42
2.1 – rasm).
2.1
– rasm. Tushunchalar tahlili
Pedagogik innovatsiyalarni quyidagi turlari ajartiladi:
1.Faoliyat yo’nailishiga ko’ra (jarayonli,boshqarishga oid).
2.
Kiritilgan
o’zgarishlar
mazmuniga
ko’ra(radikal,
kombinatsiyalashgan, modulli).
3.
Kiritilgan o’zgarishlar ko’lamiga ko’ra (lokal, modulli,
tizimli) (2.2 - rasm).
2.2
- rasm. Pedagogik texnologiyalarning klassifikatsiyasi
Ma’lumki, pedagogik innovatsiya faoliyatining subyekti o’qituvchiva
uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-
madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga ega
bo’ladi.
Innovatsion jarayonning mohiyati – o’qituvchi va talabalarning
birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi,
mazkur jarayonda pedagog
talabalarga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Pedagogik yordamning asosiy mohiyati innovatsion uslubning tavsifi, uning
maqsadga yo’naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish
va
tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi.
Talabalarning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subyekti
43
sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’qitishning
hozirgi va kelgusi
bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv-tarbiya jarayonining maqsadi,
vazifasi va ko’rsatmalarni anglay bilish; intellektual mehnatning yangi
turlarini
egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash va
mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a’lo darajada yenga bilish, o’sish va
mustahkam o’rin egallashning kengayayotgan
intellektual va kasbiy
imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o’zining ijtimoiy roli funksiyasini
bajarishga faol munosabatda bo’lish va hokazo.
Innovatsion pedagogik jarayonning eng muhim yo’nalishlaridan biri
o’quvchi-talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo’nalish
o’quvchi-talabalarning o’quvjarayonini faollashtirishni,
ularning kasbiy
ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o’z ichiga oladi. Talabalarning
innovatsion faoliyatini yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat sifatida
baholash mumkin. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning
o’zini yangilik yaratish
jarayoniga baxshida qilishi, u tomonidan yaratilgan
pedagogik qadriyatlar
yig’indisini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-
bir maqsadi sifatida qaraydi. O’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi