TALABA
Таsviriy san’at
Gumanitar va ijtimoiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar va umumkasbiy fanlar
Gumanitar va ijtimoiy fanlar
Umumkasbiy fanlar
O’zbekiston tarixi
Oliy matematika asoslari
Umumiy psixologiya
Falsafa
Plastik anatomiya
Madaniyatshunoslik
Rangtasvir va kompozitsiya
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Informatika va axborot texnologiyalari
SHAKL
VOSITA
МЕТОDLAR
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
Tasviriy san’at tarixi
Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik
Hаykaltaroshlik
Rangshunoslikka oid bilim va ko’nikmalari rivojlangan talaba
1-rasm. Tasviriy san’at darslarda asarlarni badiiy tahlili jaryonida talabalarning mantiqiy fikrlashi orqali rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish modeli.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassalarida maxsus fanlar bilan bir qatorda gumanitar va ijtimoiy fanlar, matematika va tabiiy ilmiy fanlar va umumkasbiy fanlar o‘qitiladi. Shu bois, mazkur fanlarni o‘z’aro, bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda bog‘lab olib borish ta’lim samaradorligini oshiradi(1-rasm). Rasmda oliy ta’lim muassasalarida gumanitar va ijtimoiy fanlar, matematika va tabiiy ilmiy fanlar va umumkasbiy fanlararo, amaliy va bezak san’atini o‘zaro bir-biri bilan aloqadorlikda bo‘lishi ko‘rsatilgan. Unda talaba oliy talimda umumta’lim fanlari va amaliy bezak san’atini o‘rganadilar.
Darslarni sifat va samaradorligini oshirishda gumanitar va ijtimoiy fanlar ya’ni O‘zbekiston tarixi, falsafa, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar ya’ni oliy matematika asoslari, plastik anatomiya, ekologik va tabiatni muhofaza qilish, informatika va axborot texnologiyalari kabilar; umumkasbiy fanlar ya’ni umumiy psixologiya, tasviriy san’at, rangtasvir va kompozitsiya, haykaltaroshlik, chizmachilik kabi fanlar bilan o‘zaro holda amalga oshiriladi.
Rangshunoslik asoslarini o‘rgatish jarayonida fanlararo aloqadorlik, badiiy tahlil jarayonida va ranglar ramzini o‘rgatish orqali talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
Talabalar tasviriy san’at tarixi, mantiq, falsafa, O‘zbekiston tarix, ekologiya, matematika, chizmachilik, rangtasvir, kompozitsiya kabi bir qancha o‘quv predmetlarini bog‘lab o‘tilishi jaryonida orttirilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Fanlararo aloqadorlik talabalarning bilim darajasini yanada boyitishga yordam beradi va ular kelajakda ana shu nazariy va amaliy tushunchalaridan tushungan holda foydalaniladigan bo‘ladi.
Rangshunoslik asoslarini o‘rganishda va ulardan tushungan holda o‘z ish tajribalaridan foydalanish jaryonida talabalarda qat’iylik, mustaqillik va har bir ishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish kabi malakalarni o‘zlashtiradilar.
Tasviriy san’at shu jumladan naqqoshlik san’at tarixini o‘rganishda va kompozitsiya mavzularida ustalarimizning naqsh kompozitsiyalarini badiiy tahlil qilish jaryonida talabalarni rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish dars samaradorligini oshiradi.
Dars jaryonida ranglarni ramziy ma’nolarini o‘rgatib borish talabalarni ranglar orqali voqeyliklarni ifodalashga o‘rganadi. Tabiiyki talabalarning rangshunoslikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib keladi.
Talabalarga rangshunoslik asoslarini o‘rgatishda predmetlar va fanlararo aloqadorlik xususiyatlarini tushungan holda foydalanish lozim (2-rasm).
|