174
    Sana27.07.2023
    Hajmi2.09 Mb.
    #77464
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174
    Bog'liq
    Ta\'lim texnologiyalari (1)
    d2a5a031-3122-4f61-9775-85498b4cc33a, Actual Listening and Reading, 8-Global jarayonlar va baraqaror taraqqiyot, portal.guldu.uz-Amaliy mashgulotlar removed, Ishni bajarish tartibi, Abonent kirish tarmoqlari., Abonent kirish tarmoqlari pon (Passive Optical Network – passiv , Majidov S. 1-ish, 1.2.Talabalarning ota-onalari, z3uGxA4mkDXddxhfjLhRxuVaARNKVmYFg2GJsIGh, 1. pedagogik texnologiyaning paydo bo\'lishi, rivojlanishi va uni, Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiy
    Mustaqil ish uchun mavzu va topshiriqlar:
     
    1. 
    Ta’lim texnologiyalarining dolzarbligi va ahamiyati.
    2. 
    O’zbekistonda 
    ta’lim 
    texnologiyalarining 
    rivojlanish 
    istiqbollari.
    3. 
    Tibbiy ta’limda o’qitishtexnologiyalarining dolzarbligi va 
    ahamiyati
    4. 
    Mavzu bo’yichatayanch iboralar mohiyatini tushuntiring.
    II-BOB
     
    TIBBIY TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
     
     
    Bobning 
    qisqacha 
    mazmuni: 
    tibbiy ta’limda innovatsion 
    texnologiyalarning qo’llanilishi, zamonaviy va rivojlantiruvchi ta’lim 
    texnologiyalari, o’qitishning noan’anaviy metodlari, o’qitish jarayonini 
    tashkil qilishda pedagogik-psixologik yondashuvlar, talabalarning tanqidiy 
    va ijodiy fikrlashini rivojlantirish usullari.
    Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion yondoshuv, innovatsion 
    ta’lim, innovatsion jarayon, aksiologiya, akmeologiya, kreativlik, refleksiya, 
    pedotsentrik konsepsiya, interaktiv o’qitish, moderator, trener, tyutor, 
    fasilitator, mentor, kouch, konsultant, ekspert, innovator, kommunikator, 


    36
    menejer, spiker, assistent, texnolog, metodist, koordinator.
    2.1Tibbiy ta’limda innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi
     
     
    Bugungi 
    kunda 
    ilmiy-texnikaviy 
    taraqqiyot 
    nafaqat 
    ishlab 
    chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy- gumanitar 
    bilimlar, shu jumladan, ta’lim sohasiga ham innovatsion texnologiyalarni 
    joriy etishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy 
    dasturi”da “..... o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar 
    bilan ta’minlash” bir necha bor ta’kidlanib, uzluksiz ta’lim sifatini oshirish 
    va takomillashtirishning bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri 
    sifatida belgilangan edi. Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim 
    texnologiyalariga ko’ra pedagog-o’qituvchikompetensiyasi quyidagi asosiy 
    talablarga javob berishi kerak:
    - o’qituvchi ta’lim berish, tarbiyalay olish, ta’lim oluvchilarning 
    bilimlarini nazorat qila olish va xolisona baholay olish mahoratiga ega 
    bo’lishi kerak;
    - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda innovatsion pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanishni bilishi kerak.
    Pedagog-o’qituvchi o’z oldiga qo’yilgan mas’uliyatli va dolzarb 
    vazifalarni bajarishi, ta’lim-tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni 
    shakllantirishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:

    zamonaviy ilmiy, madaniy va innovatsion texnologik
    taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi;

    dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng 
    nuqtai
    nazardan anglashi;

    kompyuterli ta’lim va o’qitishning boshqa texnik vositalarini
    ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishi;

    internet tarmog’i to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi va 
    undagi
    axborotli texnologiya mazmunini teran tahlil qila bilishi;

    pedagogik mehnatning samaradorligini tahlil etish usullarini
    bilishi;


    37

    umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar, milliy 
    g’oya va milliy mafkura hamda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar 
    mohiyatini to’liq tushunib yetishi;

    innovatsion 
    pedagogik 
    texnologiyalar 
    mohiyati 
    va 
    tamoyillari hamda uning an’anaviy o’qitish jarayonidagi afzalliklarini 
    bilishi, shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligini ta’minlash uchun pedagogik 
    innovatsiyalarni qo’llay olishi;

    talabalarga o’z fani bo’yichata’lim berishda innovatsion 
    texnologiyalarni qo’llay olishi, o’quv jarayonini faollashtirish hamda o’quv 
    materiallarini o’zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va talabalarni 
    mustaqil fikrlashga va o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatishi;

    o’z fanining mohir ustasi va fidoyi bo’lishiga erishishi;

    talabalarning barkamol inson bo’lishi uchun ularga o’zining 
    izlanishlari, ijodkorligi orqali ta’lim-tarbiya berishi va hokazo.
    Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo’lgan Innovatsion 
    yondashuv”, 
    “Innovatsion 
    faoliyat”, 
    “Innovatsion 
    pedagogika”, 
    “Innovatsion ta’lim” tarzdagi tushunchalar ehtiyojlar asosida kelib chiqqan 
    bo’lib, ularning maqsadi ta’lim sohasida o’quv- tarbiya jarayoni natijasini 
    kafolatlaydigan o’zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat
    1
    “Innovatsiya” (lot. “novatio” – yangilash, ingl. “innovation”
    - yangilik kiritish) yangilash, o’zgartirish, tatbiq etishqo’llash degan 
    ma’nolarni bildiradi. Har qanday yangilik ham innovatsiya bo’lavermaydi, 
    balki mavjud tizimning samaradorligini yuqori darajada oshirishga olib 
    keladigan o’zgarish, yangiliklargina innovatsiya hisoblanadi. Innovatsiya” 
    tushunchasi dastlab XIX asrda madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda 
    paydo bo’lib, bir madaniyat turlarini ikkinchi bir madaniyatga kiritish 
    tushunilgan. XX asrga kelib esa, yangi soha – yangiliklar kiritish haqidagi 
    fan paydo bo’ldi. Bu fan doirasida moddiy ishlab chiqarish sohasiga texnik 
    yangiliklar kiritish qonuniyatlari o’rganila boshlandi.
    Yangiliklar kiritish haqidagi fan faoliyati yangicha ta’lim tizimiga 
    o’tish yo’lidagi harakatlar bilan asoslanadi. Shunga ko’ra yangi bilimlarga 
    ehtiyoj innovatsiya, innovatsion xizmat ko’rsatish g’oyalarini tatbiq etishga 
    qaratilgan ehtiyojdan kelib chiqqan.


    38
    Yangilanishlarni pedagogika faniga nisbatan qo’llaganda ta’lim- 
    tarbiya jarayonini amalga oshirish va uning natijalarini yaxshilashga 
    qaratilgan pedagogik tizim ichida o’zgarishlar kiritish tushuniladi. 
    Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchiva talaba 
    faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda 
    asosan noan’anaviy yondoshuv va metodlardan to’liq foydalaniladi. 
    “Yangilik kiritish” (innovatsiya) tushunchasi yangilikda ham, ushbu 
    yangilikni amaliyotga tatbiq etish jarayoni sifatida ham tushuniladi.
    O’zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo’jayeva, 
    Sh.Shodmonov, G.Baubekova, G.Xalikova va boshqalar pedagogik 
    yangilanishlarga ilg’or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi.
    1
    Mallayev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. 2000.
    Ularni radikal yangiliklar bilan tenglashtirib, quyidagilar bilan 
    bog’lab tushuntiradi: dolzarb muammoning yangi yechimi, ulardan 
    foydalanish yangi sifat o’zgarishlariga olib keladi, ularni qo’llash tizimdagi 
    boshqa 
    komponentlarni 
    ham 
    sifat 
    jihatidan 
    o’zgartiradi. Bunda 
    yangilanishlar tizimining bir sifatli holatdan ikkinchi holatga o’tishi tarzida 
    tushuniladi.
    Yangilik muayyan ta’lim tizimi ichida mavjud bo’lib, yangilanish 
    asosida yuzaga keladi. Shu tarzda yangilanishni yangilik yaratish, qo’llash 
    va o’zlashtirish hisobiga ta’lim rivojlanishi jarayoni sifatida tushunish 
    mumkin. Yangilanish ta’lim jarayonining qaysi bo’lagiga o’zgartirish 
    kiritishni aniqlashdan boshlanadi.
    Pedagogik yangilanish predmeti yangilanish jarayoni samaradorligi va 
    ularni aniqlovchi omillar orasidagi bog’liqlik, shuningdek, o’zgarishlar 
    samaradorligini oshirish maqsadida shu omillarga ta’sir etish usullaridan 
    iborat.
    Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi:
    1. 
    Yangi 
    g’oyalarning 
    tug’ilishi 
    va 
    yangilanish 
    konsepsiyasining paydo bo’lish bosqichi. Bu shartli ravishda fundamental 
    va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi.
    2. 
    Yaratish bosqichi. Muayyan obyektda amalga oshirilgan 
    yangilik- moddiy yoki ma’naviy narsa-namuna.


    39
    3. 
    Yangilik kiritish bosqichi. Yaratilgan yangilik amaliyotga 
    tatbiq etiladi, qayta ishlanadi. Bu bosqich kiritilgan yangilikdan yuqori 
    samaraga erishish bilan yakunlanadi. So’ng yangilikning mustaqil 
    harakatlanishi boshlanadi. Yangiliklar qo’llanilish jarayonida yanada boshqa 
    bosqichlarga ajraladi.
    4. 
    Yangiliklarni hayotga tatbiq etish bosqichi. Yangiliklarni 
    boshqa sohalarga ham keng qo’llashda namoyon bo’ladi.
    5. 
    Muayyan sohada yangilikning turg’un xizmat qilish bosqichi. 
    Yangilikni qo’llash davomida u o’zining yangilik xususiyatini yo’qotib 
    boradi. Mazkur bosqich yangilik o’rniga undan ham samarali yangiliklarni 
    tatbiq etish bilan yakunlanadi. Bir yangilik o’rnini undan ham samaraliroq 
    bo’lgan boshqasi egallaydi.
    6. 
    Yangiliklarni boshqa yangilik bilan almashtirish maqsadida 
    yangiliklar ko’lamini qisqartirish bosqichi.
    Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turda kechadi:
    1. Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar.
    Innovatsion jarayonni amalga oshirish shartlari, vosita va yo’llari 
    tuzilishini to’liq anglamagan yoki uni tug’dirgan ehtiyojga bog’lanmagan 
    holda amalga oshiriladi. Bu tarzdagi innovatsiyalar ko’pincha ilmiy asoslar 
    bilan bog’liqbo’lmay, empirik asosda vaziyat talablaridan kelib chiqqan 
    holda amalga oshiriladi. Bunday innovatsiyalarga novator o’qituvchilar, 
    tarbiyachilar, ota-onalar faoliyatlarini misol keltirish mumkin.
    2. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar ongli, maqsadga yo’naltirilgan, 
    ilmiy ishlab chiqilgan fanlararo faoliyat natijasi hisoblanadi. Ta’lim 
    sohasidagi innovatsiya ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, 
    pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi.
    Ta’limdagi innovatsiyalar shartli ravishda quyidagi turlarga 
    bo’linadi:
    Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar. 1997 yil “Kadrlar tayyorlash 
    milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan 
    asoslanadi. Uning natijasida ta’lim-tarbiya tizimi tubdan isloh etilib, ta’lim 
    tizimining uzluksizligi shakllandi, 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi
    yangi fanlar kiritildi va h.k.


    40
    O’qitish jarayonidagi innovatsiyalar. O’qitishning innovatsion 
    shakllari (trening, davra suhbati, interaktiv ma’ruza, interaktiv ekskursiya, 
    videokonferensiya, virtual ma’ruza, virtual ekskursiya va b.), metodlari 
    (Aqliy hujum, Klaster, Assesment, Qarorlar shajarasi va b.) va vositalari 
    (interfaol doska, prezentatsiya, elektron darslik, grafik organayzerlar, virtual 
    trenajerlar va b.) shakllandi.
    O’qituvchiva ta’lim oluvchi faoliyatidagi innovatsiyalar. 
    Aksiologik yondashuv (shaxsga oliy qadriyat sifatida qarash); akmeologik 
    yondashuv (oliy nuqta, gullagan davr, rivojlanish cho’qqisi); kreativ 
    yondashuv (yaratuvchanlik, ijodkorlik); refleksiya (ortga nazar).
    Innovatsion jarayon bir necha bosqich va vositalar majmui 
    yordamida ilmiy yangilik yoki g’oya, ijtimoiy yangilikka, shu qatorda ta’lim 
    yangiligiga aylanadi. Bunda yangilik kiritishga innovatsiya natijasi sifatida 
    qaraladi, innovatsion jarayon esa, umumiy tarzda quyidagi uch bosqichning 
    rivojlanishi sifatida tushuniladi: g’oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), 

    Download 2.09 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174




    Download 2.09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish uchun mavzu va topshiriqlar

    Download 2.09 Mb.
    Pdf ko'rish