• II bob. STANDARTLASHTIRISHNING QONUNIY ASOSLARI VA NAZORAT QILISHNI TASHKILLASHTIRISH 2.1. O‘zbekistonda standartlashtirish sohasining
  • Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    ?
    NA
    ZORAT SAVOLLARI
    1. Standart deb nimaga aytiladi?
    2. Standartlashtirish deb nimaga aytiladi?
    3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari haqida nimani bilasiz?
    4. O‘zbekistonda standartlashtirishni qaysi milliy idora amalga 
    oshiradi?
    5. Umumtexnikaviy standartlar nima?
    6. Texnik shartlar qanday hujjat hisoblanadi?
    7. Rahbariy hujjatlar deganda nimani tushunasiz?


    17
    II bob. STANDARTLASHTIRISHNING 
    QONUNIY ASOSLARI VA NAZORAT QILISHNI 
    TASHKILLASHTIRISH
    2.1. O‘zbekistonda standartlashtirish sohasining 
    rivojlanish tarixi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993-yilning 
    28-dekabrida imzo langan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qo-
    nuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, 
    standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlar ning moliyaviy 
    ta’minoti va ularning hayotga tatbiq etilishi, standartlashtirish 
    bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqo riroq rivojlanish 
    bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
    «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun 5 bo‘limdan iborat 
    bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respub-
    likamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini 
    o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy 
    hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning 
    huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga 
    doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni 
    rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
    Qonunga­ muvofiq,­ standartlashtirish­ ishlarini­ o‘tkazishning­
    umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat bosh-
    qaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan 
    hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini «O‘zstandart» agent-
    ligi belgilaydi.
    Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning 
    umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat stan-


    18
    dart lashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga 
    muvofiq­ davlat­ boshqaruv­ organlari­ o‘z­ vakolatlari­ doirasida­
    standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir 
    yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr 
    etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni 
    tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga 
    doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish 
    qoidalari,­normalari,­texnik­iqtisodiy­axborot­klassifikatorlarini­
    ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O‘zstandart» tomonidan 
    belgilanadi.
    Qonunning II bo‘lim 6-moddasiga binoan standartlashtirishga 
    doir me’yoriy hujjatlar Vatanimiz hamda chet el fan va 
    texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan, O‘zbekiston 
    Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini 
    ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga 
    mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan 
    ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida 
    ko‘rsatilgan.
    Qonunda davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat 
    qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab 
    chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga 
    muvofiqlik­ belgisi­ bilan­ tamg‘alash­ huquqini­ olgan­ xo‘jalik­
    faoliyati subyektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlan-
    tirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
    masi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.

    Download 0.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish