Shavkat yangiboyev kutubxonasi




Download 374.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2024
Hajmi374.75 Kb.
#130627
Bog'liq
Savollar kitobi
1ncqSRXMd8gTxjyBhm3am9vL0pO78PyvECNt2Vpr, Protocol Data Units va tahlil qilish uchun WireSharkdan foydalanish, 1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v, 883ceb5d-9c62-40b4-a652-d0daff5fc663, SAYFIYEV OYBEK ELBEK O‘G‘LI QAYD VARAQA, 5-lab, 1-maruza, 10-sinf Unit 1. All about me demo, Презентация1, pro, Determinantlar, Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari, Lecture - 9 (1), Savod O\'rgatish Tayyorlov Davrida O\'yinlardan Foydalanish mundar-fayllar.org, OZBKTILSHUNSLIGIBOYICHABITIRUVMALAKAVIYISHLARINITAYYORLASH


“SHAVKAT YANGIBOYEV KUTUBXONASI”
“MILLIY SERTIFIKAT LOYIHASI”
turkumidan
ONA TILI VA ADABIYOT FANLARIDAN BILISH DARAJASINI BAHOLASHNING MILLIY TEST SINOVI
ANDOZASIDAGI
TEST TOPSHIRIQLARI KITOBI
Test savollari kitobi 5 bo‘limdan iborat:
1-bo‘lim: Tilshunoslik nazariyasi (1-12-savollar / 19 ball);
2-bo‘lim: Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi (13-17-savollar / 8,5 ball);
3-bo‘lim: O‘qish savodxonligi (18-32-savollar / 26,5 ball);
4-bo‘lim: Lingvistik va badiiy tahlil (33-44-savollar / 22 ball);
5-bo‘lim: Yozma savodxonlik (esse / 24 ball).
Umumiy vaqt: 3 soat.
Umumiy ball: 100 ball.
Murojaat uchun telefon/telegram — 99 036-07-50.
QARSHI—2023


1.
[1,1 ball]
Imloviy to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) advokat, bid’at, boqimanda
B) afsungar, bachkilamoq, devon begi
C) akatsiya, ballada, eksklyuziv
D) alvonrang, bakteriya, giyohvan
2.
[1,1 ball]
Imloviy to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) hozirjavob, jarroxxona, innovatsiya
B) kalon dimog‘, olazarak, parxez
C) kvitansiya, ola chalpoq, nazorat
D) laganbardor, maqomot, pechakgul
3.
[1,1 ball]
Qaysi
gapda
gado
so‘zi
ko‘chma
ma’noda
qo‘llangan?
A) Ayol shirin so‘z gadosidir.
B) Xazinamni boyitaman, deb xalqni gado qildingiz.
C) G‘ulomjon gadoning bo‘sh, ochiq qo‘liga bir narsa
tashlash uchun cho‘ntaklarini kavlay boshladi.
D) Qo‘li sust kosibdan oyog‘i ildam gado yaxshi.
4.
[1,7 ball]
O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z qatnashgan javobni aniqlang.
5.
[1,1 ball]
Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
xatolik mavjud EMAS?
A)
Avtobusga
chiqqanimizda
chiptachi
xola
xadigimizni tushunganday bizga qarab kela boshladi.
B) 1992-yilning 30-oktyabrida dadamni ishlari boshqa
viloyatga ko‘chdi.
C) Kitobni bitta varag‘i yo‘q ekan.
D) Choyxonada uchta do‘stlarim bilan o‘tirdik.
6.
[1,1 ball]
Qaysi gapda pand so‘zi “yashirish vositasi, niqob”
ma’nosida qo‘llangan?
A) U ko‘z o‘ngini tutgan yosh pardasidan hech narsani
ko‘ra olmay, tusmollab, stol yoniga bordi.
B) Yana bir narsani aytib qoyay: er-u xotin o‘rtasida
2


parda bo‘lishi shart.
C) Derazalarga qalin parda va qora qog‘ozlar tutildi.
D) Parda ochilganidan to tomosha tugagunicha zal
larzaga tushdi.
7.
[1,7 ball]
Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida so‘z yasovchi, lug‘aviy
shakl
yasovchi
va
sintaktik
shakl
yasovchi
qo‘shimcha qo‘llanadi?
A) Spektakl qo‘yayotganimda tomosha... olqishlarini
o‘ylamaslik... harakat qila... .
B) Men nutq so‘z...shga unchalik mohir bo‘lmasam-da,
hotamtoy Alfred Nobel mukofotini menga taqdim et...ni
lozim ko‘rgan barcha kishilarga o‘z minnatdorligim...
izhor qilmoqchiman.
C) Tuz...gan jumlani yozuv...ning o‘zigina tushunib,
boshqa...ning tushunmasligi katta ayb.
D) Har bir odam dunyo... kelganda shu narsani bilish...
kerak: u dunyoga o‘z xalqi... vakili bo‘lmoq uchun kelgan.
8.
[2,5 ball]
Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini
aniqlang.
I. Yer aylanar,
Yer aylanar,
Yer yugurib tinmaydi.
II. Sening oydek yuzlaringdan
Ter yugurib tinmaydi,
III. Qo‘ling tegmay bu dunyoda
Bitta giyoh unmaydi.
1) buyruq maylidagi fe’l; 2) qo‘shma fe’l; 3) ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasi; 4) ravishdosh; 5) II shaxs birlikdagi
fe’l; 6) sof fe’l
A) 1 va 5 B) 3 va 4 C) 2 va 4 D) 4 va 6
9.
[1,7 ball]
Berilgan gapda ishtirok etgan ko‘makchi qanday
mazmuniy munosabat ifodalagan?
To‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchun yoshligimdan menga
ota-onam: “Sen ukalaringga javobgar va mas’ul bo‘lishing
kerak”, — deb uqtirib kelishgan.
A) vosita ma’nosini B) sabab ma’nosini
C) tarz, holat ma’nosini D) maqsad ma’nosini
10.
[1,7 ball]
Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
U
o‘z
yutuqlari
va
kelajakdagi
rejalari
haqida
to‘lqinlanib gapirdi.
A) Otli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari
moslashuv va bitishuv usulida birikkan.
B) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari
faqat bitishuv usulida birikkan.
C) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari aniqlovchi va
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
D) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe qismlari faqat hoi
vazifasini bajargan.
11.
[1,7 ball]
Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihat-
dan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan
tadbirlarda faol ishtirok etishi yurtimizning porloq kela-
jagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda.
A) yoshlarimizning kelajagiga, yurtimizning kelajagiga
B) olovqalb yoshlarimiz, yoshlarimizning kelajagiga
C) yurtimizning kelajagiga, ishonchimizni mustahkam-
lamoqda
D) tadbirlarda ishtirok etishi, porloq ishonchimizni
3


12.
[2,5 ball]
Qaysi gaplarda ikki nuqta o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?
A) 1, 2 va 3 B) 2, 3 va 5 C) 1, 5 va 6 D) 2, 4 va 6
13.
[1,7 ball]
She’riy parcha haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
Qoshing, irning, yuzing, ey rashki rizvon,
Hilol-u kavsar-u bog‘i jinondir.
A) qosh hilolga tashbehlangan
B) irn (irin) kavsarga tashbehlangan
C) yuz jannat bog‘i (bog‘i jinon)ga tashbehlangan
D) qosh, irn (irin) va yuz jamlanib rashki rizvonga tash-
behlangan
14.
[1,7 ball]
She’riy parcha haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
Ko‘ngilga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘nglima ermish qaro balo soching.
A) birinchi misrada balo so‘zi qaro so‘zining sifat-
lovchisi bo‘lib kelgan
B) birinchi misrada ajoyib so‘zi qaro so‘zining sifat-
lovchisi bo‘lib kelgan
C) ikkinchi misrada balo so‘zi soching so‘zining sifat-
lovchisi bo‘lib kelgan
D) ikkinchi misrada balo so‘zi qaro so‘zining sifat-
lovchisi bo‘lib kelgan
15.
[1,7 ball]
“Asror bobo” hikoyasi haqida bildirilgan TO‘G‘RI
mulohazani belgilang?
A) Hikoyada paranjini tashlagan qizaloqdan tortib
har bir keksa ayolgacha gumonsirab qaraydigan Mulla
Norqo‘zining hajviy qiyofasi tasvirlangan.
B) Hikoyada “Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasining
uchini yo‘qotib qo‘yadigan, tegirmonni buzishi ham, yur-
gizishi ham mumkin toshqin suv” deb ta’riflangan rais
obrazi yaratilgan.
C) Hikoyada jikkakkina, o‘ziga juda ham katta ko‘k
xalatga burkanib olgan, qo‘shni palatada davolanayotgan
bemor ayol haqida “bu xotinning joni bitta emas, ming
bitta” deb o‘ylaydigan bemor obrazi bor.
D) Hikoyada qo‘llangan “soxta tabassum” birikmasi
salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bar-
doshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan.
4


16.
[1,7 ball]
“Tushda kechgan umrlar” romanida quyidagi qaysi tar-
ixiy voqea qalamga olingan?
A) sovet-afg‘on urushi voqealari
B) birinchi jahon urushi voqealari
C) ikkinchi jahon urushi voqealari
D) sovet davridagi qatag‘on yillari voqealari
17.
[1,7 ball]
“Sarvqomat dilbarim” qissasi haqidagi TO‘G‘RI mu-
lohazani aniqlang.
A) Qissada Duyshen — ocharchilik yillari ovuldan
ketib, bir muddat temir yo‘lda ishlab, so‘ng dom-daraksiz
yo‘q
bo‘lib
ketgan
o‘sha
Toshtanbekning
o‘g‘lining
ayanchli taqdiri tasvirlangan.
B) “Musibat pallalarida bir og‘iz aytilgan gapning
tagida undan necha barobar ko‘p haqiqatlar aytilmasdan
turadi”, deydi qissa qahramonlaridan biri.
C) Qissada Beksoat kampir, ya’ni urushdan qochib
kelgan Ismoilning onasi kelini Saidaga oilasining tarixini
so‘zlab beradi.
D) Qissada yoshligida yetim qolib, har kimlarning es-
higida yurgan, oxiri Chaqmoqdagi qozoq tog‘alarinikiga
ketib qolgan, lekin uni izlab borgudek bironta ham
jonkuyari bo‘lmagan bola Doniyorning muhabbat taqdiri
qalamga olingan.
5


Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
“Alibaba” kompaniyasi asoschisi Jek Maning yoshlarga yo‘llagan murojaati
/1/ Mening yoshlarga maslahatim, yigirma besh yoshingizgacha ko‘proq xato qiling, bu haqida xavotir olmang. Eng
muhimi, yiqilganingizda qayta tura oling. Sinib qolmang, o‘rningizdan turing... Yosh paytingizda hayot berayotgan
darslardan xulosa chiqaring. O‘ttiz yoshdan qirq yoshgacha hamma qilayotgan ishlaringizda samarali bo‘lishga harakat
qiling. Qirq yoshdan ellik yoshgacha siz o‘zingiz ustasi bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling, ammo siz ellik-oltimish
yosh orasida bo‘lsangiz, yoshlarni rag‘abatlantiring. Chunki yoshlar sizdan yaxshiroq ishlashi mumkin. Shunday ekan,
ularga yordam bering, umid bering va ishlashga undang. Ozgina vaqt o‘tgach, ularning haqiqiy professional ekanligiga
amin bo‘lasiz. Agar siz 25 yoshgacha bo‘lsangiz, omadsizlikdan qo‘rqmang. Har bir bugungi xato ertangi kunning
foydasidir. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Kelajakda bilimlar uchun kurash bo‘lmaydi, kurash yaratuvchanlik uchun
bo‘ladi. Bu kurash kashfiyotlar uchun bo‘ladi. Ta’lim va noodatiy fikrlash uchun kurash bo‘ladi. Agar siz xuddi
mashinaday fikrlasangiz, sizda muammolar bo‘ladi. Oxirgi yigirma yillikda odamlar mashinadek harakat qilishdi.
Keyingi yigirma yillikda mashinalar odamdek ishlashni boshlaydi. Shunday ekan, kelajak bilimli emas, balki dono va
tajribali odamlar qo‘lida. Bilim va ishlab chiqarish tarixda qoldi. Kelajak esa kreativ kishilar qo‘lida bo‘ladi. Mening
o‘ylashimcha, kelgusi o‘ttiz yilda dunyoda juda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Yangi texnologiyalar hayotimizning har jab-
hasini o‘zgartiradi. Men bunga ishonaman. Dunyo insonning aqliy qobiliyatini emas, sevish qobiliyatini ham inobatga
olishi kerak. Agar o‘zingizdan yomonroq, faqirroq yashayotgan kishilar hamda sizdan omadliroq kishilar haqida bir xil
o‘ylasangiz, siz bu dunyoni o‘zgartira olasiz. Dunyoga kerakli narsa yarata olasiz. O‘n besh yil oldin internet mo‘jiza
edi. O‘sha paytlarda internet juda ham aqlli va aql bovar qilmas edi. Hozir unday taassurot qoldirmaydi, chunki aql
egalari undan samarali foydalanishadi.
/2/ Men ko‘p xatolar qildim! Sizlarga kulgili tuyulishi mumkin, ammo boshlang‘ich maktabning yakuniy imtihonidan
ikki marta o‘ta olmaganman, o‘rta maktabnikidan uch marta yiqilganman. Meni doim onajonim qo‘llab-quvvatladi.
Universitetga kirish imtihonlaridan uch marta o‘ta olmaganman, tasavvur qilyapsizmi?
Uch marta universitetga
kira olmadim. O‘qishni bitirgach, ish izladim o‘ttizta idoraning eshigini qoqib bordim. Birortasi meni ishga qabul
qilmadi. Men politsiya bo‘limiga ishga kirmoqchi bo‘ldim, u yerda menga shunday deyishdi: “Yigitcha, sen bizga
to‘g‘ri kelmaysan”. Men hattoki Xitoyda endigina ochilgan “KFS”ga ishga kirishga harakat qilganman, esimda biz
24 kishi ishga kirishni xohlaganmiz, 23 kishi ishga olingan. Men esa qabul qilishmadi. Politsiyaga ham 5 kishi ishga
kirish uchun borganmiz, 4 kishini ishga olishgan. Men esa yana muvaffaqiyatsizlikka uchragandim. O‘shanda men
bunga o‘rganib qolgandim. Aytgancha, sizlarga Garvardga 10 marta hujjat topshirganim haqida aytdimmi? Ular ham
meni xohlashmadi.
/3/ Men ko‘p narsalarni Gollivud filmlaridan o‘rganganman. Siz “Forrest gamp” filmini ko‘rganmisiz? Men bu
filmni juda yaxshi ko‘raman. Sababi bosh qahramoni hech qachon taslim bo‘lmaydigan oddiy bola edi. Odamlar uni
ahmoq deb o‘ylashar edi. Ammo u nima qilayotganini yaxshi bilar edi. 2002 yoki 2003-yil men Amerika Qo‘shma
Shtatlarida edim. Bu filmni ko‘rishni juda xohlagan edim, ammo menda internet yo‘q edi. Keyinchalik do‘stimning
uyida bu filmni tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Shunda tushundimki, o‘zingiz qilayotgan ishingizga ishoning, o‘z
ishingizni seving. Odamlar sizning ishingiz haqida nima deyishi haqida o‘ylamang. O‘n besh yil oldin men bilan
bo‘lgan kishilarga biz juda qattiq mehnat qilishimiz kerakligini, bu mehnatimiz o‘zimiz uchun emas, yon-atrofimizdagi
odamlarning baxtli bo‘lishi uchun yordam berishi kerakligini aytgan edim. O‘shanda hech qaysimizning boyvachcha
qarindoshlarimiz yoki banklarda dollorlarimiz yoki hokimiyatda tanishlarimiz yo‘q edi. Biz umumiy yutuqlarimiz
uchun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz kerak edi va biz shunday qildik...
/4/ Hammamiz har xilmiz, o‘zimizga xosmiz. Siz o‘zingizining o‘ziga xos yo‘lingizga ega bo‘lishingiz kerak. Bizning
dunyomizda ko‘pchilik doimo shikoyat qilishadi, ular: “Mening imkoniyatim yo‘q”, – deyishadi. Men ham yoshligimda
juda ko‘p shikoyat qilardim, bir kuni angladimki, shikoyatlar muammoning yechimini bermaydi. Qayerda insonlar ko‘p
shikoyatlar qilsa, o‘sha yerda imkoniyatlar bor. Shikoyatlarning atigi birortasini yechishni uddalay olsangiz, Siz omadli
bo‘lish, yoningizdagilarga yordam berishdek ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Men ham aynan shunday qildim. Agar
siz tadbirkor bo‘lishni xohlasangiz, qiyinchilik va mag‘lubiyatdan qo‘rqmang. Hech qachon taslim bo‘lmang. Biz
biznesimizni boshlaganimizida 18 kishi korxonaga egalik qilardik.
Bu 18 kishi Xitoyning eng aqlli odamlari deb
o‘ylashadi. Ammo biz juda ham aqlli kishilar emasmiz. Biz shunchaki doimo oxirigacha bordik. Hammamiz oddiy
maktablarni tugatganmiz. Biz barchamiz, omadning eng oddiy qoidasiga amal qilamiz. Biz kelajakka ishonamiz, biz
juda ham optimistmiz, biz xatolardan o‘rganamiz, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz.
18.
[1,7 ball]
Jek Maning fikricha, kelajakda kimlar ko‘plab mu-
vaffaqiyatga erishadi?
A) ko‘plab bilimlarga ega insonlar
6


B) tartib-qoidalarga doim amal qiluvchilar
C) yaratuvchan, noodatiy fikrlaydiganlar
D) o‘z kasbini sevadiganlar
19.
[1,7 ball]
Jek Ma muvaffaqiyatining asosiy siri nimada?
1) faqat o‘z kelajagini o‘ylashida;
2) boshlagan ishining oxiriga yetkazishida;
3) mashinadek mehnat qilishida;
4) qilayotgan ishini sevishida;
5) boshqalarning fikri bilan ish ko‘rishida;
6) xatolaridan xulosa chiqarishida.
A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 3, 5, 6
20.
[1,7 ball]
Ushbu matn mazmuniga eng mos maqolni aniqlang.
A) Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinadi.
B) Yetti marta yiqilib, sakkiz marta tur.
C) Boy boyga boqar, suv soyga oqar.
D) Yosh keladi ishga, qari keladi oshga.
21.
[1,7 ball]
Ushbu matnning nechanchi qismida Jek Maning mu-
vaffaqiyatsizliklari haqida so‘z yuritilgan?
A) to‘rtinchi B) uchinchi C) birinchi D) ikkinchi
22.
[1,7 ball]
Jek Maning fikri asosida quyidagilarni moslashtiring.
1. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlang.
2. O‘zingiz mohir bo‘lgan ish bilan
shug‘ullaning.
3. Xato qilishdan qo‘rqmang.
4. Ishingizda sermahsul bo‘ling.
a) 20 yoshda;
b) 35 yoshda;
c) 45 yoshda;
d) 55 yoshda
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
7


Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
ENG OG‘IR GUNOH
Kuz kirganini qishloq bolasining qo‘lidan bilsa bo‘ladi. Yong‘oq hali “paqqa” bo‘lib ajralmasdan turib, daraxtga
tarmashib ketamiz.
Xom yong‘oqning po‘stini tozalash oson emas.
G‘adir-g‘udir g‘isht topib, ishqalayverasiz,
ishqalayverasiz.
Oxiri sap-sariq yong‘oq ajralib chiqadi.
Ammo qo‘lingiz ham xina qo‘ygandek sarg‘ayib ketadi.
Loy bilan ming marta ishqalab yuvsangiz ham foydasi yo‘q. Pishmagan yong‘oqning bitta yaxshi tomoni bor: og‘ir
bo‘ladi. Uchi bilan dum tomonini yaxshilab ishqalab yog‘lasangiz, zoldirdek sip-silliq soqqaga aylanadi. Ana undan
keyin “soqqaquvar” o‘ynayverasiz. Soqqa qancha kichkina bo‘lsa, shuncha yaxshi. Manaman degan yong‘oqqa qars
etib uriladi-yu, o‘ziga uncha-muncha yong‘oq tegmaydi. Tuproq orasiga yashirinib yotaveradi. O‘yin-ku o‘z yo‘liga.
Yong‘oqning yana bitta fazilati bor: qorinni to‘q tutadi. To‘rttasini yeb olsangiz, yarim kun kekirib yurasiz.
Endi o‘ylab qarasam, o‘sha — urush endi tugab, og‘irchilikning zahri ketmagan yillarda yaxshiyam meva-cheva
bo‘lgan ekan. Odamlarning joniga shu ora kirgan ekan-da. Erta ko‘klamda sumalak, ketidan ismaloq, keyin qarabsizki,
tut pishadi. Ermon buvaning tuti! Mayiz deysizmi, shinni deysizmi, hammasi tutdan bo‘ladi. Bundan keyin olma,
uzum, kuzda — yong‘oq. Ham ovqat, ham o‘yin.
Bir kuni Xo‘ja, Toy, Vali to‘rtovlashib rosa soqqaquvar o‘ynadik. Jimitdekkina soqqam bilan bir do‘ppi yong‘oqni
yutib oldim. O‘yinga jo‘raboshimiz ham aralashgan edi, uyam bir cho‘ntak yong‘og‘idan ayrildi.
Kechqurun og‘zim qulog‘imga yetgudek bo‘lib bir do‘ppi yong‘oq ko‘tarib keldim. Qarasam, oshxona tomondan
gup-gup etgan tovush kelyapti — oyim o‘g‘irda tolqon qilyapti.
Nima uchundir onam tez-tez tolqon qilardi. [1] Sababini keyin tushunganman. Non ko‘pligi uchun emas,
kamligi uchun tolqon qilisharkan. Tolqon to‘yimli bo‘ladi. Ikki qoshiq yeb, ustidan olma choy ichsangiz, darrov
nafsingiz qonadi.
Yong‘oqni ko‘tarib oshxonaga kirdim-u do‘ppini uzatdim.
— Qayoqdan olding? — dedi oyim ko‘zimga tikilib.
— Yutdim. Mang, tolqonga soling.
Bilaman, yong‘oqli tolqonning ta’mi boshqacha bo‘ladi. Yog‘ mazasi kelib turadi.
Onam do‘ppi to‘la yong‘oqni qo‘limdan olib, yelkamga qoqdi:
— Bor, sabr qilib turgin, hozir yong‘oq tolqon qilib beraman.
Supadagi xontaxta oldiga borib o‘tirdim. Dasturxonda to‘nkarib qo‘yilgan ikkita piyola bilan choynakdan bo‘lak
narsa yo‘q edi. Zum o‘tmay oyim boyagi tovoqda tolqon ko‘tarib keldi. Bir qoshiq tolqon yeyishim bilan to‘satdan
soqqam esimga tushib qoldi. U cho‘ntagimni qarayman — yo‘q, bu cho‘ntagimni qarayman — yo‘q.
— Nima bo‘ldi? — dedi oyim tipirchilayotganimni ko‘rib.
— Soqqam qani?
— Qanaqa soqqa?
— Yutadigan soqqam!
Birdan ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushdi. Oyim soqqamniyam qo‘shib chaqib qo‘ygan bo‘lsa-ya!
Og‘zimda tolqon bilan oshxonaga yugurdim. Bir chekkada yarimta g‘isht, yonida tesha yotibdi. Po‘choqlar orasini
titkilab, yutadigan soqqamning yaltiroq po‘chog‘ini topdim. Alamimdan chinqirib yubordim:
— Soqqamni nima qilib qo‘ydingiz?
Supa tomondan onamning ovozi keldi:
— Nima bo‘pti?
— Nima qildingiz? — dedim alam bilan. — Soqqamni nima qilib qo‘ydingiz?!
Oyim sekin tepamga keldi.
— Mana, — dedim po‘choqni ko‘rsatib. — Soqqamni chaqib qo‘yibsiz-ku!
Oyim negadir kuldi:
— Qayoqdan bilaman. Qo‘y, bolam, akang boshqasini topib berar.
Oyimning kulishi battar alam qildi.
— Kerakmas, kerakmas! — dedim oyog‘imni tipirlatib. — Yutadigan soqqam edi.
Oyim boshimni siladi.
— Bilmabman-da, o‘g‘lim. O‘zing do‘ppisi bilan berding. Yur, choyingin ich! — U qo‘limdan tutib yana supaga
olib chiqdi. Oldimga tolqonli tovoqni surib qo‘ydi. — O‘tir, ovqatlanib ol. Qorning ochib ketdi-ku!
Tovoqni nari surdim.
— Yemayman!
Oyim tovoqni yana men tomonga surdi.
— Ol, bolam, shirin bo‘pti.
— Kerakmas! Kerakmas! Kerakmas! — Tovoqni qo‘lim bilan bir urgan edim, uchib avval supaga, undan yerga
tushdi. Tolqon yer bilan bitta bo‘lib sochildi-da, tuproqqa qorishib ketdi.
8


Birdan oyimning ko‘zida g‘azab chaqnadi. Shapalog‘ini yozib quloq-chakkamga yaqin keltirdi. Qo‘rquvdan ko‘zimni
yumib oldim. Yo‘q, urmadi. Biroq labi titrab pichirladi:
— Non-ku bu, ahmoq! Gunoh bo‘ladi-ku!
U sekin yerga tushdi. Sochilgan tolqonni kafti bilan sidirgan edi, tuproq aralashib chiqdi. Onam boshini ko‘tarib
menga qaradi. Ko‘zlarida alam, ta’na bor edi.
Birpasdan keyin opam, akalarim dasturxon atrofida yig‘ilishdi. Har bittasiga yarim qoshiqdan tolqon yo tegdi, yo
tegmadi. Keyin dadam keldi, oyim oshxonadan bug‘i chiqib turgan bir lagan lavlagi ko‘tarib chiqdi. Lavlagi shirin
narsa-yu, har kuni yegandan keyin jonga tegadi. Baribir non emas.
— Tolqon qilmadingmi? — dedi dadam bir bo‘lak lavlagini puflab-puflab yer ekan.
Qo‘rquv ichida oyimga qaradim.
— Qiluvdim, — dedi u sekin.
— Qolmadimi?
— O‘g‘ir o‘lgur ag‘darilib ketdi, — dedi onam aybdor ohangda.
— Nima? — dadam lavlagi bo‘lagini qo‘lida tutgancha jahl bilan onamga qaradi.
— To‘kilib ketdi, — dedi oyim boshini quyi solib.
— Padaringga la’nat! — dedi dadam sekin, ammo tahdidli ohangda. — Kap-katta xotin uvol qilib o‘tirsang. Bilib
qo‘y, [2] non ko‘r qiladi seni! — U shaxt bilan o‘rnidan turdi-da, bir hatlab supadan tushdi. Tez-tez yurib ko‘chaga
chiqib ketdi.
Men oyimga qaradim. U bo‘lsa hamon bosh ko‘tarmay o‘tirar, ko‘zlarida iztirob bor edi.
23.
[1,1 ball]
[1] raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan gapdagi fikr qaysi
javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) otasining ishdan kelishiga nimadir ovqat tayyorlab
qo‘yish kerakligini tushunib yetgan
B) tolqon tayyorlash boshqa taom tayyorlashdan ko‘ra
oson ekanini tushunib yetgan
C) tolqon to‘yimli ovqat ekanini tushunib yetgan
D) otasining boshqa taomlardan ko‘ra tolqonni yaxshi
ko‘rganini tushunib yetgan
24.
[1,1 ball]
Ona holati aks etmagan tasvirni belgilang.
A) “... ko‘zlarida iztirob bor edi”.
B) “... oyimning ko‘zida g‘azab chaqnadi”.
C) “Ko‘zlarida alam, ta’na bor edi”.
D) “Onamning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi”
25.
[1,1 ball]
Hikoyada tasvirlangan voqealar ketma-ketligi to‘g‘ri
tartiblangan javobni belgilang.
A) dastlab sumalak, ismaloq, tut pishig‘i, keyin olma
va uzum pishig‘i, oxirida yong‘oq pishig‘i haqida so‘z yu-
ritilgan
B) dastlab Ermon buvaning tuti pishgani, keyin tolqon
voqeasi, oxirida urush tugagan yillardagi yetishmovchilik-
lar tasvirlangan
C) dastlab soqqa o‘yini, keyin urush tugagan yil-
lardagi yetishmovchiliklar, oxirida onaning yolg‘oni vo-
qeasi tasvirlangan
D) dastlab tolqon voqeasi, keyin onaning yolg‘oni,
oxirida voqealarga Ermon buvaning aralashuvi haqida
so‘z boradi
26.
[1,1 ball]
[2] raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan gapda qanday us-
lubiy ma’no ifoda etilgan?
A) kinoya, kesatiq B) malomat, ta’na C) alam, iztirob
D) kibr, qahr
27.
[1,1 ball]
Hikoya mazmunidan kelib chiqib eng to‘g‘ri mulo-
hazani belgilang.
A) hikoyada otaning o‘ta jahldor odam ekani tasvirlan-
gan
B) hikoyada yolg‘on gapirish eng og‘ir gunoh ekani
ta’kidlangan
C) hikoyada onani ranjitish eng og‘ir gunoh ekani
ta’kidlangan
D) hikoyada milliy xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish maqsad
qilingan
9


G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso
1
emas,
Dog‘ini Majnun qonatmish, lolayi hamro
2
emas.
2. Nastaran
3
ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra’no emas.
3. Gulni o‘xshatqan uchun yorimg‘a go‘yo bog‘ aro,
Muztarib
4
ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
4. Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
5
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur
6
, savdo emas.
5. Nargis oltun jomining ollida kofuriy
7
harir
Pardayi jonimdurur marhun
8
, qadahpolo
9
emas.
6. Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot
10
,
Bu ham anduhzo
11
emas, gar ul nishotafzo
12
emas.
7. Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay: sarvi gulro‘yum kebi zebo emas.
8. Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i
13
gullardin biri paydo emas
9. Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
LUG‘AT:
1
abiraso — anbardek xushbo‘y;
2
lolayi hamro — qizil lola;
3
nastarin — gul (siren);
4
muztarib —
iztirob chekuvchi, parishon, betoqat, beqaror;
5
turra — kokil, soch o‘rimlari; zulf;
6
oshufta — giriftor, devona, oshiq;
7
kofuriy — oq xushbo‘y modda;
8
marhun — garovga qo‘yilgan, garovga berilgan;
9
qadahpolo — may suzgich;
10
nishot — shodlik, xursandlik;
11
anduhzo — g‘am orttiruvchi, qayg‘u keltiruvchi;
12
nishotafzo — xursandlik paydo
qiluvchi;
13
bilturg‘i — bulturgi, o‘tgan yilgi.
28.
[2,5 ball]
G‘azal
matla’si
mazmuni
haqidagi
NOTO‘G‘RI
hukmni aniqlang.
A) Taralayotgan anbardex xushbo‘y hidni shamol yel
(shamol) tarqatmoqda
B) Laylo o‘z sunbul sochlarini yoygach atrofga an-
bardek xushbo‘y hid taralmoqda
C) (anavi ochilgan) qizil narsa lola emas
D) (anavi ochilgan) qizil narsa (lola)ni Majnunning
qoni qizartirgan
29.
[2,5 ball]
2-bayt
mazmunida
AKS
ETMAGAN
fikrni
aniqlang.
A) nastarin gulining ko‘zgusida bir tomonda men turib
chehraning aksini namoyon etganman
B) nastarin gulining ko‘zgusida bir tomonda yor turib
chehraning aksini namoyon etgan
C) nastarin gulining ko‘zgusida bir tomonda men, bir
tomonda yor turib chehraning aksini namoyon etganmiz,
bu aslo ra’no gulining aksi emas
D) nastarin gulining ko‘zgusida bir tomonda men, bir
tomonda yor turib chehraning aksini namoyon etgan
emasmiz, bu aslida ra’no gulining aksidir
30.
[2,5 ball]
6-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan javobni belgi-
lang.
A) Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik yo‘q
deb aytma, agar uning nolasi xursandlik paydo qilsa,
mening fig‘onlarim ham qayg‘u keltiruvchi emas
B) Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik yo‘q
deb aytma, agar uning nolasi xursandlik paydo qilmasa,
mening fig‘onlarim ham qayg‘u keltiruvchi emas
C) Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik bor deb
ayt, agar uning nolasi xursandlik paydo qilmasa, mening
fig‘onlarim ham qayg‘u keltiruvchi emas
D) Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik yo‘q
10


deb aytma, agar uning nolasi xursandlik paydo qilmasa,
mening fig‘onlarim ham qayg‘uni arituvchidir
31.
[2,5 ball]
G‘azal mazmunida AKS ETGAN fikrni aniqlang.
A) Ushbu g‘azal mavzusiga ko‘ra oshiqona g‘azal bo‘lsa-
da, unda tabiat tasviri yor go‘zalligi va oshiq ruhiy holati
ta’rifi bilan uyg‘unlashib ketgan.
B) Ushbu g‘azal mavzusiga ko‘ra oshiqona g‘azal sir-
asiga kiradi, lekin unda ishqiy mavzu bilan orifonalik
muayyan ma’noda birlashib ketgan.
C) Ushbu g‘azal mavzusiga ko‘ra oshiqona g‘azal bo‘lib,
unda oshiqning yorga bo‘lgan muhabbati va sog‘inchi
nido, tashbeh, tamsil, husni ta’lil, talmeh san’atlari vosi-
tasida bayon qilingan.
D) Ushbu g‘azal lirik qahramonning ruhiy holati va
iztiroblarini ifodalovchi “sharhi hol” yo‘sinida yozilgan
bo‘lib, unda boshdan-oyoq nido san’ati yetakchilik qiladi.
32.
[2,5 ball]
G‘azal mazmunidan kelib chiqib noto‘g‘ri mulohaz-
anini belgilang.
A) Ko‘nglim bo‘stonida gulni sarv ustida deb tasavvur
qilib ko‘rdim, lekin rostini aytsam, u mening gul yuzli
sarvqomat yorimdek zebo emas ekan.
B) Menga gul yuzli soqiy, bulbulga esa gul qadah tutdi,
Navoiy ham bulbuldek mast, lekin u kabi rasvo emas
C)
Ey
sho‘xlar,
husningizga
bu
qadar
mag‘rur
bo‘lmang, qarang, bog‘ orasida siz kabi bulturgi gul yo‘q
D) Sunbul gulining ustidan shamol esgach, nigorimn-
ing kokilini yodga oldim va dimog‘im oshufta, ya’ni aqlim
parishon bo‘ldi, lekin bu aslo kasallikdan emas
11


Gaplar (33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A-F) ni o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring.
33.
[1,7 ball]
Sababsiz kulgi yomon tarbiya natijasidir.
34.
[1,7 ball]
Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi.
35.
[1,7 ball]
Do‘stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar.
A) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
moslashuvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
B) Ham hokim, ham tobe qismi yasama so‘z bilan ifo-
dalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
C) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
moslashuvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
D) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
E) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
F) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan
boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan gap
36.
[1,7 ball]
Ajratib ko‘rsatilgan har uchala so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing.
Javob:
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
37.
[2,5 ball]
Berilgan gapda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini yozing.
Bir narsa sifatlarining og‘zaki yoki yozma bayoni tavsif surati shakli rasmi esa tasvir bo‘ladi.
Diqqat! To‘g‘ri javobni tinish belgilari yordamida aks ettiring.
Javob:
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
38.
[1,7 ball]
Gapda qaysi qo‘shimchaning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xatolik kuzatilgan?
Mantiqiy nutq tuzish uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha bili shi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar
bo‘lishi kerak, ayni payt da til birliklarining leksik-semantik va grammatik mohiyati, ularni bog‘lanish xususiyatlarini
ham nazardan qochirmasligi zarur.
12


Javob:
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
39.
[1,7 ball]
Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi gap bo‘lagi uyushganini yozing.
Bayonnoma — turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari
va ular qabul qilgan qarorlarni aniq qayd qiluvchi rasmiy hujjat.
Javob:
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
40.
[2,5 ball]
Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishini tahlil qiling.
Bola daraxtni ko‘rib angrayib qoldi: chinorning tarvaqaylab o‘sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko‘rinar,
uyada esa oyog‘i, tumshug‘i uzun bir qush turar edi.
a) gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z tobelanib bog‘langan so‘zni yozing.
Javob:
[1,2 ball]
b) gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zga tobelanib bog‘langan so‘z(lar)ni yozing.
Javob:
[1,3 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
41.
[1,7 ball]
Berilgan gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘lang.
1. Quloq solmaganga bu tovush eshitilmaydi ham.
2. Ochil buva uchun hozir tong ham go‘yo mana shu shovullashdangina iborat edi.
a) birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita yordamida to‘g‘ri bog‘lash mumkin?
Javob:
[0,8 ball]
b) natijada qo‘shma gapning qaysi turi hosil bo‘ladi?
Javob:
[0,9 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
42.
[1,7 ball]
She’riy parchadagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar yordamida ifodalangan she’riy san’atlarni aniqlang va yozing.
Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘iga, dedi: “Qo‘y” [1],
Bo‘sa istab la’li rangin so‘rdim ersa, dedi: “Ol” [2].
13


a) birinchi she’riy san’at
Javob:
[0,8 ball]
b) ikkinchi she’riy san’at
Javob:
[0,9 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
43.
[1,7 ball]
She’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing.
Ishqing g‘amida diydai giryonima rahm et,
Hajring tunida nolai afg‘onima rahm et.
a) ajratib ko‘rsatilgan qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing.
Javob:
[0,8 ball]
b) ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar raviyning o‘rniga ko‘ra qofiyaning qaysi turini hosil qilgan?
Javob:
[0,9 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
44.
[1,7 ball]
Quyidagi qit’a mazmunini tahlil qiling va savollarga javob yozing.
Og‘zingga kirgan takallum rishtasin chekma uzun,
Kim bu ishtin sarnigunluq yuzlanib, nuqson kelur.
Ko‘rki, chun og‘zig‘a kirgan rishtasig‘a berdi tul,
Ankabut, ul rishtasin har dam nigunsor osilur.
a) qit’ada qanday illat qoralangan?
Javob:
[0,8 ball]
b) qit’ada qanday fazilat ulug‘langan?
Javob:
[0,9 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chirib yozing.
14


45.
[24 ball]
ESSE
Quyidagi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatingizni yozma bayon qiling.
Odamlar hayotini yanada zavqli qilish uchun ixtiyoriy xarajatlarini ko‘paytirib yuboradilar. Ixtiyoriy xarajatlar,
garchi ixtiyoriy bolsa-da, o‘ziga yarasha ijobiy va salbiy jihatlari bor.
1. Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling.
2. Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang.
Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim:
I. Kirish. Essening kirish qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim;
2) berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang.
II. Asosiy qism. Essening asosiy qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) asosiy qism kamida ikkita-uchta xatboshidan iborat bo‘lishi lozim, har bir xatboshida vaziyat haqida shaxsiy
qarashlaringizni batafsil yoriting;
2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang;
3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting;
4) bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat mavzu doirasida bo‘lishi lozim.
III. Xulosa. Essening xulosa qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) asosiy qismda ifodalangan fikr-mulohazalarni umumlashtiring;
2) xulosa ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim.
DIQQAT! Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi.
15


JAVOBLAR VARAG‘I (1/2024)
1. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
2. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
3. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
4. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
5. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
6. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
7. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
8. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
9. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
10. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
11. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
12. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
13. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
14. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
15. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
16. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
17. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
18. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
19. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
20. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
21. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
22. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,7 ball]
23. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
24. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
25. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
26. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
27. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [1,1 ball]
28. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
29. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
30. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
31. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
32. ⃝ ⃝ ⃝ ⃝ [2,5 ball]
33.
[1,7 ball]
34.
[1,7 ball]
35.
[1,7 ball]
36.
[1,7 ball]
37.
[2,5 ball]
38.
[1,7 ball]
39.
[1,7 ball]
40.
a)
[1,2 ball]
b)
[1,3 ball]
41.
a)
[0,8 ball]
b)
[0,9 ball]
42.
a)
[0,8 ball]
b)
[0,9 ball]
43.
a)
[0,8 ball]
b)
[0,9 ball]
44.
a)
[0,8 ball]
b)
[0,9 ball]
16


45. Esse: [24 ball]
17


18

Download 374.75 Kb.




Download 374.75 Kb.
Pdf ko'rish