• III bob. METROLOGIYA ASOSLARI 3.1. Davlat metrologiуa xizmati haqida asosiy tushunchalar va uning vazifalari
  • Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    ?
    NA
    ZORAT SAVOLLARI
    1. O‘zbekistonda dastlabki standartlashtirish idorasi qachon faoliyat 
    yurita boshlagan?
    2. Nazorat organi nima?
    3. Ekspert-auditorlar deganda kimlar tushuniladi?
    4. Sinov laboratoriyasi kim tomonidan akkreditlanadi?


    53
    III bob. METROLOGIYA ASOSLARI
    3.1. Davlat metrologiуa xizmati haqida asosiy tushunchalar 
    va uning vazifalari
    O‘lchash axborotiga nafaqat miqdor bo‘yicha, balki sifat 
    bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) 
    aniqligi,­ ishonchliligi,­ tannarxi­ va­ samaradorligi­ kabi­ tavsiflar­
    kiradi.
    Bu­ sifat­ tavsiflarining­ barchasining­ asosida­ metrologik­
    ta’minot­ yotadi.­ Metrologik­ ta’minotni­ shunday­ ta’riflash­ mum­
    kin: o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka 
    erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va 
    qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning 
    belgilanishi va tatbiq etilishi.
    Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik 
    ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
    – o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish
    ta’minlash va tatbiq etish;
    – o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta 
    ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab 
    chiqish va tatbiq etish;
    – hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
    – o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
    – o‘lchash vositalari va uslublarining metrologik attestatsiyasi 
    va hokazolar.
    Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
    1. Ilmiy asosi: metrologiya – o‘lchashlar haqidagi fandir;


    54
    2. Texnikaviy asoslari – kattaliklar birligining davlat eta-
    lonlari, kattaliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga 
    uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga 
    qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari 
    va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, 
    o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishla-
    tishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va 
    materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namu-
    nalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning maj-
    buriy davlat sinovlari;
    3. Tashkiliy asosi – davlat va mahkamalardagi metrologik 
    xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya 
    xizmati;
    4. Me’yoriy-qonuniy asoslari – tegishli respublika qonunlari
    davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
    Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
    – mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirish-
    ning samaradorligini oshirish;
    – detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’-
    minlash;
    – moddiy boyliklarning va energetik resurslarning hisobini 
    olib borish ishonchliligini ta’minlash;
    – atrof-muhitni himoya qilish;
    – salomatlikni saqlash va hokazolar.
    Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga 
    bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish 
    maqsadida­metrologik­profilaktika­ishlariga­va­ishlab­chiqarishni­
    tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida 
    ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor 
    munosabatlarining yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab 
    chiqarilgan mahsulotlarning eksport imkoniyatining oshirilishiga 
    munosib zamin yaratadi.


    55

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish