Sement (lotincha caementum shagʻal, chaqiq tosh) sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi




Download 2.71 Mb.
Sana03.04.2023
Hajmi2.71 Mb.
#48347
Bog'liq
zamonaviy qur mat portlandsement
Вокеа сураси матни, Attestatsiya 6-ilova, Get Startet (1), TAKLIF TUSHUNCHASI. TAKLIF MIQDORIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. TAKLIF QONUNI, Abdu, Alisher Navoiyning Mezon ul avzon -fayllar.org, Informatika Test bJrDDnx, Matematika, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf uchun darslik , 8-mavzu, 1643742gg224, Nomli reaksiyalar, 128 8, 3, 14


Sement (lotincha caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sementning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabi turlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va minerallashgan suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi

Gidrofob sement - mayin tuyilgan portlandsement klinkeriga gips va gidrofob qoʻshilmalar (asidol, sintetik yogʻli kislotalarning qoldiqlari, oksidlangan petrolatum va b.) qoʻshib hosil qilingan gidravlik qovushoq modda. Sement massasiga nisbatan 0,1-0,3% qoʻshilma qoʻshilgan sement qrtganda uning sirtida yupqa gidrofob parda hosil boʻladi. Bu esa sementning gigroskopligini kamaytiradi, shuning uchun ham sementni uzoq muddat saqlashda buzilishiga yoʻl qoʻymaydi. G. s. suvni deyarli oʻtkazmasligi, sovuqqa chidamliligi bilan boshqa sementlardan farq qiladi.



Portland sement (Inglizcha): Portland – Birlashgan Qirollikadagi (yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda z)
ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).[1] (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Portland_sement#cite_note-1)

Quruq usulda portlandsement ishlab-chiqarish texnologik tizimi
Download 2.71 Mb.




Download 2.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sement (lotincha caementum shagʻal, chaqiq tosh) sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi

Download 2.71 Mb.