• Pistiya ( Pistia stratiotes (L.), Araceae )
  • –rasm. Eichhornia crassipes  Manba




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/29
    Sana27.01.2024
    Hajmi1,91 Mb.
    #146723
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
    Bog'liq
    monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

    2.2–rasm. Eichhornia crassipes 
    Manba: Termiz davlat universieti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Botanika” kafedrasida
    tasvirga olindi 
    Tezlik bilan ko'payib va kengayib boruvchi eyxorniya suv omborlari yuzasini 
    shunday zich gilam bilan qoplaydi, bu esa, kemalar harakatiga to'sqinlik qiladi. 
    Bundan tashqari, eyxorniyaning zich qatlami tufayli suv omborining kislorod rejimi 
    yomonlashadi, bu uning boshqa aholisining o'limiga olib keladi. Eyxorniyaning 
    ko'payishiga qarshi kurashish uchun deyarli faqat shu o'simlik bilan oziqlanadigan 
    Neochetina spp sichqonchalari ishlatiladi.
    Pistiya (Pistia stratiotes (L.), Araceae) . Vatani – Afrikaning tropik
    mintaqalari hisoblanadi. Pistiya yoki suv karami – suzib yuradigan ajoyib 
    o'simliklardan biri. U kuchalagullilar oilasiga mansub o‘simlikdir. Pistiya ko‘p yillik 
    o‘simlik bo‘lib, chuchuk suvlar, qisman minerallashgan va organik moddalarga boy 
    suvlar yuzasida qalqib o‘sadi.
    Voyaga yetgan pistiya o'simligining bo'yi O'zbekiston sharoitlarida 20–40
    sm ga yetadi. Poyasi qisqa 5–8 sm, barglari qayiqsimon (15–22 sm. uzunlikda). 
    Duxobasimon to'lqinli yashil–havorang barglaridan yirik tubbarg (rozetka) hosil


    42 
    qiladi. Ildiz bo‘g‘zidan chiqqan barglari qalin bog‘lam hosil qilib, qalin, shaffof 
    tukchalar bilan qoplangan, quyi qismi och yashil, aerenxima to‘qimasi kuchli 
    rivojlanganligi sababli suvda qalqib o‘sadi. Pistiya urug'lari yordamida ham, vegetativ 
    yo'l bilan ham ko'payadi, ammo ko'proq vegetativ usulda ko'payadi. 
    Pistiya barg qo'ltig'ida hosil bo'ladigan yotiq novda (stolon) yordamida
    vegetativ ko'payadi. Stolonlarning chetida yangi o'simta shakllanadi. Yosh o'simlikda 
    odatda o'sish konusida 4 ta barg hosil bo'ladi. Vegetatsiya davrida bir o'simlikda 4–5 
    doira hosil bo'lishi mumkin. Pistiyaning mevasi quruq, ochilmaydigan meva, ko'sak
    bo'lib ko'p urug'larga ega. Urug'lari uzunchoq–silindrsimon (1,5–3mm) 1000 dona 
    urug'ining massasi 2,1–2,2 g ni tashkil qiladi. 
    Chorvachilik komplekslari va sanoat korxonalari oqova suvlarida o'stirilgan 
    pistiya katta miqdorda biomassa (3 kunda 1 kg/m 2) hosil qiladi. O'simlikning yalpi
    gullashi va urug'larining pishishi issiq davrda (iyun–avgust oylarida) kuzatiladi. 
    Kuzda urug'lar kam hosil bo'ladi va ular pishishga ulgurmaydi. Pistiyaning
    ro'vagi so'ta bo'lib, uning yuqori qismida erkak va pastki qismida urug'chi guli
    joylashgan. Pistiya o'z–o'zidan gidrofil yo'l bilan changlanadi (avtogamiya). Ayrim 
    hollarda chetdan changlanishi (ksenogamiya) va bir o'simlikda (geytenogamiya) 
    entomofiliya yo'li bilan changlanish ham uchraydi
    1

    1
    Пономарева A.К., Изотова Л.H., Волгина Т.И. Селекция CN-устойчивых мутантов некоторых штаммов зеленых
    водорослей с повышенной способностью разрушать цианиды в полупромышленных условиях // Тр. Биол. ин- та Сиб. отд. 
    АН СССР. - 1979. - №39. с. 71 - 75.


    43 

    Download 1,91 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish