O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
1.2. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish 
davlat tizimi
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan 
iborat:
– atamalarni standartlashtirish;
– o‘lchovlarni, o‘lchash, sinov uskunalarini va ularni konst-
ruk siyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
– mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika 
rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
– standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexa-
nizmlarni yaratish;
– xarajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan 
texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;
– bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy 
konstruktorlik ishlarini, shu jumladan, ekologiya sohasidagi ish-
larni e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;


11
– yetakchi mutaxassislar boshchiligida o‘tkaziladigan semi-
narlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan 
foydalanish;
– sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni 
targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir 
yerga­ to‘plamoq,­ ular­ asosida­ ta’riflar­ yaratmoq­ va­ nihoyat,­ bu­
sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni 
rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘p-
lashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan huj jat larga 
murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, 
ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda 
joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 
«O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy­atamalar­va­ta’riflar»­standarti­yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi huj-
jatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metro-
logiya,­ sertifikatlashtirish­ instituti­ (SMSITI)­da­ yaratil­moqda.­
Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-
92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish 
davlat tizimi standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, 
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-
qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, 
xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va 
texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash 
vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.


12
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish 
obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy 
hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
– xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
– O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
– tarmoq standartlari;
– texnikaviy shartlar;
– korxona standartlari;
– xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standart-
lashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan 
qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli 
bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ulla-
nadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va 
iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart «GOST» – bu standartlashtirish, 
metrologiya­ va­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ davlatlararo­ kengash­
tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart  bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan 
milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng 
doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga 
korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning 
tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat 
doirasida standartlar yangidan yaratilishi hamda xalqaro, min-
taqaviy va davlatlararo standartlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lla-
nilishi ham mumkin.
Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, 
standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoida-
lar) ham mavjuddir.


13
Standart 
pog‘onalari
Davlatlararo 
standartlar
Uzluksiz 
ta’limning 
O‘zbekiston 
davlat 
standartlari
«O‘zstandart» 
agentligi, O‘zdav- 
arxitektqurqo‘m, 
Tab.muh. qil. 
dav. qo‘mitasi, 
Sog‘liqni saqlash 
vazirligi
«O‘zstandart» 
agentligi, 
Iqtisod 
tarmoqlari
«O‘zstandart» 
agentligi, 
hokimiyatlar, 
iqtisod 
tarmoqlari, 
korxonalar
O‘zbekiston 
davlat 
standartlari
Tarmoq 
standartlari
Jarayonlar 
standartlari
Mahsulot (xizmat) 
standartlari
Umumtexnikaviy 
standartlar
Tashkiliy- 
uslubiy 
standartlar
Asosiy 
standartlar
Nazorat usullari 
(sinov va 
o‘lchashlar, analiz 
qilish) standartlari
Korxonalar 
standartlari
Korxona va 
tashkilotlar
Hokimiyatlar
Rahbariy 
hujjatlar, 
tavsiyanomalar
Ma’muriy- 
hududiy 
standartlar
Yevrosiyo 
Davlatlararo 
kengash
Standart turlari
Tasdiqlanish 
darajasi
Vazirlar 
Mahkamasi
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi 
(O‘z RST)


14
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va 
xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning 
ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, 
tartibi va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH) – bu buyurtmachi bilan 
kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi yoki buyurtmachi tomo-
nidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan tex-
nikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Yo‘riqnoma (qoidalar) – instruksiya – bu ishlarni yoki ular-
ning ayrim bosqichlari mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy 
hujjatdir.

Download 0.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish