Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshaqarish fakulteti 402-guruh




Download 0.71 Mb.
Sana17.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#51967
Bog'liq
Serbiya
O\'zbekistondagi islohotlar2, 397073, Mustaqil ish-1 Mavzu To\'lqin o\'tkazgichlar(volnovodlar) fizika-fayllar.org, Telegram@pdfimage bot (1), 1378766622 (3), Fanidan tayyorlagan, Umarxodjaeva m. G., Alladustov r. D., Ziyaeva d. «Korporativ ris-fayllar.org, Organik kimyo 2

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshaqarish fakulteti 402-guruh

MAVZU:SERBIYA


BAJARDI: HOTAMOV ULUG’BEK
TEKSHIRDI: DJALALOVA

Serbiya (serbcha: Србија, Srbija), rasman Serbiya Respublikasi (serbcha: Република Србија, Republika Srbija) Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropada, Oʻrta-Dunay platosi va Bolqon yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Poytaxti — Belgrad shahri. BMT aʼzosi. Aholisi 7,224 mln (2012).

Tuzumi: parlamentli respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 3 ta hududiy statistik birlikdan iborat. Mamlakat hududi 29 ta okrug va Belgrad shahri okrugiga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Belgrad, Novi Sad, Prishtina, Nish. Pul birligi: serb dinori.

Iqtisodi. Iqtisodiyotining ustun jihatlari: 1. 2000-2001 yillarda chet eldan moliyaviy yordam olish va sarmoyalar kiritila boshlandi. 2. Dunay daryosi katta savdo-iqtisodiy imkoniyatlar beradi.


Salbiy jihatlar:
  • BMT sanksiyasi va 1999 yilgi NATO hujumining ogʻir oqibatlari hali-hanuz saqlanib qolgan.
  • 2. Valyuta zaxirasining kamligi va tajribali mutaxassislarning yetishmasligi ham iqtisodiy taraqqiyotga qarshilik koʻrsatadi.

Mamlakat iqtisodiyoti oʻtish bosqichida. Garchi bozor sektori yetakchiga aylangan boʻlsa-da, iqtisodiyotdagi asosiy hissa davlat sektoriga tegishli. Iqtisodiyot ishlab chiqarish va eksportga tayanadi, tashqi sarmoyadorlarga qattiq bogʻlangan. Oʻtgan asrning 80-90 yillarida iqtisodiy vaziyat anchagina yaxshi edi. Yugoslaviyaning parchalanishi, ichki muammolar, turli sanksiyalar va NATO hujumi iqtisodiyot darajasini 1945-yillardagi holatga tushirib yubordi. Xususiylashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida islohotlar boshlangan boʻlsa-da, elektr energiyasi ishlab chiqarish, telekommunikatsiya, gaz taʼminoti kabi sohalar davlat boshqaruvida. Bir qator islohotlar jahon moliyaviy inqirozi tufayli boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Biroq Serbiya bu asoratlardan asta-sekin qutulib boryapti. Iqtisodiy oʻsish 2009 yili 3,5 foizga orqaga ketgan boʻlsa, 2010 yili 1 foizga, 2011 yili esa 2 foizga yuqorilashga erishildi. 2010 yili hukumat kelgusi oʻn yil ichida eksport hajmini toʻrt baravar koʻtarish, soha rivojiga mablagʻlar ajratish boʻyicha reja ishlab chiqdi
Mamlakat rivojida sayyohlik xizmati sohasi ham alohida ahamiyatga ega. Xalqaro sanksiyalar va harbiy harakatlarga qaramasdan Serbiyada sayyohlik sohasi muntazam rivojlandi. 1990-2000 yillarda oʻlkaga keluvchilar soni 50 foizga, bu sohadan olinadigan daromad 80 foizga oshdi. 2000 yildan soʻng esa soha yangi rivojlanish bosqichiga oʻtdi.
Aholisi. Tugʻilish darajasi juda past, mamlakat bu borada dunyo boʻyicha oxirgi oʻrinlarda turadi. Kosovo va Metoxiyani hisobga olmaganda, mamlakat aholisining asosiy qismi – 83 foizi serblardan iborat. Keyingi oʻrinda vengrlar (mojorlar) turadi – ular umumiy aholining 3,9 foizini va Voyevodina muxtor oʻlkasi aholisining 14,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, Serbiya tuproqlarida bosniyaliklar, siganlar, albanlar, bolgarlar, chernogorlar, makedonlar, slovaklar, rusinlar, vlaxlar va ruminlar ham yashaydi. Oʻlkaga kelib oʻrnashgan xitoyliklar ham anchagina.
Davlat tili – serb tili. Konstitutsiyaga muvofiq, Voyevodina muxtor oʻlkasida vengr, slovak, xorvat, rumin, ukrain va rusin tillari, Kosovo va Metoxiyada serb va alban tillari ham ishlatiladi.




Dini. Konstitutsiya va qonunlarda eʼtiqod erkinligi ifodalangan. 2002 yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga qaraganda, aholining koʻpchilik qismi – 85 foizi provaslav. Shuningdek, nasroniylikning katolik (5,5 foizi) va protestant (1,1 foiz) yoʻnalishlariga eʼtiqod qiluvchilar ham bor.
Islom Serbiyada eʼtiqod qiluvchilari soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. Mamlakat musulmonlari asosan sunniylardan iborat. 2002 yilgi maʼlumotlarga koʻra, oʻlkada 240 mingdan ortiq musulmon yashaydi. Bu umumiy aholining 3,2 foizi demakdir. Musulmonlarning asosiy qismi Kosovoda yashaydi. Biroq hududdagi notinch vaziyat sabab ularning aniq soni haqida maʼlumot yoʻq. Musulmonlarning koʻpchiligi bosniyalik (boshnoq) va alban millatiga mansub.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.71 Mb.




Download 0.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshaqarish fakulteti 402-guruh

Download 0.71 Mb.