– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at)




Download 2.74 Mb.
bet2/24
Sana01.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#92475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ЭЛЁР. Самарканд Avtoreferat 26.05.2023
geog, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari (P.Sultonov)
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at)


Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
AVTOREFERATI
Samaqand – 2023

KIRISH (Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarning estetik-motivatsion tafakkurini rivojlantirish ijodkorlik va kreativlikni tamokillashtirish vositasi sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, tasviriy va amaliy san’at sohasida mutaxassislarning dizayn fikrlashini shakllantirish, rangshunoslikni o‘rgatishning didaktik ta’minotini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tasviriy va amaliy san’at darslarida rangshunoslikka oid bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish, ijodiy, improvizatsion va xalq an’analari orqali mustaqil o‘quv-ijodiy faoliyatni va jamoaviy ish shakllarini uyg‘unlashtirish, zamonaviy ta’lim, kreativ-didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish muhim vazifalarga aylanmoqda.
Dunyoda tasviriy va amaliy san’at namunalarini anglash, ranglar kompozitsiyasining emotsional ta’sirchanligini o‘rganish, hunarmandchilik va amaliy san’atning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hunarmandchiligimizning tarixiy rivoji, bugungi kundagi ahvoli, tasviriy savodxonlikni tarbiyalash, tasviriy va amaliy bezak san’atining turli sohalarini tadqiq etish, rangshunoslikni o‘rgatishning zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at darslarida talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini fanlararo uzviylik hamda badiiy ta’lim nazariyasiga asoslangan metodikasini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarning muvaffaqiyati dastlab, ta’lim-tarbiya mazmunini o‘zgartirish, uni davr talablari asosida yangilash hamda ta’lim oluvchilarning ma’naviyati va intellektual salohiyati darajasining yuksalishi bilan bog‘liqdir. “...badiiy ta’lim an’analarini saqlagan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga ijodiy ustaxonalar faoliyatini tatbiq etish, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida (dastgohli, grafika, mahobatli, miniatyura, haykaltaroshlik) faoliyat olib borayotgan iste’dodli ijodkorlarni saralab olish, ularning estetik saviyasi va mahoratini yuksaltirish”1 vazifalari belgilangan. Bu esa oliy ta’lim muassasalari tasviriy va amaliy san’at darslarida talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari va samarador metodikalarini aniqlash hamda ularni ilmiy asoslashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limni tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 2.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at)

Download 2.74 Mb.