Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/104
Sana11.03.2022
Hajmi0.8 Mb.
#18524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika
kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
maqsadlar alohida
ko‘zga tashlanadi:
1) tilning kommunikativ — aloqa, muloqot vositasi ekanligidan kelib
chiquvchi maqsad: talabalarda o‘zbek tilida muloqot malakasi, ya’ni
o‘zbekcha og‘zaki nutq, o‘qish, yozuv ko‘nikmalari hosil qilinadi. Nutqiy
faoliyatning asosiy to‘rt turi: gapirish, nutqni tinglab tushunish, o‘qish va
yozish malakalari egallanadi. O‘qishda, mehnat jarayonida, oilada, jamoat
joylarida turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqot qilish, fikr almashish,
eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish
orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish, ixtisoslik
leksikasini o‘zlashtirish, o‘z kasbi doirasida davlat tilida ish yurita olish
malakalarini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi;
2) umumta’limiy maqsad: o‘zbek tili o‘quv fanining davlat ta’lim
standarti va o‘quv dasturida nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til
materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy
ko‘nikma va malakalar belgilanadi. Bunda o‘rganilayotgan so‘z va so‘z
shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, ixtisoslikka oid terminologiya
va leksikani grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantira bilish, jumla tuzishda
va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalana
olish, o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy-idoraviy nutq uslubini puxta egallash
talab etiladi;
3) tarbiyaviy maqsad: o‘zbek tili materiallari orqali talabalarda xalqlar
do‘stligi, axloqiy va estetik tarbiya, mehnatga munosabatni tarbiyalash amalga
oshiriladi. Milliy ma’naviyatni egallash o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy
qadriyatlarini, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan qimmatli adabiy-
badiiy meros bilan yaqindan tanishish, uni o‘qib-o‘rganish, milliy an’analar,
bayramlar, urf-odatlar asosida shakllangan milliy madaniyat. Shuningdek,
umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga insonparvarlik nuqtayi nazaridan
yondashishni taqozo etadi. O‘zbek xalqining ixcham va go‘zal namunalari,
xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy
madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini
o‘rganish ham ko‘zda tutiladi;
4) rivojlantiruvchi maqsad: bunda talabaning til faktlarini tahlil qila
olishi, umumlashtirishi, mustaqil xulosa chiqara olishi, qo‘shimcha
adabiyotlardan foydalana bilishi, lug‘at va qo‘llanmalar bilan mustaqil ishlay
olishi, darsdan tashqari ishlarga mustaqil tayyorlanishi kabi malakalarga
erishishlari ko‘zda tutiladi.

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish