Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
Sifat halqasi modeli
1. Marketing, mahsulotning bozorgirligini o‘rganish, izlanish 
olib borish.


33
2. Loyihalash va texnik talablarni ishlab chiqish.
3. Moddiy-texnik ta’minot.
4. Texnologik jarayonni tayyorlash va ishlab chiqish.
5. Mahsulotni ishlab chiqarish.
6. Mahsulotni sinash va nazorat qilish.
7. Mahsulotni qadoqlash (upakovka) va saqlash.
8. Mahsulotni taqsimlash va sotish.
9. Montaj va ekspluatatsiya qilish.
10. Xizmat qilishda texnik yordam ko‘rsatish.
11. Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish.
Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy 
bosqichlarida: tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarish-
da; muomalada; iste’molda yoki ishlatishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulot sifatining oshi-
rilishida belgilovchi o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifat tash-
kil topishi ning boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika 
taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda me’yoriy hujjatlar-
ni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalaga, iste’molga 
yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya 
qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda 
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
– andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa 
ishlarni bajarish;
– me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
– standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishni 
amalga oshirish;
– mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash;
– mahsulot sifatining rejalangan darajasiga erishish, turli 
usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazorat-
ga yo‘naltirilgan konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab 
chiqish;


34
– bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati 
haqidagi axborotni tahlil qilish;
– mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini va shuningdek, sifat 
darajasini­baholashni­tasniflash­va­aniqlash.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqi-
chida texnikaviy daraja rivojlanishining doimo yuqori sur’atlarda 
bo‘lishini ta’minlaydi.
Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda 
sifatni boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus 
konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki loyihalash institutlarida, sanoat 
korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim (byuro) larda 
yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda 
asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatan yangi bo‘lish-
ligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarning takomillashganli- 
giga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal 
texnologik jarayonlarni tanlash qiyin va u mas’uliyatli vazifa, 
chunki bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashishi 
hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash 
zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini 
oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar 
amalga oshirilishi mo‘ljallanadi:
– mahsulotni bevosita tayyorlash;
– uskunalarning, jihozlarning, nazorat-o‘lchash texnikasining 
sifati kerakli darajada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilish;
mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikning oldini olish, me’yo riy 
hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini 
bartaraf qilish tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish;
– me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
– korxonaga tushayotgan xomashyoning, materiallarning, 
yarimfabrikatlarning, komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi 
nazo ratini o‘rnatish;


35
– chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi 
va sinashdagi nazoratini o‘rnatish;
– tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
– ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi 
axborotni yig‘ish va to‘plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi 
shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish;
– xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi 
buyumlarni va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi 
transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga binoan olib 
yurilishini ta’minlash va nazorat qilish;
– belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda kor-
xonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish 
bosqichida qo‘yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda 
mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlanadi.
Har qanday boshqaruv tizimining muhim tashkil qiluvchi 
qisimlaridan biri nazoratdir. Mahsulot sifatini boshqarish 
tizimida – bu standart, texnik shartlarga rioya qilish, metrologik 
ta’minot va sanoat mahsulotlari sifatini joriy qilish ustidan 
davlat nazorati va idoraviy nazorat. Mamlakatimizda mahsulot 
sifatini boshqarish umumiy tizimida davlat nazorati muhim 
o‘rin egallaydi. Davlat nazorati – respublikamizning butun 
hududida, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida davlat nomidan 
«O‘zstandart» agentligi, uning hududiy organlari tomonidan 
tanlab o‘tkaziladigan nazorat. U xalq xo‘jaligining alohida 
sohalari, mahsulotning alohida turlari bilan chegaralanmagan, 
bu esa nazoratning eng samarali shaklini – mahsulotni ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulotning standart talablari 
va texnik shartlarga mosligini tekshirish bilan bir qatorda uni 
tayyorlash uchun qo‘llanadigan xomashyo, material, butlovchi 
buyumlar, uzel, agregat va h.k.lar sifatini tekshiradigan 
kompleksli sohalararo tekshiruvni qo‘llashga imkon beradi. Turli 


36
vazirliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarning keng doirasini 
qamrab oluvchi kompleksli tekshiruv materiallarining tahlili 
chiqarilayotgan mahsulot sifati va topilgan kamchilik sabablari 
haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Davlat nazorat organlarining sohalararo xarakteri har bir 
davrda e’tiborni xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan mahsulot 
yoki alohida talab qo‘yiladigan mahsulotga qaratish imkonini 
beradi.
Tekshiruvlar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan nafaqat 
sifatning ishonchli bahosini olish uchun, balki mahsulot sifatini 
oshirish maqsadida korxona va yuqori tashkilotlarga tegishli 
ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda rejalashtiriladi va 
amalga oshiriladi.
Standart, texnik shartlarga rioya qilish va ishlab chiqarishni 
metrologik ta’minlashni joriy qilish ustidan bir vaqtdagi nazorat 
o‘lchash ma’lumotining sifatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatiga bo‘lgan ta’sirini baholashga va nafaqat talab qilinayotgan 
choralarni qo‘llashga, balki ishlab chiqarish metrologik ta’minoti 
samaradorligini va chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish 
maqsadida korxonalarga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Davlat nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– standart va texnik shartlarni o‘z vaqtida joriy qilish va 
ularga rioya qilishni ta’minlash;
– o‘lchash birliligi va talab qilinayotgan aniqlikni ta’minlash;
– standart, texnik shartlar hamda standartlashtirish va 
metrologik ta’minlash sohasidagi boshqa qoida talablari buzi-
lishining sabablari, shuningdek, sifatsiz mahsulotlarni ishlab 
chiqarish sabablarini aniqlash;
– standart, texnik shartlar hamda standartlashtirish va 
metrologik ta’minlash sohasidagi boshqa qoidalar buzilishini, 
shuningdek, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishning oldini 
olish va yo‘qotish, davlat intizomini mustahkamlash va standart, 


37
texnik shartlar hamda standartlashtirish va metrologik ta’minlash 
sohasidagi boshqa qoidalarning joriy qilinishi va ularga rioya 
qilinishi uchun korxonalar javobgarligini oshirish bo‘yicha 
choralar ko‘rish;
– zamonaviy xalq xo‘jaligi talablariga javob bermaydigan 
me’yoriy texnik hujjatlarni aniqlash va standart hamda texnik 
shartlarning ilmiy-texnik darajasini oshirish bo‘yicha choralar 
ko‘rish;
– sanoat mahsulotini attestatlash bo‘yicha ishlarning to‘g‘ri 
o‘tkazilishini nazorat qilish;
– standartlashtirish xizmatlari va metrologik xizmatlar 
faoliyatini nazorat qilish;
– mahsulot sifatini boshqarish kompleksli tizimlari (MSB 
KT)ni ishlab chiqish, joriy qilish va ishlash holatini tekshirish.
Mahsulot sifatining shakllanishi uchun standartlarni joriy 
qilish bosqichi juda muhimdir. Standartlashtirish deganda 
mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p 
marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum 
sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan 
ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni 
va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda 
va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning 
muhim natijalari, odat da, mahsulot, jarayon va xizmatlarning 
belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi to‘siqlarni bartaraf 
qilish hamda ilmiy-texni kaviy hamkorlikka ko‘maklashishda 
namoyon bo‘ladi.
Odatda, standartlashtirish obyekti sifatida standartlashtirila-
digan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
Shunday qilib, standartlashtirishning so‘nggi maqsadi «umu-
miy optimal tejamkorlikka erishish»dir. Shuning uchun ishlab 
chiqilayotgan hujjatda nafaqat qoidalar ko‘rsatiladi, balki ularning 
qo‘llanishi qat’iy belgilanadi.


38
Bironta ham standart (yoki standartlar kompleksi) tarkibida 
qanchalik mukammal talab va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga 
qaramay, unda belgilangan qoida va me’yorlar bajarilmaguncha, 
mahsulot standart talablariga mos ravishda ishlab chiqarilma-
guncha optimal tejamkorlikka erishilmaydi. Bundan standart-
larni joriy qilish bo‘yicha ishlar amalda xalq xo‘jaligida standart-
lashtirish ishlarining butun kompleksi samaradorligini belgilashi 
kelib chiqadi.
Davlat standartlariga, shu jumladan, istiqbolga mo‘ljallangan, 
an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan 
dastlabki­ talablarni­ o‘z­ ichiga­ olgan­ standartlarga­ muvofiqlik­
belgisi bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan 
xo‘jalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va 
rag‘batlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va 
mah­su­lotlarni­ standartlarga­ muvofiqlik­ belgisi­ bilan­ tam­
g‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati subyektlarini iqti-
sodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi.
Mahsulot (xizmat)lar sifati tadqiq etish, ishlab chiqish, 
loyihalash, tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarida shakllan-
tiriladi va me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. O‘zbe kiston Res-
pub likasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida ko‘r-
satilishicha, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar mam-
lakatimiz, xorijiy fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga 
asoslangan bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga 
mos kelishi lozim. Bu talablarni bajarish uchun me’yoriy 
hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasi (MH ITE) ni o‘tkazish 
kerak. Ekspertiza O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.21:2001 
«O‘z SDT. Me’yoriy hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ekspertiza 
qilish»da belgilangan.


39
MH ITE me’yoriy hujjatlarning xalqaro, hududiy, davlat-
lararo, xorijiy standartlar bilan uyg‘unlashtirilganlik darajasini 
o‘rnatish, fan, texnikaning zamonaviy rivojlanganlik darajasiga 
muvofiqligini,­ amaldagi­ qonunlarga­ va­ O‘z­ SDT,­ O‘z­ O‘DT,­
O‘z SMT asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlarga va boshqa 
standartlashtirish tarmoqlararo tizimlariga mosligini o‘rnatish 
maqsadida bajariladigan tadqiqotdan iborat.
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi talablariga 
muvofiq­quyidagilar­ekspertizadan­o‘tkaziladi:
– MH loyihalari;
– tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar;
– davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan MH;
– amaldagi MH;
– MH o‘zgartirishlarning loyihalari;
– davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan, MH ning tasdiqlangan 
o‘zgartirishlari.
Ekspertizaning quyidagi xillari o‘rnatilgan:
– normallashtirish tekshiruvi;
– kelishishning to‘liqligi;
–­ majburiy­talablarga­muvofiqligi;
–­ patent­sofligiga­tekshirish;
– ochiq chop etilmaydigan ma’lumotlar;
– texnik ekspertiza;
– iqtisodiy ekspertiza;
– metrologik ekspertiza;
– ekologik ekspertiza;
– terminologik ekspertiza;
– huquqiy ekspertiza;
– nashriyot tahriri;
– ilmiy-texnikaviy darajani baholash.
«O‘zstandart» agentligining topshirig‘i, buyurtmachining 
so‘rovnomasi, shuningdek, zarurligiga qarab, standartlashtirish 


40
obyektining xususiyatlariga qarab, ekspertiza alohida turlar 
bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
«O‘zstandart» agentligi, standartlashtirish bo‘yicha texnik 
qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar va 
ekspertiza o‘tkazishga vakolatlangan boshqa tashkilotlar me’yoriy 
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
Normallashtirish tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi:
– me’yoriy hujjatning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashti-
rilgani;
– amaldagi me’yoriy va boshqa hujjatlarga to‘g‘ri va huquqiy 
havola qilinganligi;
– MH ning zarur axborot qidiruv belgilari (nomi, belgisi, 
mahsulotning­ umumdavlat­ tasniflagichining­ kodi­ (MUT),­ stan­
dartlar­ umumdavlat­ tasniflagichining­ guruhi­ (SUT),­ simvollar,­
qisqartmalar, amalga kiritish sanasi va (yoki) amal muddati, 
hujjatning qaysi MH o‘rniga ishlab chiqilganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar va h.k.);
– tekshiruvchi shaxslar, bajaruvchilar imzolarining mavjud-
ligi;
– hujjatning tashqi ko‘rinishi.

Download 0.94 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish