Sh. Mirziyoyev birinchi prezidentimiz I. A




Download 33.47 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi33.47 Kb.
#33785
Bog'liq
KIRISH kon
assdds
KIRISH

Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni ko’payishi, undan tashqari ona zaminimiz bag’rida yotgan resurslarimizni isrof qilmasdan o’zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali foydalansak, o’ylaymanki yaqin kelajakda Respublikamiz taraqqiyoti mustahkam poydevor va asosga ega bo’lgan davlatga aylanadi.
SH. MIRZIYOYEV

Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxrlanadi – bu yerda mashxur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Xozirga qadar 2.7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb qilingan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.


Ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiy hayotida sanoatning ham o’ziga hos muhum o’rni bor. Chunki u mamlakat iqtisodiy industrial sektorining yetakchi bo’g’ini, moddiy ishlab chiqarishning asosiy sohalaridn biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida sanoat ham ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo’lida rivojlanadi. Bu jabhada ham olib borilayotgan islihotlar natijasida sanoat tarmoqlarida xilma-xil mulkchilik va xo’jalik yuritishning bozor usullari qaror topdi. Natijada, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror o’sishida bu islohotlarning samarasi benihoyat katta bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari MDX dagi boshqa mamlakatlardagidan o’zining juda katta zaxiralari bilangina emas, balki bir qator hususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Bir qator foydali qazilmalar, oltin, uran, kumush, mis, volfram, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jixatidan MDX dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi.
Masalan, oltin zaxiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11-o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi. Xozirga qadar 2.7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Ular 100 ga yaqin mineral homashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig’I ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib , ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy mineral xomashyo potensiali 3.3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baxolanayotganini ham aytib o’tish kerak.
Har yili respublika konlarid taxminan 5.5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6.0-7.0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo’shilmoqda.
Ko’pchilik mineral xomashyoning tayyorlangan zaxiralari mavjud tog’-kon sanoati komplekslarining uzoq muddat davomida ishlab turishini ta’minlabgina qolmay shu bilan birga bir qator strategik foydali qazilmalarni qazib olish quvvatlarini oshirishga ham imkon beradi.
Hozirning o’zidayoq O’zbekiston iqtisodiyotida mineral xomashyoning qazib olish va qayta ishlash yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda.
U sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Qidirib topilgan zaxiralar negizida 400ga yaqin kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari ishlab turibdi.
Tabiiy va mineral xomashyo zaxiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor. Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog’-kon muttaxassislari tayyorlaydigan oily va o’rta maxsus o’quv yurtlari tizimi mavjud.
O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan. Hozirgi Angren, Oxongaron, Olmaliq shaxarlarining va Oxongaron daryosining atrofidagi konlar (Lashkerak, Naugarzan, Qizilolma, Ko’chbuloq, Olmaliq) dan kumush, mis, rux, oltin qadim davrlardan boshlab qazib olingan.
Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining o’zida Markaziy qizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zaxiralari bo’yicha respublikani dunyoda 4-o’ringa olib chiqadi. Manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra foydali qazilmalarning qazib olishning boshlanishi 5-6 asrlarga to’g’ri keladi.
Qizig’i shundaki, qadimgi ajdodlarimiz sifatli ruda qazib olishgan. Masalan, 1 tonna ma’dandan 100-14500 grammgacha kumush olingan. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar sirasiga kiradi. U Yevrosiyo qit’asidagi ruda tarkibidagi oltin yuqori darajada bo’lgan eng yirik kondir. Konchilik sanoati xalq xo’jaligining eng muxum soxalaridan biridir.
U mamlakatni yoqilg’I, har xil ruda, kimyo sanoati uchun xomashyo, qurulish materiallari, mineral o’g’itlar va boshqa zarur bo’lgan narsalar bilan ta’minlaydi.
Foydali qazilmalarni qazib olish yil sayin qiyinlashib bormoqda. Bunin asosiy sabablari konlardagi qazish ishlarini tobora chuqur yer ostida olib borishga to’g’ri kelishidir.
Natijada qazish tannarxi ham qimmatlashib bormoqda. Hozirgi kunga kelib mavjud konlarning chuqurligi 200-500m, ba’zilari 1000-1200 m ga ham yetib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasida konchilik sanoati, konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy korinishlaridan biri bo’lib, hayot darajasi va sivilizatsiyasining o’sishini ta’minlaydi.
Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’I sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib olish, qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yer osti inshootlarini barpo etish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Konchilik sanoati konchilik ishlari tarkibida tashkil qiluvchi bo’g’in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlatrini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamalakat xalq xo’jaligiga yoqilg’I ( ko’mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xomashyolari, qurulish materiallari va boshqa materialllarni yetkazib beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan xomashyo va minerallarning dunyo miqyosida qazib olish, ekspertlar hisobi bo’yicha 160-180 milliard tonna kon massasini tashkil qiladi. Xozirgi kunga kelib har yili yer ostidan 8 mlrd tonna yoqilg’I, 570 mln. Tonna qora metal rudasi, 170 mln.tonna rangli metal rudasi, 620mln. tonna industrial xomashyo qazib olinmoqda.
Biroq, zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atiga 3-5% dagina foydalanishni taminlamoqda. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustaxkamlanishida katta axamiyatga egadir.
Download 33.47 Kb.




Download 33.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. Mirziyoyev birinchi prezidentimiz I. A

Download 33.47 Kb.