• Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Asosiy qism Fanning nazariy (lektsiya) mashg‘ulotlari mazmuni
  • «servis xizmati»




    Download 0.75 Mb.
    bet6/41
    Sana14.04.2022
    Hajmi0.75 Mb.
    #19711
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    servis xizmati (Автосохраненный)1
    servis xizmati, 4-sinf, Основы математического моделирования
    Fanning ta`limdagi o‘rni
    Mazkur fan umumiy o‘rta ta`lim maktablari bilan bevosita aloqada bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlarining sifatini aniqlashda katta yordam beradi, chunki, tikuvchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonida tolalar, iplar, kalava iplar, gazlamalar, trikotaj va noto‘qima materiallar, mo‘ynalar, bezak materiallari, furnitura hamda galantereya mahsulotlarining xossalarini va ishlatilishini, tikuv mashinalarining jihozlari, tikuv sexlari, tikuvchilik jihozlarining turlarini hamda maishiy servis vositalari, taom tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan maxsulotlar turi, navlarini, ular tarkibidagi qimmatli moddalarni turlari va ularni saqlab qolgan holda birlamchi va issiqlik ishlovi berish xizmat qiladigan universal va maxsus jixozlar to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishi kabi masalalarni umumiy o‘rta ta`lim maktablarida qo‘llash yaxshi natijalarni beradi.


    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik
    texnologiyalar
    Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiqqkilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnoma texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan «kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va elektron zersiyalardan, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, bilim ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi.
    Asosiy qism
    Fanning nazariy (lektsiya) mashg‘ulotlari mazmuni
    Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining
    maqsad va vazifalari.
    Tikuvchilik materiallarining va gazlamalarning rivojlanish tarixi. Gazlamalarni ishlab chiqarishning asosiy sexlari va ularning vazifalari. Gazlamaning paydo bo‘lish tarixi, hamda ularni ishlab chiqaruvchi zavod va firmalar to‘g‘risida umumiy tushuncha.
    Tikuvchilik materialshunosligi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
    To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda materialshunoslik fanining roli va ahamiyati. Tola iplar va mahsulotlar haqida asosiy ma’lumotlar.
    Tabiiy va kimyoviy tolalarni olinishi va ishlatilishi
    Tabiiy tolalar. Paxta tolasi. Paxtaning sanoatda ahamiyati, navlari, fizika-mexanika xossalari, dastlabki ishlov berish, sanoatda olinadigan assotimenti. Lub tolalari. Zig‘ir tolasi, turlari, asosiy xossalari, dastlabki ishlov berish prinsiplari va olinadigan assortiment turlari. Kanop tolasi, agrotexnikasi, dastlabki ishlov berish prinsiplari, ishlatilishi va assortimenti. Jun tolasi. Tolaning, olinishi, turlari, tuzilishi dastlabki ishlov berish prinsiplari, fizik-mexanikaviy xossalari, ishlatilishi va olinadigan mahsulotlarning assortimenti. Tabiiy ipak. Tabiiy ipakni olinishi, dastlabki ishlov berish prinsiplari, fizika-mexanikaviy xossalari, ishlatilishi va mahsulotlar assortimenti.
    Sun’iy tolalar va iplar. Asbest tolasini olinishi va ishlatilishi. Viskoza tola va iplarining olinishi va ishlatilishi. Sintetik tolalar va iplar. Kapron tola va iplarning olinishi va ishlatilishi. Shisha va metall iplarning olinishi va ishlatilishi.
    Namlik va uning ahamiyati
    Namlik, uning turlari va ahamiyati. Namlikning tolalar, iplar va tayyor mahsulotlarga ta’siri.
    Iplarning geometrik va mexanik xossalari
    Tola va iplarning geometrik xossalari. Tolalarning uzunligi va ahamiyati. Qalinlik yoki chiziqli zichligi. Tola va iplarning nuqsonlari. Tola va iplarning eshilishi va ahamiyati. Tola va iplarning mexanik xossalari. Yarim siklli deformasiyalar. Bir siklli deformasiyalar. Ko‘p siklli deformasiyalar
    Yigirish haqida umumiy ma’lumotlar
    Iplar, ularning turlari olinishi va ishlatilishi. To‘quvchilik asoslari. Chit, zig‘ir, shoyi, jun va kimyoviy gazlamalarni pardozlash. To‘qimachilik nuqsonlari va ularning sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri. To‘qimachilik o‘rilishlar: oddiy, mayda, gulli, murakkab, kuchaytirilgan, jakkard va boshqalar.
    Gazlamalar o‘rilishlari, olinishi va ishlatilishi
    Gazlamalarning geometrik xossalari: qalinligi, uzunligi, eni, og‘irligi. Gazlamalarning mexanik xossalari. Yarim, bir va ko‘p siklli deformasiyalar. Gazlamalarni to‘zilishga chidamliligi. Gazlamalarning gijimlanuvchanligi. Haqiqiy va nisbiy zichlik. Gazlamalarning draplanuvchanligi. Gazlamalarning fizik xossalari. Gazlamalarning kirishishi. Gazlamalarning tola tarkibini aniqlash usullari.

    Download 0.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0.75 Mb.