Sharof Rashidov (1917-1983) hayoti va ijodi




Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.03.2024
Hajmi2.08 Mb.
#173638
  1   2
Bog'liq
0017 17 mavzu Sharof Rashidov
4-topshiriq, Ergasheva Gulbahor 202-g, Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalarida foydalanish Bos


Mavzu:Sharof Rashidov
hayoti va ijodi
(1917-1983)
Adabiyot
O‘qituvchi: Abdukadirova M.M.


Sharof Rashidov. Taniqli adib, yirik davlat
arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 
6-noyabrida Jizzaxda dehqon
oilasida tavallud topdi. O‘rta maktabda
dastlabki ma’lumotni olgach, 1934-yilda 
Jizzax pedagogika texnikumida o‘qidi. 
1941-yilda Samarqand davlat universitetini
tugatganidan so‘ng, mehnat faoliyatini
muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–
1941-yillarda Samarqand viloyati gazetasida
ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon
urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 
1944–1947 yillarda Samarqand viloyati
miqyosida rahbarlik lavozimlarida
faoliyat ko‘rsatadi.



• 1947–1949 yillarda hozirgi “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga
muharrirlik qildi. 1949–1950 yillarda O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950–1959 yillarda O‘zbekiston
Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959–1983 yillarda
O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida
xizmat qildi.
• Sharof Rashidov o‘tgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod
bilan shug‘ullanib, dastlab she’riyatda qalam tebratdi. Uning
birinchi she’riy to‘plami “Samarqand kuylari” nomi bilan
bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she’rlari
1945- yilda “Qahrim” to‘plamida chop etildi. U ayni chog‘da
adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.


Adib “G‘oliblar” (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda
roman shaklida nashr ettirdi. “Bo‘rondan kuchli” romani
1958 yilda, “Qudratli to‘lqin” romani esa 1964 yilda
dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan
keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy
ifodasini topgan. Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i” (1957), 
“Komde va Mo‘dan” (1959) kabi lirik qissalari va
“Koinot” (1957) kinoqissasi an’anaviy Sharq
dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, 
go‘zal hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan






Adib hayotining
so‘nggi yillarida
yaratilgan “Dil amri” 
qissasi urush yillarida
belorus tuprog‘ida jang
qilgan o‘zbek
jangchilarining hayoti
tasviriga bag‘ishlangan.




Download 2.08 Mb.
  1   2




Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof Rashidov (1917-1983) hayoti va ijodi

Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish