• Umidov, Sh.E. va boshq. Nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari.
  • UO‘K: 351.821 KBK 67.401s Taqrizchilar: Tadjibayeva G.
  • Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    SH.E. UMIDOV, Z.A. DJABBOROV
    NAZORAT VA STANDARTLASHTIRISHNING 
    HUQUQIY ASOSLARI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    TOSHKENT
    «NISO POLIGRAF»
    2017


    UO‘K: 351.821
    KBK 67.401s
    N18
    Umidov, Sh.E. va boshq.
    Nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari. 
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. /Sh.E. Umidov 
    va boshq. O‘zbekiston Respubli kasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
    vazir ligi. – T.: «Niso Poligraf», 2017. – 120 b.
    UO‘K: 351.821
    KBK 67.401s
    Taqrizchilar:
    Tadjibayeva G. – Toshkent sanoat kasb-hunar kolleji bo‘lim boshlig‘i;
    Ahmedov T. – TashDAU Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va marketingi 
    kafedrasi katta o‘qituvchisi.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talaba lar, 
    magistrantlar va o‘quvchilarning keng ommasiga mo‘ljallangan. O‘quv 
    qo‘llanma nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslariga bag‘ish-
    langan bo‘lib, standartlashtirishga doir hujjatlashtirish, unda metrologiya 
    xiz­mati,­ sertifikatlashtirish­ asoslari­ to‘g‘risida­ ma’lumotlar­ keng­ yoritib­
    berilgan.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik 
    Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    ISBN 978-9943-4870-6-2
    © Sh.E. Umidov va boshq., 2017
    © «Niso Poligraf», 2017


    3
    KIRISH
    O‘zbekistonimiz­ ko‘hna­ madaniy­ va­ ma’rifiy­ meroslarga­
    boy ega. Ushbu meros G‘arb falsafasining shakllanishida
    buyuk olim va allomalarning dunyoga tanilishida munosib o‘rin 
    egallagan. Bundan tashqari, respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» 
    asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga 
    ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
    rivoj lanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizdan 
    yetishib chiqqan allomalarning hozirda ham ahamiyatli bo‘lgan 
    kashfiyotlari­ va­ ilmiy­ yutuqlari­ jahon­ fanlari­ taraqqiyotida­
    munosib o‘rin egallagan. G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanil-
    gan Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun 
    mo‘ljallangan «Miqyosi Nil» qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning 
    oddiy va sodda o‘lchash asboblari bilan o‘ta yuqori aniqlikda 
    tuzilgan «Yulduzlar jadvali», qomusiy olim Beruniyning mod-
    dalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar 
    shular jumlasidandir.
    Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali 
    bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda, eng avvalo
    uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida 
    «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» 
    alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘na-
    lishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
    ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor eksport- 
    •­
    bop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
    aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’-
    •­
    minlash;


    4
    mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, 
    •­
    uni jadallik bilan rivojlantirish.
    Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar 
    amalga oshirildi va natijada O‘zbekistonga faqat xomashyo 
    zonasi sifatida qaralishiga barham berildi.
    Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi 
    parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, 
    ularning­ texnikaviy­ tavsiflarini­ bilishi­ zarur.­ Bundan­ tashqari,­
    texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va bahola-
    nadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni 
    ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i lozim.
    Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri 
    kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan mukammal nazorat-
    o‘lchash asboblari, qurilmalari va tizimlarini yaratishdir.
    Metrologiya,­ standartlashtirish­ va­ sertifikatlashtirish­ soha­
    larini o‘rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va 
    ser­tifikatlashtirish­ bo‘yicha­ qoidalarni,­ talablarni,­ me’yorlarni­
    standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayon-
    nomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi.
    Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos 
    keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbar-
    doshligini ta’minlashda, eng muhimi, respublikamizning 
    iqtiso-diy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalardan biri 
    sanaladi.


    5

    Download 0.94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish