49
– sifatning statistik nazorati, uni baholash usullari;
– sinov va o‘lchash uskunalari, ularni attestatlash, metrologik
ta’minlanishi;
– ishlab chiqarish texnologiyasi,
texnologik imkoniyatlar va
jihozlanishda ishlash xususiyatlari va vositalari;
– mahsulotni o‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash,
yetkazib berish va texnikaviy xizmatga bo‘lgan talablar.
Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
bo‘yicha ekspert-auditorga tavsiya etiladigan talablar
Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
bo‘yicha ekspert-auditorlar quyidagi masalalar bo‘yicha bilim-
larga ega bo‘lishlari kerak:
–
sifat tizimlari, shu jumladan, Sifat tizimlariga oid
standartlar;
– mahsulot sifatini va mustahkamlikni baholash usullari,
hisoblash, tajriba-statistika, natijalarni qayd etish va ekspertlash;
– tayyor
mahsulot sifatining nazorati, asosiy usullarning
turlarini va texnikaviy vositalarini hamda statistik nazorat
usullari;
– marketing bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
– loyihalash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularga talablar;
– material-texnika ta’minoti bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
– xomashyoning, materiallarning
va komplekt etuvchi
buyumlarning kiritishdagi nazoratini tashkil qilish;
– ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlash xususiyatlari va
texnologik jihozlanish vositalari;
– texnologik uskunaning texnikaviy xizmati va ta’mirlash;
– ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish;
– tekshirish va sinovlar o‘tkazish bo‘yicha
ishlarni tashkil
qilish;
50
– yuklash, ortish-tushirish, transport va ombor bilan bog‘liq
bo‘lgan ishlarni o‘tkazish va ularga bo‘lgan talablar;
– mahsulotni o‘rash va joylashtirish, belgilash, saqlash,
yetkazib berish va texnikaviy xizmatiga bo‘lgan talablar;
– sifat tizimlarini iqtisodiy tomondan baholash;
– sifat tizimlarida samarali qatnashuvchi texnikaviy xodim lar
ishtirokini tashkil qilish va tayyorlash.