Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo




Download 2.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/174
Sana27.07.2023
Hajmi2.09 Mb.
#77464
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174
Bog'liq
Ta\'lim texnologiyalari (1)
d2a5a031-3122-4f61-9775-85498b4cc33a, Actual Listening and Reading, 8-Global jarayonlar va baraqaror taraqqiyot, portal.guldu.uz-Amaliy mashgulotlar removed, Ishni bajarish tartibi, Abonent kirish tarmoqlari., Abonent kirish tarmoqlari pon (Passive Optical Network – passiv , Majidov S. 1-ish, 1.2.Talabalarning ota-onalari, z3uGxA4mkDXddxhfjLhRxuVaARNKVmYFg2GJsIGh, 1. pedagogik texnologiyaning paydo bo\'lishi, rivojlanishi va uni, Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiy, Maple amaliy paketining versiyalari
kreativlik va refleksiya komponentlaridan iborat. O’qituvchiinnovatsion 
faoliyatining engmuhimtavsifikreativlikdir.
Kreativlik (ingl. “to create” - yaratish, “creative” – yaratuvchan, 
ijodiy) individning yangi, nostandart tushuncha yaratishi, vazifani hal 
qilishga yangicha yondoshish va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati, 
xislatini bildiradi.
O’qituvchiinnovatsion faoliyatidagi kreativlikning bir necha 
bosqichlari mavjud: birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyalar 
ko’chiriladi; ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar 
(modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi, uchinchi bosqichda g’oyani 
amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiqiladi; to’rtinchi 
bosqichda o’qitishva tarbiyalanishning betakror konsepsiyasi va metodikasi 
yaratiladi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasidagi eng muhim 


44
komponent bu refleksiyadir. Refleksiya o’qituvchining o’z ongi va 
faoliyatini belgilash hamda tahlil qila olishidir. Refleksiya (lot. “reflexio”- 
ortga qaytish) subyektning o’z (ichki) psixik tuyg’u va holatlarini bilish, o’z 
xatti-harakatlariga munosabat va uni baholash jarayonidir.
Innovatsion pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik 
qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy 
qiyofasiga ham taalluqlidir. U ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini 
bildiradi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning 
to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda 
tutadi. O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir 
qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining samimiy muloqoti, aks 
fikrlarga nisbatan beg’araz munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning 
tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchio’z 
bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga 
ega bo’ladi.
O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-
o’zini bilishi va yaratuvchanligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish 
imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi 
vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati – bu o’qituvchining o’z 
mustaqillik mavqyeini, fanga, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish 
qobiliyatidir. O’qituvchi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u 
pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib 
boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy 
madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi. Keyingi sharti – bu 
o’qituvchining madaniyati va muloqotga shayligi. O’qituvchining 
innovatsion faoliyati voqyelikni o’zgartirishga, uning muammolari va 
usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchiva o’quvchi-talaba o’rtasidagi muloqot namunasining 
o’zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, 
an’analarda bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi 
bo’lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro 
yordam shaklida qurilgan bo’lishi kerak. Ular munosabatlaridagi eng muhim 


45
xususiyat bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning ijoddagi hamkorligidir.
O’qituvchining innovatsion faoliyati quyidagi asosiy funksiyalar 
bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatining ongli tahlili; me’yorlarga nisbatan 
tanqidiy yondashuv; kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; dunyoga ijodiy 
yaratuvchilik munosabatida bo’lish; o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, 
o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish. 

Download 2.09 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174




Download 2.09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo

Download 2.09 Mb.
Pdf ko'rish