Selen va tellur gidrametallurgiyasi Reja: Selen Tellur




Download 37.31 Kb.
bet1/2
Sana16.10.2022
Hajmi37.31 Kb.
#27308
  1   2
Bog'liq
Selen va tellur gidrametallurgiyasi
Kollokvium 3


Selen va tellur gidrametallurgiyasi

Reja:

1. Selen
2. Tellur
3.Selen, tellur, poloniy, tabiatda uchrashi
4. Selen va tellur o'rtasidagi asosiy farq

Selen [yun. Selene — Oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi sifatida nomlangan), lot. Selenium], Se — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 34, atom massasi 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,O2%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioaktiv izotoplaridan faqat 75Se(T1/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. Selenni Selen Ya. Berselius 1817-yilda kashf etgan.
Selen Yer poʻstining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim minerallari jumlasiga kumush, qoʻrgʻoshin, simob va mis selenidlari AgSe — naumanit, PbSe — klaustalit, HgSe — timanit, Cu2Se — berselianit, Hg(Se, S) — onofrit va selenit kislotaning misli tuzi CuSeO32H20 — xalkom ye n i t kiradi. Selen jigarrang tusli toʻq kulrang modda. ir necha modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang Selen Suyuqlanish temperaturasi 217°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 4,81 g/sm³.
Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.
Selen sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz zavodlarining "balchiklaridan" va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan "balchikdan" olinadi.
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning miqdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. Selen(IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm³, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish temperaturasi 340—390°). Selen (VI) oksid SeO3 ning suyuqlanish temperaturasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.
Selen galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va boshqa birikmalar hosil qiladi.
Selen geksaftorid SeF6 — xona temperaturasida rangsiz gaz, suyuqlanish temperaturasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 13,2°, qaynashtrasi93°. Selen tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 — jigarrangqizil suyuklik (suyuqlanish temperaturasi —85°, qaynash temperaturasi 127130°).
Selen digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. Selenning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. Selen ftoroksid SeOF2 — xona temperaturasida suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 4,6°, kaynash temperaturasi 124°. Selen xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 11°, qaynash temperaturasi 179°, zichligi 2,44 g/sm³. Selen bromoksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi.
Selen ning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. Selen vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan koʻlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Pyx va kadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotokarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar)ning selenidlari yuqori traga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.
Tellur (Tellurium), Te — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 52; atom massasi 127,60. Tellur 8 ta barkaror (massa sonlari 120, 122, 123, 124, 125, 126, 128, 130 boʻlgan) izotopdan iborat. Bulardan |28Te (31,79%) va 130Te (34,48%) keng tarkalgan. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotopi olingan. Ulardan |27Te va |29Te nishonli atomlar holida ishlatiladi.
Tellur ni dastlab 1782-yilda vengriyalik kon muhandisi Tellur Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi Tellur Klaprot 1798-yilda Myuller kashfiyotining toʻgʻriligini tasdiqladi va yangi elementga Yerni sharaflab "Tellur" (lot. tellus — Yer) nomini berdi. Tellur tarqoq element. Yer poʻstining massa jihatidan ~110~7% ini tashkil etadi. Tellur tabiatda ogʻir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit AiTe2, krennerit (Ai, Ag)Te2, geye sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va boshqa holida uchraydi.
Tellur oqishkulrang, metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash temperaturasi 990°. Tellur yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda Tellurga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin Tellur kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. Tellur —2, Q4 va Q6 valentli. Tellur bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. Tellur qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi. Konsentrlangan sulfat kislota Tellur bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. Tellur ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. Tellurning organik birikmalari ham maʼlum. Tellur va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli. Tellur metall sulfidlarni qayta ishlashda va elektroliz yoʻli bilan oltin, kumush, mis olishda "anod balchiq" tarkibida yonaki mahsulot sifatida xreil boʻladi. Tarkibida Tellur va selen boʻlgan rudalarni qayta ishlash yoʻli bilan Tellur va selenning eruvchan birikmalari xreil qilinadi. Eritma orqali sulfit angidrid SO2 oʻtkazilsa, selen va Tellur choʻkmaga tushadi. Hosil qilingan erkin Tellurdan qayta suyuqlantirish vakuumda haydash yoki zonalar boʻylab suyukdantirish yoʻli bilan sof Tellur olinadi.
Tellur selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan Tellurning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim oʻtkazgichlar uchun sarflanadi. Tellurli materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim oʻtkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qoʻllanadi. Tellurning oʻzi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qoʻshimcha sifatida (asosan, qoʻrgʻoshinga) qoʻllanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida boʻyoq modda sifatida foydalaniladi. Tellur oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida doim boʻladi, lekin uning biologik roli toʻliq oʻrganilmagan. Odam bir kechakunduzda ovkat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin Tellur oladi. Oʻsimliklar uchun oʻrtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. Tellur ishlab chiqarish. da undan zaharlanish mumkin. Tellurdan zaharlanganda titroq bosadi, bosh ogʻriydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yoʻqoladi, koʻngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch toʻkiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari — mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.
Tellur oqishkulrang , metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash temperaturasi 990°. Tellur yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda Tellurga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin Tellur kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. Tellur —2, Q4 va Q6 valentli. Tellur bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. Tellur qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi. Konsentrlangan sulfat kislota Tellur bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. Tellur ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. Tellurning organik birikmalari ham maʼlum. Tellur va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli.
Tellur selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan Tellurning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim oʻtkazgichlar uchun sarflanadi. Tellurli materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim oʻtkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qoʻllanadi. Tellurning oʻzi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qoʻshimcha sifatida (asosan, qoʻrgʻoshinga) qoʻllanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida boʻyoq modda sifatida foydalaniladi. Tellur oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida doim boʻladi, lekin uning biologik roli toʻliq oʻrganilmagan. Odam bir kechakunduzda ovkat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin Tellur oladi. 
Selen Yer poʻstining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim minerallari jumlasiga kumush, qoʻrgʻoshin, simob va mis selenidlari AgSe — naumanit, PbSe — klaustalit, HgSe — timanit, Cu2Se — berselianit, Hg(Se, S) — onofrit va selenit kislotaning misli tuzi CuSeO32H20 — xalkom ye n i t kiradi. Selen jigarrang tusli toʻq kulrang modda. ir necha modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang Selen Suyuqlanish temperaturasi 217°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 4,81 g/sm³.Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.Selen sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz z-dlarining "balchiklaridan" va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan "balchikdan" olinadi.
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg . Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning miqdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. Selen(IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm³, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish temperaturasi 340—390°). Selen (VI) oksid SeO3 ning suyuqlanish temperaturasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.Selen galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va boshqa birikmalar hosil qiladi.Selen geksaftorid SeF6 — xona temperaturasida rangsiz gaz, suyuqlanish temperaturasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 13,2°, qaynashtrasi93°. Selen tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 — jigarrangqizil suyuklik (suyuqlanish temperaturasi —85°, qaynash temperaturasi 127130°).
Poloniy (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208,9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103 yil), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro—RaF bilan, 2||Ro— AsS bilan, 2l2Po-ThC bilan, 2l4Po-RaC bilan, 215Ro—AsA bilan, 216Ro—ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.Poloniy (2|0Ro) ilk bor 1898-yilda Poloniy Sklo-dovskaya-Kyuri va Poloniy Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va Poloniy Sklo-dovskayaKyuri vatani — Polsha (lot. Polonia) sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qoʻrgʻoshinni eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 254°, qaynash temperaturasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radiusi 1,7 A . Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.Poloniy birikmalarda —2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari maʼlum.Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boʻladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida Poloniy boʻladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoʻli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.
12. p - oilasi elementlarining umumiy xossalari. Davriy sistemaning uchinchi asosiy guruxcha elementlarining umumiy xarakteristikasi (Bor, Alyuminiy, Galliy elementlari va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari).
Bor guruxchasi elementlari birikmalarda +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Faqat talliy +3, +1 oksidlanish darajalarini namoyon qila oladi. Buning sababi elementlarning atom radiuslari B-Al-Ga-In-Tl qatorida ortib borishidir.Atom radiusi ortgan sari S - elektron orbitallari bilan p - elektron orbitallari orasida energiya farqi orta boradi. SHuning uchun talliyninng 6p - elektroni birinchi valent elektronga aylanib (Tl+1), keyin 6s2 - elektronlari ximiyaviy bog’lanishda ishtirok etishi tufayli Tl+3 xolatga o’tadi. Bu guruxcha elementlarining tartib rakami (Z = 5) V dan (Z = 81) Tl gacha ortib borishi bilan ularning oksid va gidroksidlari asosli xossalari kuchayib, kislotalik xossalari kuchsizlanib boradi.Masalan: bor oksidi faqat kislotali xossalarini namoyon qiladi, alyuminiy oksidi amfoter, qolgan oksidlar (Ga2O3, In3O3, Tl2O3) asosli xossalarni namoyon qiladi. H3BO3 kislotadir, Al(OH)3 amfoter gidroksiddir. Bu qatordagi qolgan gidroksidlar kislotalarda eriydi. Buning sababi: Al+3 dan Tl+3 -ga o’tgan sayin ion radiuslari kattalashib borishidir.

Borning tabiatda tarqalishi: bor asosan birikma xolida tarqalgan bo’lib, ular qatoriga: Na2B4O7*10H2O - bura, Na2B4O7*H2O - kernet, H3BO3*4H2O - sasolin. Borning yer po’stlog’idagi miqdori 5*10-4 %. Ikki izotop 10B (19,6%) va 11B (80,40%) ko’rinishidan iborat.


Download 37.31 Kb.
  1   2




Download 37.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Selen va tellur gidrametallurgiyasi Reja: Selen Tellur

Download 37.31 Kb.