|
Eruvchanlikni aniqlash usuli
|
bet | 19/170 | Sana | 22.07.2023 | Hajmi | 1.18 Mb. | | #77106 |
Bog'liq Nazaruy materiallar Улчов бланка, Yusuf saryomiy va tasavvuf adabiyoti, Aziza rezume, 9-Mavzu O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar., Tajriba Elektronika 4 kurs sirtqi (2), 5,6,7,8,10-sinf test informatika, 11-klass informatika 1-4 sherek testleri, 10-klass informatika 1-4 sherek testleri, 8-klass informatika 1-4 shereklik test, 9-klass informatika 1-4 sherek test, 8-klass informatika 1-4 shereklik test, 9-klass informatika 1-4 sherek test, 10-klass informatika 1-4 sherek testleri, 11-klass informatika 1-4 sherek testleri, 5-synp Eruvchanlikni aniqlash usuli. Aniq tortib olingan moddani o’lchab olingan suyuqlikka solinadi va 10 min. ichida 20±2°S da to’xtovsiz chayqatiladi. Moddani hovonchada oldindan maydalab olish mumkin. Sekin eriydigan moddalar suv hammomida 30°S gacha isitiladi. Faqat kuzatish uchun ularni ham 20g°S gacha sovutiladi va 1-2 min chayqatiladi (3-jadval).
1.2.-jadval
Belgilangan atamalar
|
1 g moddani eritish uchun kerak bo’lgan erituvchi (ml) miqdori
|
Juda oson eriydigan
|
1 ml gacha
|
Oson eriydigan
|
1 ml dan 10 ml gacha
|
Eriydigan
|
10 – 30 ml gacha
|
Ma’lum qismda eriydigan
|
30 – 100 ml gacha
|
Kam eriydigan
|
100 – 1000 ml gacha
|
Juda kam eriydigan
|
1000 – 10 000 ml gacha
|
Amalda erimaydigan
|
10 000 ml dan ko’p
|
Sekin eriydigan moddalar uchun erish sharoiti DF maqolalarida ko’rsatiladi. Moddaning eruvchanligi haroratga uzviy bog’liq. Dorivor moddalarning asosiy qismi harorat ko’tarilishi bilan eruvchanligi oshadi. Lekin ayrim holda, aksincha, harorat ko’tarilishi eruvchanlikni pasaytiradi (masalan, aktinomitsinlar, kalsiy tuzlari).
Ayrim dori moddalari sekin eriydi, lekin eritish natijasida yuqori konsentratsiyali eritmalar olish mumkin. Bunday moddalar erishini tezlashtirish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani oldindan maydalab olish va aralashtirish mumkin.
Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan chin eritmalar keng tarqalgan bo’lib, ularni eritishda qo’llangan erituvchiga qarab 2 guruhga bo’linadi:
1. Suvdagi eritmalar.
2. Boshqa erituvchilarda erigan eritmalar.
Ularda erigan modda agregat holatiga qarab:
1. qattiq moddalarning eritmalari.
2. Suyuq moddalarning eritmalari.
3. Gazsimon moddalar eritmalari.
|
| |