|
Shahrisabz davlat
|
bet | 12/13 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 98,94 Kb. | | #117457 |
Bog'liq Kompleks sonlar nazariyasi-fayllar.orgBu yerda A-a xossaga ega bo’lgan, B-b xossaga ega bo’lgan elementlar to’plami.
Ikki to’plam elementlari orasidagi moslik.
1. Ta’rif. X*Y dekart ko’paytmaning istalgan Gf qism to’plami X va Y to’plamlar orasidagi moslik deyiladi.
Moslik lotin alifbosining f, g, t, s kabi harflari bilan belgilanadi.
Sizga ma’lum bo’lgan funkts*iyalarning hammasi moslik tushunchasiga misol bo’la oladi.
X to’plam moslikning birinchi to’plami deyiladi. X to’plamning moslikda ishtirok etuvchi elementlari to’plami moslikning aniqlanish sohasi deyiladi.
Y to’plam moslikning ikkinchi to’plami deyiladi. Y to’plamning moslikda katnashgan elementlari to’plami moslikning qiymatlar to’plami deyiladi.
GfÌX*Y to’plam moslikning grafigi deyiladi. 2 to’plam orasidagi moslikni nuqtalar va yunalishli kesmalar (strelkalar) yordamida tasvirlovchi rasmlar moslikning grafi deyiladi. Masalan:
X={a, b, c, d, e}
Y={m, n, p, q}
Gf={(a,n), (b,p), (c,n), (c,q), (d,p)}.
Aniqlanish sohasi ={a, b, c, d}
qiymatlar to’plami ={n, p, q}.
1-Ta’rif: Agar f moslikning aniqlanish sohasi birinchi to’plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik hamma yerda aniqlangan deyiladi.
2-Ta’rif: Agar f-moslikning qiymatlar to’plami ikkinchi to’plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik syur’ektiv deyiladi.
3-Ta’rif: Agar f moslikda birinchi to’plamning har bir elementiga ikkinchi to’plamning bittadan ortiq bo’lmagan elementi mos kelsa, f moslik funkts*ional deyiladi.
4-Ta’rif: Agar f moslikda ikkinchi to’plamning har bir elementiga birinchi to’plamning 1 tadan ortiq bo’lmagan elementi mos qo’yilgan bo’lsa, f moslik in’ektiv deyiladi.
5-Ta’rif: Syur’ektiv va in’ektiv moslik bir so’z bilan biektiv deyiladi.
6-Ta’rif: Hamma yerda aniqlangan funkts*ional moslik akslantirish deyiladi.
7-Ta’rif: X va Y to’plamlar orasidagi f moslik biektiv akslantirish bo’lsa, X va Y to’plamlar orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatilgan deyiladi.
8-Ta’rif: X va Y to’plamlar orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatilgan bo’lsa, bu to’plamlar teng quvvatli deyiladi.
9-Ta’rif: Barcha natural sonlar sonlar to’plami Nga teng quvvatli to’plamlar sanoqli to’plam deyiladi.
Binar munosabatlar va ularning xossalari.
Ta’rif. X*X ning istalgan G qism to’plami binar munosabat deyiladi. Binar munosabatlar P, Q, R va boshka lotin harflari bilan belgilanadi.
Matematikada binar munosabatlar «=», «<», «>», «¹», «ôú», «^» kabi belgilar orqali beriladi.
Masalan: C={3, 4, 5, 6, 7, 8, 9} to’plam elementlari orasidagi munosabat R: «x>y» berilgan. U quyidagi juftliklar to’plami orqali ifoda qilinadi.
G={(4;3), (5;3), (5;4), (6;3), (6;4), (6;5), (7;3), (7;4), (7;5), (7;6), (9;3), (9;4), (9;5), (9;6), (9;7)}.
Ta’rif: Agar X to’plamning har bir elementii o’z-o’zi bilan R munosabatda bo’lsa (ya’ni, xRx bajarilsa), u holda R munosabat X to’plamda refleksiv deyiladi.
Masalan, «=», «½ê», « » munosabatlar refleksivdir.
Ta’rif: Agar X to’plamning birorta ham elementi uchun xRx bajarilmasa, u holda R munosabat X to’plamda antirefleksiv deyiladi.
Masalan, «<», «>», «^» munosabatlar antirefleksivdir.
Ta’rif: Agar X to’plamda R munosabat berilgan bo’lib, xRy va yRx shartlar bir vaqtda bajarilsa, R-simmetrik munosabat deyiladi.
Masalan, «||», «^», «=» munosabatlar simmetrik munosabatlardir.
Ta’rif: Agar X to’plamda R munosabat uchun xRy va yRx ekanligidan x=y ekanligi kelib chiqsa, R antisimmetrik munosabat deyiladi.
Masalan, «x soni u soniga karrali» munosabati antisimmetrikdir.
Ta’rif: Agar X to’plamda berilgan R munosabat uchun xRy va uRz ekanligidan xRz bajarilishi kelib chiqsa, u holda R munosabat tranzitiv deyiladi.
Masalan, «=», « », «<» kabi munosabatlar tranzitivdir.
Ta’rif: Har qanday R munosabat refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo’lsa, u holda R ekvivalentlik munosabati deyiladi.
Masalan, «||», «=», «@» kabi munosabatlar ekvivalentlik munosabati bo’ladi. Ekvivalentlik munosabati to’plamni sinflarga ajratadi.
Ta’rif: Agar R munosabat antisimmetrik va tranzitiv bo’lsa, u holda R tartib munosabati deyiladi.
Masalan, «<», «>», «£», «³» lar tartib munosabati bo’ladi.
Ta’rif: Agar X va Y to’plam elementlari orasidagi R munosabatda X to’plamning har bir elementiga Y to’plamning bittadan ortiq bo’lmagan elementi mos kelsa, u holda R funkts*ional munosabat yoki funkts*iya deyiladi. (Misollar maktabdan olinadi).
Ta’rif: Agar R munosabat funkts*ional bo’lsa, u holda uning aniqlanish sohasi funkts*iyaning aniqlanish sohasi deyiladi. qiymatlar sohasi esa, funkts*iyaning qiymatlar sohasi deyiladi.
Ta’rif: Agar X va Y to’plamlar elementlari orasidagi R munosabatda Xning har bir elementiga Yning faqat bitta elementi mos kelsa, u holda R munosabat Xni Yga syur’ektiv akslantirish deyiladi.
Ta’rif: Agar akslantirishning qiymatlar sohasi Y to’plam bilan teng bo’lsa, akslantirish in’ektiv deyiladi.
XULOSA
Biz ko’p yillik ilmiy-tadqiqot ishimiz natijalarini inobatga olgan holda xalqning yoshlarga aqliy tarbiya berish an’analari bo’yicha quyidagi xulosalarga keldik:
Xalq pedagogikasida aql insonni shaxs sifatida belgilab beruvchi asosiy mezon ekanligi, insondagi aql-bilimga muqaddas hodisa sifatida hurmat bilan munosabatda bo’lishga, aql har bir insonda uning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq ekanligiga e’tibor qaratilgan. Xalq yoshlarni aqliy jihatdan shakllantirmay turib uni tabiatga mos yashashga va undagi ba’zi bir muammolarni yechishga o’rgatish mumkin emasligiga, aql-bilimning ijodiy faoliyatga alohida e’tibor berish zarurligiga urg’u bergan. Shu bois xalqimiz doimo insoniyat tarixi davomida yoshlarni bilim, ilm o’rganishga undab kelgan.
Xalq pedagogikasida atrof-olamni bilish jarayoni odamdagi sezgi a’zolari bergan ma’lumotlar asosida amalga oshadi, inson dunyoni bilishga, uning sirli hodisalarini yechishga moyil. Dunyoni bilishga intilish insonning tabiatiga xos hodisa, inson uchun dunyo hodisalari noma’lumligicha qolishi mumkin emas, deb hisoblagan. Xalq pedagogikasi olamni bilish sezgi, his-tuyg’u (empirizm) va aqlning (ratsionalizm), shuningdek, hayotiy tajribalarining (sensualizm) ishtirokida amalga oshishini, bu uchta omilning mujassamlashgan harakati oqibatida insondagi bilish jarayoni yuz beradi, degan amaliy xulosaga kelgan.
Xalq pedagogikasida yoshlarga aqliy tarbiya berishda arifmetik bilim va hayotiy hisob- kitobga o’rgatishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu bilimlar yoshlarning aqliy tushunchalarini rivojlantirib, mantiqiy va abstrakt fikr yuritish qobiliyatlarini takomillashtirish vositasi bo’lgan. Xalq pedagogikasida sanashga o’rgatish tizimidagi izchillik hodisalari, yoshlarning sabab-oqibat a’loqadorligini to’g’ri tushunishini shakllantirib, miqdor va sifat munosabatlarini anglashga, tabiatdagi barcha harakat ma’lum qonun-qoidaga bo’ysinishi, yoshlar o’zlarining aqliy faoliyatini shu qonuniyat asosida yuritishi zarurligi uqtirilgan.
Odamlarning turmush tarziga bog’liq ishlab chiqarish amaliyoti ularning aqliy ongining rivojlanishiga doim ta’sir ko’rsatgan. Xalqning o’simliklar dunyosi botanika, chorvachilik – veterinariya, ob-havo - gidrometeorologiya, hisob-kitob matematika, munajjimlik-astronomiya haqidagi tushunchalari hozirgi rivojlangan soha fanlarining dastlabki ko’rinishlari bo’lgan.
Qadimda ota-bobolarimiz tabiat bilan kurashish uchun o’zlariga qancha darajada tajriba, bilim, malaka kerak bo’lsa ularni shuncha darajada egallashga erishgan. Ajdodlarimiz to’plagan bu bilimlar hozirgi davrda hayotiy-amaliy ishlarda qo’llashga hali ham yordam beradi. Bundan tashqari xalqning aqliy tarbiya berish an’analari shu kungi yoshlarni barkamol avlod sifatida amaliyotda voyaga yetkazib, o’zligini anglashga, shuningdek, ma’naviy jihatdan shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Kurs ishimni ikki bobga bo’lib o’rgandim va ularni paragrafga bo’lib, mavzuni shu paragraflar bo’yicha yoritdim. Har bir paragraf va mavzular yoritilishi bilan birgalikda misollar keltirildi.
Son tushunchasi, sonli to’plamlar va tengsizliklarni yechish maktab matematika kursida va o’rta maxsus kasb – hunar ta’limi algebra kursida, hech so’zsiz, asosiy masalalar hisoblanadi. Son tushunchasi va sonli to’plamlar eng sodda natural sonlardan boshlab haqiqiy sonlar to’plamigacha son o’qida ko’rib chiqildi. Daslab sonli tengsizliklardan boshlab tengsizliklar sistemasigacha va ularning xossalari ham oraliqlar usulida yordamida hal qilindi. Bundan tashqari kasrlar, sonning moduli va trigonometriyada nuqtani koordinatalar boshi atrofida burish kabi masalalar o’rganildi.
Maktab geometriya kursida vektorlar va ular ustida amalalar, vektorlar skalyar ko’paytmasi kabi masalalar ijobiy hal qilindi. Analitik geometriyada esa affin koordinatalar sistemasi, sferik koordinatalar sistemasi, silindrik koordinatalar sistemasi, dekart koordinatalar sistemasi va qutb koordinatalar sistemasi haqida tushunchalar berildi, ulardagi almashirishlar asosiy formulalar keltirib o’tildi. Qutb koordinata sistemasidagi tenglamalar va parabola, ellips, giperbolaning ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari keltirildi.
Matematikaning ichki qonuniyatlari asosida masala va misollar yechib, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari, mavjud bilimlarni tatbiq etish faoliyati matematika o’qitish jarayonida izchillik, ilmiylik kabi didaktik tamoyillardan o’rinli foydalanib, ularning tadqiqiy faoliyati metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilindi va matematika o’qitishdagi barcha ko’rinishlar, metodlar, vositalar umumta’lim maktablari o’quvchilari va o’rta maxsus kasb – hunar ta’limi talabalari ko’nikmalarinishakllantirishga qaratildi.Pirovardda,ularning tadqiqiyko’nikmalarini shakllantirishga erishdik.
Umuman olganda, ushbu mavzu menda katta tassurot qoldirdi. Shuning uchun qolgan talabalarga ham bu mavzuni o’rganib chiqishni va shu sohada ilmiy izlanishlar olib borishlarini maqsadga muvofiq deb o’ylayman.
|
| |