• Standartlashtirishning asosiy vazifalari
  • Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf]
    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan 
    iborat:
    – mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarda 
    mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va 
    mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash 
    masalalarida iste’molchilar va davlatning manfaatlarini himoya 
    qilish;
    – mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-
    biriga monandligini ta’minlash;
    – fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va 
    xalq­ xo‘jaligining­ ehtiyojlariga­ muvofiq­ mahsulotlarning­ sifati­
    hamda raqobatbardoshligini oshirish;
    – resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning 
    texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
    ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni 
    amalga oshirish;
    – tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda 
    vaziyatlar yuzaga kelishi, xavf-xatarni hisobga olgan holda xalq 
    xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
    – iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
    nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot 
    bilan ta’minlash;
    – mudofaa qobiliyatini va mustahkamligini ta’minlash;
    – o‘lchashlar birligini ta’minlash;
    – ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan 
    mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.


    7
    Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
    – iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning 
    sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
    – davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun 
    tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy 
    hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab 
    chiqish va qo‘llash, shuningdek, hujjatlardan unumli foyda-
    lanishni nazorat qilish;
    – standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakat-
    larning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan 
    uyg‘unlashuvini ta’minlash;
    – bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elek-
    tromagnitli, axborot, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek, 
    mahsulotning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
    – parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruk-
    siyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan mo-
    dullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida 
    birxillashtirish;
    mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va 
    materiallar­ ko‘rsatkichlari­ va­ tavsiflarining­ kelishib­ olinishi­ va­
    bog‘lanishi;
    – material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chi qindi 
    chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash;
    – mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
    – metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgila-
    nishi;
    – standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni 
    keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standart-
    lashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
    – xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublika-
    sining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning 
    xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standart-


    8
    lari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash 
    tajribasini kengaytirish;
    – texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
    – mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foy-
    dalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni 
    tashkil qilish;
    –­ texnika­iqtisodiy­ axborotni­ tasniflash­ va­ kodlash­ tizimini­
    yaratish va joriy qilish;
    – sinovlarni me’yoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot 
    sifatini­sertifikatlashtirish,­baholash­va­nazorat­qilish.
    Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq 
    masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan 
    talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada 
    tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushu-
    niladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab 
    chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. 
    Standartlashtirishning muhim natijalari, odatda, mahsulot, 
    jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, 
    savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy 
    hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
    Odatda, standartlashtirish obyekti sifatida standartlashti-
    riladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
    «Standartlashtirish obyekti» tushunchasini keng ma’noda 
    ifodalash uchun «mahsulot», «jarayon», «xizmat» iboralari qabul 
    qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, 
    asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularning mosligiga, qonun-
    qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki 
    faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
    Standartlashtirish har qanday obyektning muayyan jihatlari 
    (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga 
    nisbatan yondashiladigan bo‘lsa, uning katta-kichikligi va 
    pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.


    9
    Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat 
    qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda 
    tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. 
    Standartlashtirishning boshqa obyektlari faoliyatining biriktirilgan 
    sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
    davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda 
    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
    Odatda, xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari 
    mavjud.
    Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning 
    tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
    Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida bir-
    gina­jug‘rofiy­yoki­iqtisodiy­mintaqaga­qarashli­mamla­katlarning­
    tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin 
    bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
    Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida 
    o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyati.
    Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga 
    daxldor­ qoidalar,­ umumiy­ qonun­qoidalar­ yoki­ tavsiflarni­ o‘zida­
    qamrab olgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
    «Me’yoriy hujjat» atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, 
    shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar 
    tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
    Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular, asosan, 
    quyidagilardan iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), 
    bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaro almashuvchanlik, 
    sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi muhitni asrash
    mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
    yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondashilgan standartlashtirish 
    borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa 
    maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.


    10
    Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi 
    deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, 
    jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
    Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan 
    talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasdan mahsulot, 
    jarayon yoki xizmatlarning birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi 
    deb tushuniladi.
    O‘zaro almashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsa-
    dida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa 
    bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
    Harxillikni boshqarish­ (unifikatsiyalash­ yoki­ birxillashtirish)­
    deb, muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng 
    maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini 
    tanlashga aytiladi.

    Download 0.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish