• Audit dasturi
  • Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    Kuzatuvchanlik kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi 
    yoki joylashgan o‘rnini kuzatish imkoni.
    Muvofiqlik – talabni bajarish.
    Nomuvofiqlik – talabni bajarmaslik.
    Sifat bo‘yicha rahbariyat – tashkilot sifat menejmenti 
    tizimini belgilovchi hujjat.
    Tahlil – qurilayotgan obyektning yaroqliligi, adekvatliligi 
    (aynan bir xilligi), natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan 
    maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat.
    Audit – audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan 
    mezonlarini bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni 
    beg‘araz baholash muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan 
    jarayoni.
    Audit dasturi – muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va 
    muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta 
    auditlar majmuyi.
    Kompetentlik (vakolatlilik) – o‘z bilim va ko‘nikmalarini 
    qo‘llay olish qobiliyati.
    4.2. Sertifikatlashtirishning tashkiliy asoslari
    O‘zbekistonda­ sertifikatlashtirishni­ joriy­ etish­ bo‘yicha­ faol­
    ishlar 1992-yilda, ya’ni chet ellardagiga nisbatan ancha kech 
    boshlandi. 1992-yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 


    69
    Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish 
    bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul 
    qilindi. Shu yilning o‘zida davlat ilmiy-texnik dasturi asosida 
    «O‘zbekiston­ Respub­likasi­ sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimini­
    tatbiq etish va yaratish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari 
    boshlandi.­ Sertifikatlashtirish­ tashkiliy,­ me’yorlash,­ metodik­ va­
    tuzilish sohalarida shakllana boshlandi.
    1998-yilda standartlashtirishning huquqiy asoslari aniqlandi – 
    O‘zbekiston­ Respublikasining­ «Mahsulot­ va­ xizmatlarni­ sertifi­
    katlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
    Qonunga­ muvofiq­ standartlashtirish,­ metrologiya­ va­ sertifi­
    katlashtirish O‘zbekiston agentligi – «O‘zstandart» agentligi 
    sertifi­katlashtirish­ bo‘yicha­ Milliy­ idora­ va akkreditlash 
    idorasi­ tashkil­ qilindi.­ Qonunga­ muvofiq,­ sertifikatlashtirish­
    bo‘yicha ishlarni tash killashtirish «O‘zstandart» agentligiga 
    yuklatilgan.­ Bir­ turli­ mahsulotlarni­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­
    idoralar­ sertifikatlash­tirish­ ishlarini­ bajaradi,­ bu­ idoralar­
    majburiy­ ravishda­ akkre­ditlanadi.­ Majburiy­ sertifikatlashtirish­
    subyektlariga­ «O‘zstandart»­ agentligi,­ sertifikatlashtirish­
    bo‘yicha idoralar, sinash laborat oriyalari (markazlari), nazorat 
    ido­ralari,­ mahsulotni­ tayyor­lovchilar­ kiradi.­ Sertifikatlashtirish­
    bo‘yicha­ idoralar­ bir­ turli­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­
    tizimlarimi­yaratish,­sertifikatlash­tirish­tarzini­va­so‘rovchilarga­
    sertifikatlashtirilgan­ mahsulotga­ muvofiqlik­ belgisini­ qo‘lla­
    nishga ruxsat berish huquqiga ega.
    Qonunda import bo‘yicha keltirilgan va eksportga chiqarila-
    digan­mahsulotni­sertifikatlashtirish­shartlari­belgilangan.­Sertifi­
    kat lashtirish shart bo‘lgan mahsulot uning o‘rnatilgan talablarga 
    muvofiqligini­ tasdiqlovchi­ sertifikatga­ va­ muvofiqlik­ belgisiga­
    ega­ bo‘lishi­ lozim.­ Muvofiqlik­ sertifikati­ yo‘q­ bo‘lganda­ bojxona­
    tekshiruv­idoralari­keltirilgan­mahsulotni­sertifikat­lashtirish­Mil­


    70
    liy­ tizimi­ qoidalari­ bo‘yicha­ sertifikatlashtirishni­ o‘tkazish­ ma­
    salasini hal etishgacha to‘xtatib qo‘yadi.
    Qonun yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan 
    sertifikatlashtirishni­ ko‘zda­ tutadi.­ Tashabbus­ bo‘yicha­ ixtiyoriy­
    sertifikatlashtirish­ mahsulotning­ me’yoriy­ hujjatlar­ talab­
    lariga­ muvo­fiqligini­ tasdiqlash­ uchun­ o‘tkazilishi­ mumkin.­
    Qonun tekshirish va nazorat masalalarini tartibga soladi. 
    Tayyorlovchilarning­ majburiy­ sertifikatlashtirish­ qoidalariga­
    amal qilayotganligi ustidan davlat nazoratini davlat inspektorlari 
    amalga­ oshiradi.­ Sertifikatlashtirilgan­ mahsulotni,­ sifat­ tizim­
    larini,­ ishlab­ chiqarishlarning­ inspeksion­ tekshiruvini­ sertifikat­
    lashtirish bo‘yicha idoralar, akkreditlangan sinash laboratoriya-
    lari­ (markazlari),­ sertifikatlash­tirish­ bo‘yicha­ idoralar­ va­ serti­
    fikat­lashtirish­ sohasidagi­ tekshiruv­ idoralarining­ faoliyati­ akkre­
    ditlovchi idora sifatida «O‘zstandart» agentligi tomonidan tekshi-
    riladi.
    Qonunda­ sertifikatlashtirishni­ o‘tkazish­ bilan­ bog‘liq­ bo‘lgan­
    kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha masalalar ham aks 
    ettirilgan.­Manfaatdor­tomon­sertifikatlashtirish­natijasiga­norozi­
    bo‘lganda «O‘zstandart» agentligining Apellatsiya kengashiga 
    murojaat qilish huquqiga ega. «O‘zstandart» agentligining 
    Ape­llatsiya­ kengashi­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idoralarning­ va­
    sinash laboratoriyalari (markazlari)ning qarorlariga shikoyatlarni 
    ham ko‘rib chiqadi.
    Qonunda­ tayyorlovchilarning­ majburiy­ sertifikatlashtirish­
    qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik, shuningdek, ser ti-
    fikat­lashtirish­ bo‘yicha­ idoralarning­ sertifikati­ asossiz­ beril­
    ganligi va so‘rovchining tijorat sirini oshkora qilganligi uchun 
    mas’ulligi­ ko‘zda­ tutilgan.­ Majburiy­ sertifikatlashtirilishi­
    lozim­bo‘lgan,­sertifikatlashtirilmagan­mahsulotni­xaridga­chi­
    qarganligi uchun aybdorlar o‘rnatilgan tartibda javobga rlikka 
    tortiladi.


    71

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish