Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi




Download 46,21 Kb.
bet6/7
Sana27.08.2024
Hajmi46,21 Kb.
#269931
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mobil texnologiyalari DASTURI 2024 (1-kurs Mat va Amal mat)

Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
1. Joriy nazorat. Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, uning topshiriqlarini to‘liq sifatli bajargan talabaga 18-20 ball (besh) qo‘yiladi, o‘rtacha bajargan talabaga 14-17 ball (to‘rt), agar qoniqarli bajarish darajasiga qarab 12-13 ball (uch) qo‘yiladi, qoniqarsiz bajarilsa 2(ikki) baho qo‘yiladi.
Semestr davomida joriy nazorat 2 ta dedlaynga (10/10 ball) boʻlib o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
2. Oraliq nazorat. Oraliq baholashlar yozma nazorat ishi, og‘zaki yoki mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish shaklida topshirish talab etiladi. Agar oraliq nazorat yozma shaklda bo'lsa:
– barcha savollarning mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa javoblari to‘liq va aniq ijodiy fikrlari bo`lsa, 27-30 ball;
– savollarning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to‘g‘ri bayon etilgan bo‘lsa, 21-26 ball;
– savollarga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklar bo‘lsa, 18-20 ball;
– savollarga javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa, 17 balldan past ball qo‘yiladi.
Semestr davomida oraliq nazorat 2 ta didlaynga (16/14 ball) boʻlib o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
3.Yakuniy nazorat. Yakuniy baholashda talaba 5 ta savolga yozma (amaliy) yoki 50 ta test savoliga javob berishi lozim (YaN semestr yakunida o‘tkaziladi):
– agar barcha savollarning mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa, mavzu bo‘yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo‘lsa, 45-50 (a'lo) ball;
– 4 ta (yoki 3 ta) savolning mohiyati qisman ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa, 35-44 (yaxshi) ball;
– 3 ta (yoki 2 ta) savolga to`g`ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo‘lsa, 30-34 (qoniqarli) ball;
– berilgan savollarga javoblar umumiy bo‘lib, barchasida jiddiy kamchiliklar bo‘lsa, 30 (qoniqarsiz) balladan past qo‘yiladi.
Semestr davomida faqat 1 marta yakuniy nazorat o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Yakuniy nazoratning qayta topshirilishi nazarda tutilmagan.
Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan jami 100 ball to‘plashi mumkin. Kredit modul tizimi bo’yicha semestr davomida talaba shu fan nazoratlarining minimal 60%dan kam to’plasa, ya’ni JN - 12 balldan, ON – 18 balldan, YaN – 30 balldan kam to’plasa talaba kreditga qoladi. Kreditga qolgan talaba dekanat tomonidan belgilab bergan kunlarda grafik asosida fanni qayta o’qiydi va yana YaN bo’yicha imtixon topshiradi.


Download 46,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 46,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi

Download 46,21 Kb.