Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
Kelishish to‘liqligini tekshirishda me’yoriy hujjatning man-
faatdor­ tashkilotlar­ ro‘yxatiga­ muvofiq­ to‘liq­ kelishilganligi,­
shuningdek, ro‘yxatga kiritilmagan tashkilotlar bilan qo‘shimcha 
ravishda kelishish zarurligi aniqlanadi. Fikr-mulohazalar to‘p-
lami, ilmiy-texnikaviy kengashlarning bayonnomalari, kelishuv 
majlislarining­ bayonnomalari,­ me’yoriy­ hujjatda­ fikr­mulohaza­
larning,­takliflarning­to‘liq­aks­ettirilganligi­tahlil­qilinadi,­ishlab­
chiquvchining­ fikr­ va­ takliflar­ bo‘yicha­ xulosasining­ asosligi­
aniqlanadi.
Majburiy talablarga muvofiqlikni­ tekshirish­ majburiy­
talablarning O‘zbekiston qonunlariga, mos xalqaro va milliy 
standartlarga,­ standartlashtirish­ tarmoqlararo­ tizimlarga­ muvofiq­
to‘liq va to‘g‘ri bayon etilganligini aniqlashdan iborat.


41
Standartlashtirish obyektining patent sofligi patent formu-
larining to‘g‘ri to‘ldirilganligi (bunday hujjat mavjud bo‘lganda) 
tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ochiq chop etilmaydigan ma’lumotlarning borligi mos 
yo‘riqnoma bo‘yicha tekshiriladi.
Texnik ekspertizani o‘tkazishda:
– me’yoriy hujjat nomining texnik topshiriqqa (mavjud 
bo‘lganda), me’yoriy hujjatning mazmuniga va standartlashtirish 
rejalari (dasturlari)ga mosligi, standartlashtirish obyektining 
me’yoriy­hujjat­darajasiga­muvofiqligi,­me’yoriy­hujjatning­to‘g‘ri­
bayon etilganligi va mazmunining to‘g‘riligi aniqlanadi;
– me’yoriy hujjat ko‘rsatkichlarining davlatlararo standartlar 
va­milliy­hujjatlarning­talablariga­muvofiqligi;
– tekshirilayotgan me’yoriy hujjatning o‘xshash mahsulotga 
amaldagi me’yoriy hujjatlarning takrorlanganlik holi aniqla- 
nadi.
Iqtisodiy ekspertiza tushuntirish yozuvidagi ma’lumotlarni 
tasdiqlovchi, me’yoriy hujjatni joriy etish texnik-iqtisodiy va 
ijtimoiy samaradorligi hisobining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat.
Metrologik ekspertiza O‘z RH 51 – 106:2001 bo‘yicha baja riladi.
Terminologik ekspertiza o‘rnatilgan ilmiy-texnikaviy atama-
l arning me’yoriy hujjatda to‘g‘ri qo‘llanilganligini, davlatlararo 
va respublika terminologik standartlariga rioya qilinganlikni 
tekshirish bosqichi bo‘ladi.
Huquqiy ekspertiza me’yoriy hujjat mazmunining amaldagi 
qonunlarning­talablariga­muvofiqligini­tekshirishdan­iborat.
Nashriyot tahriri me’yoriy hujjat matnini ilmiy va adabiy 
tahrir, texnik tahrir qilishdan iborat.
Ilmiy va adabiy tahrir me’yoriy hujjat mazmunini mantiqiy, 
texnik va adabiy jihatdan to‘g‘ri, savodli bayon etish, qabul 
qilingan­qisqartmalarga­rioya­qilish,­orfografik,­sintaksis,­stilistik­
xatolarni yo‘qotish maqsadida bajariladi.


42
Texnik tahrir me’yoriy hujjatni bosmaxonada yoki boshqa 
usulda chop etishga tayyorlashdan iborat.
Loyihaning yoki tasdiqlangan me’yoriy hujjatning «Stan-
dartlashtirish to‘g‘risida» Qonun talablariga, xalqaro, davlatlararo, 
hududiy,­ xorijiy­ standartlarning­ talablariga­ muvofiqligini­ aniq­
lash, shuningdek, uyg‘unlashtirilganlik darajasini aniqlash maq-
sadida me’yoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy darajasi (ITD) 
baholanadi.
Baholash me’yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchilar (standart-
lashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha 
tayanch tashkilotlar, korxonalar, tashkilotlar), «O‘zstandart» 
agentligining idoralari tomonidan O‘z RH 51 – 077:1998 «O‘z 
SDT. Mahsulotga me’yoriy hujjatning ilmiy-texnikaviy darajasini 
baholash­ metodikasi»­ga­ muvofiq,­ ishlab­ chiquvchi­ tomonidan­
tuziladigan mahsulot texnik darajasi, sifati kartasini va (yoki) 
qiyoslash jadvalini qo‘llanib, ko‘rsatkichlarni qiyosiy baholash 
asosida bajariladi.
Me’yoriy hujjatlar ekspertizasining natijalari ixtiyoriy 
shaklda tuzilgan dalolatnoma ko‘rinishidagi ekspert xulosa 
bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada o‘tkaziladigan barcha 
turdagi ekspertiza natijalari aks ettiriladi. Xulosada ekspertiza 
obyek tining umumiy tafsiloti quyidagicha yoziladi: «Me’yoriy 
hujjat (me’yoriy hujjat loyihasi) standartlashtirish davlat tizimi, 
o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi, O‘zbekiston 
Respublikasi­ sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimi­ talablariga­ va­
boshqa­standartlashtirish­tarmoqlararo­tizimlariga­muvofiq­keladi­
(muvofiq­kelmaydi)».
Dalolatnoma ekspert va ekspertizani o‘tkazgan bo‘limlar 
rahbarlarining imzosi bilan ishontiriladi va rahbariyat tomonidan 
tasdiqlanadi.
Kelishmovchiliklar bo‘yicha oxirgi qarorni: me’yoriy hujjatni 
ekspertizaga jo‘natgan tashkilot; Davarxitekturaqurilish, Davta-


43
biatqo‘mita, O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash 
vazirligi (o‘z vakolati doirasida); O‘zstandart agentligi xulosa 
shaklida qabul qiladi.
Me’yoriy hujjat ekspertizasining dalolatnomasi so‘rovchiga va 
ishlab chiquvchi – asliyat egasiga jo‘natiladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi me’yoriy hujjat va barcha 
ilovalar bilan birga ekspertizani o‘tkazgan tashkilotda saqlanadi. 
Barcha hollarda me’yoriy hujjat ekspertizasi dalolatnomasining 
bir nusxasi «O‘zstandart» agentligiga jo‘natiladi.
Ekspert xulosaning xolis (obyektiv) ligiga mas’ullik eksper-
tizani o‘tkazgan mutaxassis-ekspertga yuklatiladi.
O‘z RH 51 – 106:2001 metrologik ekspertiza o‘tkazishning 
tuzilishi, umumiy qoidalari va tartibini belgilaydi.
Me’yoriy va texnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi 
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish, ishlatish va ta’mirlash 
sifatini oshirish, qo‘llab-quvvatlash va baholashga yo‘naltirilgan 
ishlab chiqarishni boshqarishga doir texnik qarorlarning metro-
logik darajasini oshirish, nazorat-o‘lchash vositalarining 
samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Metrologik ekspertiza mahsulot va xizmatlarning hayotiy sikli 
barcha bosqichlari me’yoriy va texnik hujjatlariga o‘tkazilishi 
lozim; umumtexnik me’yoriy hujjatlar (barcha daraja va turlarda); 
aniqlik me’yorlari, o‘lchash vosita va usul lari, metrologik 
qoidalar­ va­ o‘lchanayotgan­ parametrlar­ nomenk­laturasi,­ fizik­
parametrlarni­ ifodalash­ usullari,­ fizik­ konstantalar,­ modda­ va­
materiallar xossalari haqidagi ma’lu motlar, shuningdek, yuqorida 
ko‘rsatilgan barcha hujjatlardagi o‘zgartirishlar.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
davlat tizimiga asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar metrologik 
ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
Metrologik ekspertiza quyidagilarga tatbiq qilinadi: «O‘zstan-
dart» agentligi axborot fondida ro‘yxat qilinadigan davlatlararo, 


44
davlat, tarmoq standartlari, shuningdek, mahsulot va xizmatlar 
uchun korxona standartlari loyihalari; mazmunida aniqlik 
me’yorlari va o‘lchash vositasi, usuliyati va usuliga talablar 
bo‘lgan rahbariy hujjat loyihalari; texnik shartlar loyihalari; 
import qilinadigan mahsulotni sinash usul va dasturlar loyihalari; 
o‘lchash vositasini ishlab chiqish texnik topshiriqlari loyihasi
shuningdek, standart namunalari; o‘lchash vositasining turini 
tasdiqlash bo‘yicha sinash usuli va dasturining loyihalari; o‘lchash 
vositalarini qiyoslash usuli loyihalari; qiyoslash sxemalariga 
me’yoriy hujjatlar loyihalari; standart namunalari attestatsiyasi va 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyati natijalari haqidagi texnik (ilmiy) 
hisobotlar yoki boshqa hujjatlar; konstruktorlik, texnologik, 
ekspluatatsion (ishlatish, foydalanish), ta’mirlash hujjatlari va 
boshq.
Me’yoriy va texnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi 
amal dagi me’yoriy hujjatlarning me’yor, qoida va talablari asosida 
tartibga solinadi.

Download 0.94 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish