• 2.2. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar
  • O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari
    Respublikamizda standartlashtirish ishlarining boshlanishi 
    1923-yilda Toshkent shahrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy 
    byurosining tashkil etilishi bilan belgilanadi.


    19
    1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ko-
    missariatining Ishchi-dehqon Inspeksiyasi qoshida Standart-
    lashtirish byurosi tashkil etildi.
    1933-yilda Standartlashtirish byurosi Butunittifoq standart-
    lash tirish komitetining O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar 
    ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga aylantiriladi. 1939-yilda 
    ushbu boshqarma O‘zbekiston Ministrlar Soveti qoshida tashkil 
    etiladi va uning tarkibida Standartlar va o‘lchov asboblari 
    davlat nazorati Respublika laboratoriyasi (O‘z RLGN) tuziladi 
    va keyinchalik bu laboratoriya Standartlashtirish va metrologiya 
    O‘zbekiston markaziga (O‘z SSM) aylantiriladi.
    1973-yilda O‘zbekiston Ministrlar Soveti qoshidagi o‘lchov va 
    o‘lchov asboblari boshqarmasi Gosstandart qoshidagi O‘zbekiston 
    Respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga (O‘zgosstandart) 
    aylantiriladi.
    1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    №93­ qaroriga­ asosan­ Vazirlar­ Mahkamasi­ qoshida­ O‘zbekiston­
    Respublikasi­Standartlashtirish,­metrologiya­va­sertifikatlashtirish­
    markazi (O‘zgosstandart) yangidan tashkil etiladi.
    2002-yilda esa O‘zgosstandart O‘zbekiston standartlashtirish, 
    metrologiya­ va­ sertifikatlashtirish­ agentligiga­ («O‘zstandart»­
    agentligi) aylantirildi.
    2.2. Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar
    Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil 
    etilishini,­ muvofiqlashtirilishini­ va­ ishlarning­ maqbul­ darajada­
    olib borilishini quyidagi idoralar ta’minlaydilar:
    – tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha – 
    «O‘zstandart» agentligi;
    qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruksiyalash 
    bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qu-
    rilish qo‘mitasi;


    20
    – tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof-
    muhitni­ ifloslanishdan­ va­ boshqa­ zararli­ ta’sirlardan­ muhofaza­
    qilish sohasi bo‘yicha – O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish 
    davlat qo‘mitasi;
    – tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika 
    buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab 
    chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar 
    miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi 
    Sog‘liqni saqlash vazirligi.
    O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni 
    vazirliklar, texnikaviy qo‘mitalar, korxonalar, birlashmalar va 
    boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida 
    tuzilgan yillik reja bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi amalga 
    oshiradi.
    Respublika standartlashtirish rejasiga, birinchi navbatda, 
    milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning 
    hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlikni, atrof-muhitni muhofaza 
    qilishni, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy 
    ijtimoiy-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga 
    oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish 
    kiritiladi.
    «O‘zstandart» agentligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi, Tabiat-
    ni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 
    (birik tirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib 
    chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘za-
    dilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
    Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga 
    o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’i nazar O‘zstandart 
    davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda stan-
    dartlashtirish­ bo‘yicha­ ishlarni­ tashkil­ qilish,­ muvofiqlashtirish­
    va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O‘zstandart, 


    21
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, 
    Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash 
    vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga 
    oshiradi.
    Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish 
    bo‘yicha­ishlarni­tashkil­qilish­va­ularni­muvofiqlashtirish­uchun­
    zaruriyat bo‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, 
    konsernlar va boshqa xo‘jalik tuzilmalarida bo‘linmalar (xiz-
    matlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori 
    ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda stan-
    dartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.

    Download 0.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanish sanalari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish