Shaxs rivojlanishida oilaning roli




Download 211.17 Kb.
Sana08.04.2024
Hajmi211.17 Kb.
#191049
Bog'liq
Презентация (4) (1)
9136-Текст статьи-21980-1-10-20230614

Bola Shaxsining rivojlanishida ota - onaning roli

Bajardi:Namozova M 401 pp guruh


Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi.

Munosabat turlari Psixofiziologik munosabatlarga — biologik qarindoshlik va jinsiy munosabatlar kiradi. Psixologik munosabatlar — ochiqlik,ishonch, bir-biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro axloqiy va hissiy qollab-quvvatlash. Ijtimoiy munosabatlar, rollarning taqsimlanishi, oilaning moddiy tomondan bogliqligi, shuningdek ,mavqeli munosabatlarni - avtoritet, rahbar, bo‘ysunishni o‘z ichiga oladi. Madaniy munosabatlar — urf-odat va an’analar bilan bog‘liq oila ichidagi bog'lanish va munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu murakkab munosabatlar tizimi farzandlarning oiladagi tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. 

Qattiqqo'llik - bir Karashda emotsional rad etishga o'xshaydi, lekin undan ochiqroq va og'irroqdir. Qattiqqo'llik to'g'ridan-to'g'ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to'la befarqlik, uning bor-yo'qligini go'yoki sezmaslik kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo'lsa-da, tezroq katta bo'lish, o'zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o'ylab yashaydi.

Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo'lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliro^ inson bo'lsa, vaziyat yanada og'irlashadi, "sen bo'lmaganingda..." yoki kíz bolaga qarab: "Sening o'rningda og'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.

Shaxs tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan o‘ziga xos mikroja- moalardan biri oiladir. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotirlanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik — bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqquncha shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi. Rus psixologi R.S.Nemov oila a’zolari orasidagi munosabat- larni to‘rtga ajratadi. Ular psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy va madaniy

Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi.

Xulosa o'rnida aytishim mumkinki oilada bola tarbiyasi juda muhim jarayondir.Hozirgi kunda har bir ota ona farzandiga to'g'ri tarbiya berishga masul hisoblanadi.Ota - ona baxtli bo'lsa farzandlarga ham to'g'ri tarbiya bera oladi.


Download 211.17 Kb.




Download 211.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxs rivojlanishida oilaning roli

Download 211.17 Kb.