Standartlar ustidan davlat nazorati




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
2.3. Standartlar ustidan davlat nazorati 
organlari va obyektlari
Metrologiya va standartlashtirishga oid faoliyatni davlat 
tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ – 
«O‘zstandart» agentligi (keyinchalik «O‘zstandart» deb yuri-
tiladi) amalga oshiradi.
«O‘zstandart»ga respublika hududida quyidagi davlat metro-
logiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vazifasi ham 
yuklatilgan:


23
– o‘lchash vositalarini sinash;
– o‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish;
– yuridik va jismoniy shaxslarni o‘lchash vositalarini tay- 
yorlash, tekshiruvdan o‘tkazish, ta’mirlash, kalibrlash va sotish 
huquqini beradigan litsenziyalar bilan ta’minlash hamda akkre-
ditlash;
– o‘lchash vositalarining holati va yo‘nalishini, o‘lchashlarning 
bajarilish uslubiyatlarini tekshiruvdan o‘tkazish, metrologiya qoi-
dalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari 
quyidagilar hisoblanadi:
– etalonlar;
– o‘lchash vositalari;
– modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart 
namunalari;
– axborot o‘lchash tizimlari;
– o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;
– metrologiya me’yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan 
o‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini ko‘pgina sohalar-
da tatbiq etish mumkin. Bu sohalarga quyidagilar kiradi:
– sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza 
qilish;
– moddiy boyliklar va energetik resurslarni hisobga olish;
– savdo, tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini 
o‘tkazish;
– zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv 
moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib yuborish;
– davlat muhofazasini ta’minlash;
– mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini 
ta’minlash;
–­ sertifikatlanadigan­ mahsulotning­ xavfsizligini­ va­ sifatini­
aniqlash;


24
– geodezik va gidrometeorologik ishlar;
– o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, ka-
librlashdan, ta’mirlashdan va metrologik attestatlashdan o‘t-
kazish;
– foydali qazilmalarni qazib olish;
– milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish.
Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqari- 
lishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan 
o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan yoki metrologik attestat-
lashdan o‘tishi lozim.
Standartlashtirish sohasi bo‘yicha ham davlat nazorati ish olib 
bormoqda. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, mahkamalar va kor-
xonalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar ta-
lablariga qat’iy amal qilinishini, yangi standartlarni tatbiq etishni 
ta’minlash va nazorat etish hisoblanadi.
Davlat nazoratining yana bir muhim yo‘nalishi – turli standart 
toifalarini davlat qaydnomasidan o‘tkazishdan oldin ekspertiza 
qilishdir.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash 
vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tas-
diqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish «O‘zstandart» tomonidan 
amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala – davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish 
to‘g‘risida ham bayon etilgan. Metrologiya haqidagi qonunda ay-
tilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foy-
dalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat reyestri belgisi 
qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati 
va ularni vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkazib turish har doim 
e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va 


25
o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati «O‘zstandart» tomoni-
dan tasdiqlanadi.
«O‘zstandart» agentligi standartlashtirish bo‘yicha milliy 
idora hisoblanadi.
«O‘zstandart» tarkibida bir necha bo‘limlar, sektor, labo-
ratoriya, guruhlar, har bir viloyat boshqarma va markazlari, 
ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy Etalonlar Markazi mujas-
samlashgan.
«O‘zstandart» agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni 
o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga 
standartlar­ va­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ davlat­
nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va 
attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi.
Standartlar­ va­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ davlat­
nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil 
sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida 
o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
«O‘zstandart» agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib, 
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, ser-
tifikatlashtirish­ va­ mahsulot­ sifatini­ boshqarish­ sohalaridagi­
tadqiqot va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash instituti – hozirda Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish­ilmiy­tadqiqot­instituti­tayinlangan.
Sertifikatlashtirish­ milliy­ idorasi­ quyidagi­ asosiy­ yo‘nalishlar­
bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:
–­ respublikada­ sertifikatlashtirishni­ qo‘llash­ va­ takomil­
lashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chi-
qaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni 
o‘rnatish;
–­ sertifikatlashtirish­masalalari­bo‘yicha­boshqa­mamlakat­va­
xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda 


26
aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida 
O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;
–­ sertifikatlashtirishda­ yagona­ qoida­ va­ ish­ tartiblarini­
belgilash,­ bularga­ rioya­ qilishning­ nazorati,­ sertifikatlashtirish­
natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.
Vazirlar Mahkamasining qarorini bajarish yo‘lida «O‘z-
standart» o‘zining viloyat boshqarmalarini (SMSHM) tuzib, 
ularning­ishlariga­har­taraflama­ko‘mak­ko‘rsatmoqda.­Respubli­
kadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari jadallik 
bilan amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi, Buxoro, 
Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, 
hozirda ular turli sinov amallarini o‘tkazmoqdalar.
«O‘zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi ak kre-
ditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha o‘nlab 
muayyan­turdagi­mahsulotlarga­muvofiqlik­sertifikati­berildi.
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga 
chiqariladigan mollar (mahsulotlar)ning xavfsizligini tasdiqlash 
bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan 
kelishilgan holda «O‘zstandart» tomonidan tayyorlangan alohida 
hujjat bo‘yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va 
Xitoy­ davlatlari­ bilan­ standartlashtirish,­ sertifikatlashtirish­ va­
metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. 
Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari 
Toshkentda bo‘lib, «O‘zstandart» tomonidan uyushtirilgan 
respublika­ seminarlarida­ sertifikatlashtirish­ sohasida­ ma’ruzalar­
bilan qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi 
qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, ser-
tifikatlashtirish­ va­ metrologiya­ sohalarida­ yaqin­ hamkorlik­ qil­
moqda.


27

Download 0.94 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish